“Libos dizayni” kafedrasida o‘tiladigan mutaxassislik fanlari: “Dizayn metodologiyasi asoslari”


Download 26.72 Kb.
bet1/4
Sana28.08.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1670829
  1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word



“Libos dizayni” kafedrasida o‘tiladigan mutaxassislik fanlari:


  1. Dizayn metodologiyasi asoslari” fani dizayn sohasining asosiy tushunchalari, spetsifikasi va metodologiyasi; dizaynning o‘ziga xos loyiha faoliyati sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi; dizayn konsepsiyalari haqida bilimlarni shakllantirgani uchun ham dolzarb fan hisoblanadi. Mazkur fanning oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni fan bo‘yicha olinadigan nazariy va metodologik bilimlarning berilishi, bo‘lajak ijodkor dizayner, dizayner-tadqiqotchi, dizayner-tashkilotchining kasbiy bilim va ko‘nikmalarning negizini tashkil etishi bilan belgilanadi.

  2. Dizayn-loyihalash” fani dizayn yo‘nalishidagi mutaxassislik fanlaridan asosiysi bo‘lib, zamonaviy kiyimni loyihalash va badiiy bezash, ijodiy–badiiy loyihalashda ijodiy uslublardan foydalanishni, tassavuran-fikran bog‘lanish (assotsiatsiyalash) va ijodiy fikrlash asoslarini qo‘llashni o‘rgatuvchi fan sifatida dolzarbdir. Rassom-dizaynerning o‘ziga xos ijodiy faoliyatidagi kasbiy mahorat sirlari hamda dizayn sohasidagi zamonaviy talablardan kelib chiqib nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, ijodiy loyihani ro‘yobga chiqarish kabilarni o‘rgatgani uchun mazkur fan oliy kasbiy ta’limda muhim o‘rin egallaydi. Fanning vazifalari: Iste’molchilarning kiyimga bo‘lgan talablarini qondirish yo‘lidagi dizaynerlar oldidagi masalalarni echish; kiyim loyihalashtirishning progressiv usullarini o‘rganish, hamda kiyimni loyihalash jarayonini tashkil etish va yo‘lga qo‘yishni mukammallashtirish yo‘nalishlarini o‘rganish; turli vazifalarga mo‘ljallangan va har xil kiyim turlarining loyihalarini yaratish, badiiy bezash sohasidagi ilmiy yo‘nalishlarni o‘rganish va ularning tahlil qilish.

  3. Libosda kompozitsiya va rang” fanining dolzarbligi ushbu fanni o‘rganish jarayonida talabalar libos kompozitsiyasi, ularning turlari, vositalari, usullari hamda elementlari haqida nazariy bilim olishlari va bu bilimlarni amaliy qo‘llashlari bilan belgilanadi. Bu fanning oliy kasbiy ta’limdagi o‘rnini esa fan kursi dizaynerning ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligi, ya’ni kompozitsiya nuqtai nazaridan mukammal, tugallangan, didli, rang va elementlari jixatidan uyg‘unlashgan loyihalar yaratilishda asos bo‘lishi bilan ta’kidlanadi.


  4. Download 26.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling