Foydalanilgan adabiyatlar … kiri sh bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi


Download 163.5 Kb.
bet1/16
Sana04.04.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1326344
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
INGLIZ TILI тили лексик


M U N D A R I J A :
I. Kirish ………………………………………………………………
I BOB. Ingliz tili leksikasini o‘rganishda leksikaning roli ..................
1.1. Ingliz tili leksikasini maqsad va vazifalari………………………..
1.2. Leksik ko‘nikmalarni shakllantirish va leksik mashqlar ………….
II BOB. Ingliz tili leksikasini o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati ………………………………………….
2.1. Ingliz tili leksikasini o‘rganishda yangi pedagogik texnologiyalarning dolzarbligi………………………………………………………………
2.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari ……….
2.3. Ingliz tili leksikasini o‘rganishda yangi pedagogik texnologiyalarda interfaol usullarning qo‘llanishi …………………………………………
Xulosa …………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyatlar … …………………………………………
K I R I SH
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Ingliz tili fani nutqiy so‘zlashuv ijtimoiy – madaniy kommunikativ muloqot malakalarini takomillashtirish bilan bir qatorda ingliz tilining funksional shakllari va uslublarini egallash o‘rganilayotgan til to‘g‘risida nazariy bilim olish hamda olingan bilimlarni kasbiy yo‘nalish bo‘yicha va ish faoliyatida ilmiy izlanishlar olib borish uchun amalda qo‘llay olishni o‘rgatishni nazarda tutadi. O‘rta umumiy ta’lim maktablarida chet tili o‘qitish metodikasi fani erishgan yutuqlarini egallash talabalar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi.
Kelajak kasbiy faoliyatlariga puxta nazariy zamin tayyorlaydi. Ta’limning zamonaviy metodlari, tashkilik formalar va vositalari bilan atroflicha tanishtiradi.
Talabalarning olgan metodik bilimlarini amaliyotda samarali qo‘llay olishlari uchun malaka va ko‘nikma hosil qilish:
Ingliz tili o‘qitish metodikasi fan sifatida.
Chet tillar o‘qitish metodikasida ilmiy tadqiqot metodlari mavjud; maktablardagi chet tillar o‘qitish tajribalarini tanqidiy o‘rganish, chet tillar o‘qitish ilg‘or va mahsuldor tajribalarini umumlashtirishni, o‘qituvchilar mashg‘ulotlarini kuzatish, suhbatlar o‘tkazish, anketa savollariga javob berish, va tahlil qilish, o‘rta maktablarda chet tillar o‘qitishda keng qshllaniladigan metodlar:
Demonstratsiya tushuntirish mashq chet tilini amaliy egallash, uni cheklangan maktab programmasi imkoniyatlari doirasida aloqa vositasiga aylantirish demostratsiya metodining ahamiyatini oshiradi. U o‘quvchining asosiy vositalariga darslik, rasmlar to‘plamini, kinofragmentlar, tarqatma materiallarni kiritsa, o‘qituvchining asosiy vositasiga esa maktab dasturini, o‘qituvchi kitobini kiritadi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘zlari tayyorlangan kartochkalar, jadvallar, rasmlar, o‘yinchoqlar, lug‘atlar metodik adabiyotlarni kiritadi.
Bilim va amaliy malakalarni maktab, akademik litsiy va kasb-hunar kollejlarida ta’lim – tarbiyani ijodiy tatbiq etishga ko‘maklashadi: Talaba metodika kursini o‘rganar ekan, uch toifa mashg‘ulotdar ishtirok etadi; oliy o‘quv yurti dasturi asosida ma’ruzalar majmuini tinglaydi, amaliy metodik saboqlar oladi va malakani o‘quv-tarbiya praktikasidan o‘tadi.
Hozirgi paytda chet tillar o‘qitish metodikasiga chet tillar o‘qitishning maqsadlari va mazmuni, qonuniyat, metod vositalari, yo‘llari, usullari, ta’lim tizimini o‘rganish va o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek chet tili yordamida o‘quvchilarni tarbiyalashni amalga oshiruvchi fan sifatida qaralmoqda. O‘rta maktabda chet tillarni o‘qitish metodikasi o‘z premetiga ega.
Chet tillar o‘qitish metodikasining predmetini chet tili o‘qitish jarayoni va bilim olayotgan yosh avlodni chet tili orqali tarbiyalashni tashkil qiladi. Chet tillar o‘qitishning maqsadlarini va shart-sharoitlari til materiali hajmi va harakterini o‘rganish.

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling