Foydalanuvchi tajribasi
Download 17.54 Kb.
|
4. Foydalanuvchi interfeysining (UI) grafik dizayni
- Bu sahifa navigatsiya:
- UX/UI dizayn
FOYDALANUVCHI INTERFEYSINING (UI) GRAFIK DIZAYNI UX - User Experience (so'zma-so'z: "foydalanuvchi tajribasi"). Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi interfeysi bilan ishlay oladigan tajriba / taassurot. UX dizayni – bu foydalanuvchilarga mazmunli va kerakli bo‘lgan tajribani taqdim etadigan dizayn jarayoni. Bu mahsulotni sotib olish va integratsiya qilishning butun jarayonini, shu jumladan brendlash, dizaynning foydalanishga yaroqliligi va funksiya jihatlarini loyihalashni o‘z ichiga oladi. Asosiy vazifalari Foydalanuvchi tadqiqotlari va sinovlarini o‘tkazish Foydalanuvchi ehtiyojlari asosida loyiha va vazifalar ketma-ketligini ishlab chiqish Intuitiv, foydalanuvchilarga qulay dastur yaratish uchun dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) UX ga "Mahsulot, tizim yoki xizmatdan foydalanish yoki kutilgan foydalanish natijasida paydo bo'lgan shaxsning idroklari va javoblari." deb ta’rish beradi. Ushbu ta'rifni ikki qismga ajratishimiz mumkin: Insonning his-tuyg'ulari va javoblari. Mahsulot, tizim yoki xizmatdan foydalanish. Foydalanuvchi tajribasida dizaynerlar insonning his-tuyg'ulari va javoblari ustidan ko'p nazoratga ega emaslar - ta'rifning birinchi qismi. Masalan, ular mahsulotdan foydalanganda kimningdir his-tuyg'ularini, barmoqlarini harakatlantirishini yoki ko'zlarini nazorat qila olmaydi. Biroq, dizaynerlar mahsulot, tizim yoki xizmat qanday harakat qilishini va tashqi ko'rinishini nazorat qilishlari mumkin - bu ta'rifning ikkinchi qismi. “Foydalanuvchi tajribasini loyihalash mumkin emas, faqat foydalanuvchi tajribasi uchun dizayn yaratiladi. Xususan, xissiy tajribani loyihalash mumkin emas, faqat uni uyg'otishi mumkin bo'lgan dizayn xususiyatlarini yaratish kerak. — Jeff Jonson, San-Fransisko universitetining kompyuter fanlari kafedrasi assistenti UI - User Interface (so'zma-so'z "foydalanuvchi interfeysi") - interfeysning qanday ko'rinishda va qanday jismoniy xususiyatlarga ega bo'lishi. Mahsulotingiz qanday rangga ega bo'lishi, foydalanuvchilar uchun mahsulotingiz tugmalarini bosish qulay bo’ladimi, unga yozilgan xarflarni o’qish qulaymi… UI Dizayner – bu mahsulot foydalanuvchilar uchun jozibali va qulay tarzda taqdim etilishi uchun javob beradigan texnik rol. UI dizayneri sifatida biz nafaqat foydalanuvchilarga yoqadigan dizayn, balki mahsulotingiz interfeysi orqali brendni to‘liq yo‘lga qo‘yib beradi. Asosiy vazifalari Noyob grafik dizaynlarni yaratish (rasmlar, eskizlar va jadvallar) Dizayn g‘oyalarini hikoyalar taxtasi (storyboard), jarayon ketma-ketligi va sayt xaritalari yordamida namoyish etish Menyu, yorliqlar va vidjetlar kabi foydalanuvchi interfeysining grafik elementlarini yaratish UX/UI dizayn - bu har qanday foydalanuvchi interfeyslarini foydalanishga qulay qilish va tashqi ko’rinishini hisobga olib loyihalashtirish hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida UX va UI da ishlaydigan dizayner odatda interfeys dizayneri yoki UX/UI dizayneri deb ataladi. U vazifani olish bosqichidan prototipni sinab ko'rishgacha bo'lgan barcha interfeysni ishlab chiqish jarayonini boshqaradi. Download 17.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling