Fonetika va fonologiya; nutq apparati; ona tilining unli tovushlar tizimi reja


Download 33.55 Kb.
bet1/5
Sana11.10.2023
Hajmi33.55 Kb.
#1697626
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 -m- fonet


FONETIKA VA FONOLOGIYA; NUTQ APPARATI; ONA TILINING UNLI TOVUSHLAR TIZIMI REJA:
1.Fonetika haqida ma'lumot. 2.Nutq a’zolari, nutq apparati. 3.Artikulyatsiya haqida ma'lumot. 4.Tilning fonetik vositalari.


  1. Nutq tovushlarining tasnifi


  2. Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot.


  3. Ayrim unli tovushlar tavsifi haqida ma'lumot




Fonetika trilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, o‘zgarishi, so‘z ma’nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg‘u, intonatsiya(ohang) nutqning fonetik bo‘linishi kabi masalalar o‘rganiladi.
Fonetika ham o‘rganish obyektining hajmiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:




    1. Umumiy fonetikada dunyodagi barcha tillarning tovush tomoni va u bilan bogʻliq hodisalarni oʻrganadi. Bularga barcha tillarda unli va undosh tovushlarning mavjudligi, nutq apparati, tovush oʻzgarishlari kabilar kiradi.


    2. Xususiy fonetikada muayyan bir tilning fonetik xususiyatlari oʻrganiladi. Masalan, oʻzbek tili fonetikasi, turkman tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. Fonetikaning bu turi tilning fonetik tomonini qay tarzda oʻrgashiga qarab ikki turga boʻlinadi: 1) tavsifiy fonetikada muayyan tilning fonetik tizimi tarixiy jarayon va dalillarga bogʻlanmagan holda oʻrganiladi. 2) tarixiy fonetikada ma’lum bir tilning fonetik tizimi til tarixi bilan bogʻliq tarzda oʻrganiladi.


    3. Qiyosiy fonetikada bir-biriga yaqin tillarning fonetik xususiyatlari qiyoslab oʻrganiladi. Masalan, oʻzbek va rus tillarini qiyoslab oʻrganish maktablarda shu tillarni oʻqitishning metodik muammolarini hal qilishda yordam beradi.


    4. Eksperimental fonetikada fonetik biliklar va hodisalar maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. Bunda olingan natijalar nazariy xulosalarning ishonchliligi ta’minlanadi.


Download 33.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling