Foiz stavkasi va kredit uyushmalarining moliyaviy tahlili. Tijorat banki


Download 56.59 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi56.59 Kb.
#163032
Bog'liq
Foiz stavka


Fan: Moliya

Vazifa: Keys-study

Bajarishdi: Boyjigitov Boburjon, Xolmaxmatova Zilola, Raximov Ziyodulla, Egamberdiyev Quvonchbek.

2. Foiz stavkasi va kredit uyushmalarining moliyaviy tahlili.



Tijorat banki - korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisobkitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish xdgsobiga shakllantiradi. Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari kayta paydo boʻldi.

Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banki lari mulkchilikning turli shakllari asosida davlat ishtirokidagi, davlataksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi (2020). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlataksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapital ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortik, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat bankii faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996, 25apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi,


  1. a) tijorat banklarida kreditlar aktivlarni o’rtacha foiz stavkasini aniqlang va xulosa chiqaring. Tijorat banklari tomonidan taklif qilinayotgan o’rtacha ipoteka krediti foizini aniqlashga harakat qiling?

O’zsanoatqurilishbank

 Ahbor-Reyting” reyting-agentligi“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning milliy miqyosdagi kredit reytingini 2020 yil birinchi choragi uchun “uzA +” darajasidagi reyting monitoringi natijalariga koʻra “Barqaror” prognozi bilan tasdiqlaydi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ushbu davr mobaynida biznes koʻlamining barqaror oʻsishininamoyonetdi. Bundan tashqari, bankning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari  ham  barqaror suratlarda oshdi. Shunday qilib, 2020 yilning birinchi choragi oxirida sof aktivlar 2019 yilning birinchi choragi natijalariga nisbatan 21,55 foizga oʻsdi va 37,82 trln. soʻmni  tashkil etdi. Xususan, bankning yalpi kredit portfeli 2019 yilning birinchi choragiga nisbatan 11,45 foizga oshdi va 2020 yilning birinchi choragi oxirida 31,66 trln. soʻmni yoki 83,73% (2019 yil 1-choragida: 91,31%) sof aktivlarni tashkil etdi.



Likvidlik holati maqbul deya baholanmoqda. Shunday qilib, 2020 yilning birinchi choragi oxirida bankning likvid aktivlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 146,51 foizga oʻsdi va 3,89 trln. soʻmni yoki aktivlarning 10,29% (2019 yil 1-choragida: 5,07%) ni tashkil etdi. Bundan tashqari, likvidlikni qoplash koeffitsenti 2019 yilning birinchi choragi oxirida 117,66% dan 2020 yilning birinchi choragi oxirida 273,59% gacha oshdi.

Mijozlarning mablagʻlari 2020 yilning birinchi choragi oxirida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 67,42 foizga oshdi va 7,7 trln. soʻmni yoki bankning barcha majburiyatlarining 24,58 foizini tashkil etdi (2019 yil 1-choragida: 16,51%).

Tahlil qilinayotgan davr natijalari boʻyicha kapitalizatsiya maqbul darajada baholanmoqda. 2020 yilning birinchi choragi natijalariga koʻra bankning oʻz kapitali oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 99,39 foizga oshdi va 6,47 trln. soʻmni tashkil etdi (2019 yil 1-choragida: 3,24 trillion soʻm). Shu bilan birga, bankning ustav kapitali щtgan yilning shu davriga nisbatan 113,66 foizga oshdi va 2020 yilning birinchi choragida 4,63 trln. soʻmni tashkil etdi.

2020 yil 1-choragi natijalariga koʻra “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning umumiy kapitali va 1-darajali kapitalining yetarlilik nisbati mos ravishda 21.30% va 18,30% ni tashkil etdi (2019 yilning 1-choragi: 14.35% va 13,894%). Bunda, kapital bazasi bilan taʼminlash darajasi 2020 yil 1-choragining oxirida 17,13% ni tashkil etdi (2019 yilning 1-choragi: 10,44%).

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan daromadlar va xarajatlarning oʻzgarishi, bankning operatsion daromadlarga harajatlar nisbati  koʻrsatkichiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi va bu koʻrsatkich 2020 yil 1-choragida 67,93% ni tashkil etdi (2019 yil 1-choragida: 73,20%).

Shu bilan birga, 2020 yil 1-chorak natijalariga koʻra, oʻrtacha aktivlarning rentabelligi va oʻzining oʻrtacha kapitalining rentabelligi mos ravishda 0,64% va 4,53% ni tashkil etdi (2019 yil 1- choragida: 0,34% va 3,56%).



Manba: https://uzpsb.uz/uz/general-information/innformation-disclosure/statisticheskie-dannye3385692616/

O'tgan yil davomida bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hajmi 1,8 baravar ortib, 3 trln. so'mga yetdi. 12.01.2019 yil yakunlariga ko'ra jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarning umumiy kredit portfelidagi ulushi 8 foizni tashkil etdi. (https://uzpsb.uz/uz/general-information/innformation-disclosure/statisticheskie-dannye3385692616/ )



Ko‘rsatkichlar

mlrd. so‘m

%

Jami aktivlar, shundan:

42252.7

100%

Kassadagi naqd pullar

479.3

2%

Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi mablag‘lar

3290.4

10,2%

Kredit qo‘yilmalari va lizing xizmatlari

36280.2

83%

Investitsiyalar

215

0,1%

Hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar

992.1

3,1%

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

387,9

0.5%

Sotish maqsadida olingan mol-mulklar

21

0.1%

Boshqa aktivlar

586.8

1.2%

2019 yil 1 dekabr holatiga bank aktivlarining 94% kredit qo‘yilmalari, Markaziy bank va boshqa banklardagi mablag‘lardan iborat va boshqa aktivlar atigi 6% tashkil etadi. Bankning 42.4 trln. so‘mlik aktivlarini 86 foizi kredit qo‘yilmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

(https://uzpsb.uz/uz/general-information/innformation-disclosure/statisticheskie-dannye3385692616/ )

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki

2020 yil 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilgan.
2020 yil 5 oyi davomida tijorat banklari tomonidan 23 438 nafar jismoniy shaxslarga 3,5 trln. so‘m miqdorida (2019 yilning mos davriga nisbatan 1,5 trln. so‘mga ko‘p) ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Yangiliklar
Markaziy bank joriy yilda jismoniy shaxslarga qancha kredit berilgani haqida ma’lumot berdi
2020 yil 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilgan.
2020 yil 5 oyi davomida tijorat banklari tomonidan 23 438 nafar jismoniy shaxslarga 3,5 trln. so‘m miqdorida (2019 yilning mos davriga nisbatan 1,5 trln. so‘mga ko‘p) ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Shavkat Mirziyoyev yangi qurilayotgan uylarning kredit muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlari:
Toshkent shahrida 1 683,7 mlrd. so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 369,3 mlrd. so‘mga ko‘p);
Samarqand viloyatida 304,5 mlrd. so‘m (218,2 mlrd. so‘mga ko‘p);
Surxondaryo viloyatida 196,0 mlrd. so‘m (87,1 mlrd. so‘mga ko‘p);
Jizzax viloyatida 148,3 mlrd. so‘m (37,3 mlrd. so‘mga ko‘p);
Sirdaryo viloyatida 104,3 mlrd. so‘mni (23,8 mlrd. so‘mga ko‘p) tashkil etib, eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Shuningdek, ipoteka kreditlari tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 57,6 foizni (2,04 trln. so‘m), bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 42,4 foizni (1,5 trln. so‘m) tashkil qiladi.
2020 yilning 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratildi.
Ipoteka kreditlarining:
92,1 mlrd. so‘mi (57,7 foizi) 2 xonali kvartira;
67,5 mlrd. so‘mi esa (42,3 foizi) 3 va undan ko‘p xonali kvartiralarni sotib olish uchun berilgan.
Ajratilgan mazkur ipoteka kreditlarining eng yuqori hajmi:
24,3 mlrd. so‘mi (15,2 foizi) Farg‘ona viloyati;
23,0 mlrd. so‘mi (14,4 foizi) Navoiy viloyati;
21,6 mlrd. so‘mi (13,5 foizi) Toshkent shahri;
21,0 mlrd. so‘mi (13,1 foizi) Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

https://review.uz/uz/post/markaziy-bank

Markaziy bank tomonidan inflyasiya va bozordagi holatni inobatga olib, prudensial choralar va pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda banklarda oqilona foiz siyosatini yuritishni rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Makroiqtisodiy tahlillar inflyasiya darajasining joriy yil yakuniga qadar 11-12,5 foizgacha va 2021 yil yakuniga qadar 9 foizgacha pasayishi kutilmalari fonida banklar tomonidan depozitlar foiz stavkalarining 23 foizgacha belgilanayotganligi foiz xatarlarini va kreditlar bo‘yicha esa 26-30 foizgacha taklif etilayotganligi kredit xatarlarining kuchayishiga olib kelmoqda.

Bunda joriy yilning 1 iyulidan boshlab 2021 yil 1 yanvarga qadar:

milliy valyutada yuridik shaxslar depozitlari bo‘yicha 16 foizgacha, jismoniy shaxslar omonatlari bo‘yicha 18 foizgacha;

milliy valyutada yuridik shaxslar kreditlari bo‘yicha 21 foizgacha, jismoniy shaxslar kreditlari bo‘yicha 24 foizgacha;

tadbirkorlarga xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha 8 foizgacha bo‘lgan stavkalar maqbul foiz stavkalari deb hisoblanadi. (https://review.uz/uz/post/markaziy-bank-kreditlar-boyicha-maqbul-foiz-stavkalarini-ornatdi )


Ipoteka krediti – bu uy-joy sotib olish uchun mo'ljallangan kredit turi

  • Kredit miqdori 2 xonali kvartira uchun
    Qishloq joylarida: 174 mln so'mdan 240 mln so'mgacha;
    Shaharlarda: 180 mln so'mdan - 240 mln so’mgacha;
    Toshkent shahrida: 198 mln so'mdan - 264 mln gacha.

    3 va undan ko'p xonali kvartira uchun
    Qishloq joylarida: 224 mln so'mdan - 320 mln so'mgacha;
    Shaharlarda: 232 mln so'mdan - 320 mln so’mgacha;
    Toshkent shahrida: 255 mln so'mdan - 352 mln gacha.



  • Kredit muddati 20 yilgacha

  • Boshlang'ich to'lovi • Qishloq joylarida  – uy joy narxining 10% dan boshlab

  • Shaharlar uchun – uy joy narxining 20% dan boshlab



  • Kreditning foiz stavkasi Yillik 18%



  • Ajratish shakli Naqdsiz, pul o’tkazish yo’li bilan

  • Ariza berish joyi Bank ofislari

  • So'ndirish davriyligi Asosiy qarz va hisoblangan foizlarni har oy so‘ndirish

Bu “Hamkor Bank” beradigan ipoteka krediti. (https://hamkorbank.uz/uz/physical/credits/ipoteka-krediti/ )

Masalan, siz “Hamkor bank” dan 120 oyga(10 yilga) 100000000 so’m kredit olmoqdasiz (18 %). Buni onlayn kalkulyatorda hisoblashiz mumkin. (https://hamkorbank.uz/uz/credit-calc/ )

Agrobank uchun ipoteka kreditini ko’raylik:

Kredit muddati: 20 yilgacha

Kredit foiz stavkasi: 17-20%

Yuqoridagi misolni agrobank uchun hisoblasak: ( https://www.agrobank.uz/uz/credit/mortgage#tab_calculations )

Endi ikkala bankni solishtiradigan bo’lsak, Hamkor bank taqdim etayotgan foiz stavkasi qulayroq. Sababi, jami summaga qaraydigan bo’lsak,:

Hamkor bank : 370 394 765,61 so’m

Agro bank : 426 634 305.69 so’m

Farqi: 56 239 540 . 08 so’m


  1. b) Kredit uyushmalarining ipoteka va iste'mol kreditlarini bozoridagi ulushuni tahlil qiling. Tijorat banklari bilan raqobatini hozirgi kunda qanday ekanligi yuzasidan xulosa chiqaring.

Kredit uyushmasi kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkilotidir.

Kredit uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqlidir.

Kredit uyushmasi o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.

Kredit uyushmasining firma nomida “kredit uyushmasi” so‘z birikmasi ifodalanishi va u boshqa kredit uyushmalarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida “kredit uyushmasi” so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.



Kredit uyushmasi o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.

Quyida ba’zi kredit uyushmalari jadval asosida keltirilgan:

Uyushma nomi

Foiz stavkalari

Muddat

Kredit qiymati

ASR

36%

3 yigacha

Shartnomaga muvofiq

Sarbon

48%

2 yilgacha

10 mln so’m

58%

3 yilgacha

10-15 mln so’m

Sharq yulduzi

60%

1 yilgacha

3 mln so’mgacha

Tashkent Capital

35-39%

2 yilgacha

20 mln so’m

http://www.bizplan.uz/useful_info/interest_rates/880/

Bu malumotlardan xulosa shuki, kredit uyushmalari Ozbekistonda unchalik rivojlanmagan.
Download 56.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling