Forish tuman


Download 465.78 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2023
Hajmi465.78 Kb.
#1281904
  1   2   3
Bog'liq
2 5249075284166058116


JIZZAX VILOYATI FORISH TUMANI XALQ TA’LIM BO‘LIMIGA QARASHLI


48-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORI
O’TANOV O’TKIR SAYDAXMEDOVICHNING


2022 -2023 o‘quv yili uchun




“TASDIQLAYMAN”


Forish tuman XTB mudiri

A.ATAYEV


2022 yil


Jizzax viloyati Forish tumani xalq ta‟lim bo„limiga qarashli 19-umumiy o„rta ta‟lim maktabi direktori ABDUKADIROV MANSUR RUSTAMOVICHNING
2022 -2023 o„quv yili uchun


YILLIK ISH REJASI




Maktab yangi o‟quv yilida quyidagi hujjatlar asosida ish olib boradi.


  1. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

  2. “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonuni.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma‟qullangan TA‟LIM TO„G„RISIDA QONUNI. 2020-yil 23-sentabr, O„RQ-637-son

  1. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”.

  2. Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o„tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O„zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shundan kelib chiqqan xolda:

Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo„nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo„ljallangan Yangi O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o„rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug„lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o„sish sur‟atlarini ta‟minlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
ma‟naviy taraqqiyotni ta‟minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

  1. Vazirlar Mahkamasining

    • 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli Qarori;

    • 2017 yil 15 martdagi 140-sonli Qarori

-2017 yil 6 apreldagi 187-sonli Qarori

  • O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma‟naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, va ularga ta‟lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‟tarish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi 2018 yil 5 sentyabrdagi PF- 5538-sonli farmoni

  • O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta‟limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‟g‟risida” 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-sonli qarori

  • O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‟g‟risida” gi 997-sonli qarori

  1. Hukumatning va Xalq ta‟limi vazirligining ta‟lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko‟rsatmalariga hamda UO‟T maktab Ustaviga amal qiladi.

  2. Maktab uzluksiz ta‟lim tizimining asosiy bo‟g‟ini bo‟lib, u o‟quvchi-yoshlarga I-XI sinf hajmida,optimallashtirilgan DTS asosida (chuqurlashtirilgan) fan asoslaridan umumiy o‟rta ma‟lumot beruvchi kunduzgi ta‟lim muassasasidir.

  3. Maktab xalq ta‟limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, burchak shtampiga, g‟aznachilik bo‟limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilariga ega.

  4. Maktab umumiy o‟rta ta‟lim muassasasini attestatsiya va akkreditatsiya qilish tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta‟limning bir turidan boshqa turiga o‟zgartirilishi mumkin.

  5. O„zbekiston Respublikasi xalq ta‟limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta‟limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko„rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to„g„risida”gi 183-sonli buyrug„i

11.0‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “0‟zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‟lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to‟g„risida”gi PF-6108-son Farmoni, “Ta‟lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to‟g„risida”gi PQ-4884-son qarori hamda 0‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 30-oktabr kuni o„tkazilgan videoselektor yig„ilishining 86-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta‟minlash maqsadida Respublika ta‟lim markazi tomonidan “Ilg„or ish tajribalarni o„rganish va ommalashtirish” tartibini maktab yig‟ilishlarida tadbiq etish.

  1. Milliy o‟quv dasturini bosqichma-bosqich qo‟llanilishi haqida tushinchalar berib borish.(2021-2022 o‟quv yilidan boshlab 1-2 sinflar kesimida), .(2022-2023 o‟quv yilidan boshlab 3,6,7 va 10 sinflar kesimida)

  2. Xalq ta‟lim vazirligining 2018 yil 16 fevraldagi 43- sonli buyruqda boshlang„ich sinflar 5 kunlik dars ijrosini dars jadvalida joriy etilishini ta‟minlash.

  3. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi (2018 yil 8 dekabrdagi 997-son) qarori ijrosi bo„yicha amalga oshirilgan ishlar taxlili

  4. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o„tkaziladigan PISA,PIRLS xalqaro tadqiqotlarida O„zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko„rish bo„yicha maktabda amalga oshirilgan ishlarni nazoroti

  5. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING TA‟LIM SIFATINI NAZORAT QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BO„YICHA QO„SHIMCHA CHORA- TADBIRLAR TO„G„RISIDAGI 2019-YIL 16-YANVAR, PQ-4119-SONLI QARORI

Download 465.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling