“Libos dizayni” kafedrasida o‘tiladigan mutaxassislik fanlari: “Dizayn metodologiyasi asoslari”


Download 26.72 Kb.
bet4/4
Sana28.08.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1670829
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Liboslarni maketlash”. Liboslarni shakli va bichimi turli xil murakkablikda bo‘lishi hamda konstruksiyalash qoidalarini qo‘llab bo‘lmaydigan xollarda libos shaklini hosil qilish usullarini o‘rgatuvchi fanligidan kelib chiqib “Liboslarni maketlash” fani dolzarbligi namoyon bo‘ladi. Fanning vazifalari: murakkab bichimli libos modellari shakli va hajmini tahlil qilish va ularni hosil qilishni bilish; mulyaj metodi bilan buyumlarni maketlashtirish; yangi tikish texnologiyalar va yangicha xossali mato va materiallarni kostyum strukturasi shakliga qo‘llay olishni bilish, bu yo‘nalishda belgilangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

  • Bosh kiyim va aksessuarlarni loyihalash” fani “kostyum” tizimida bosh kiyim va aksessuarlarning ahamiyati muhimligi, bo‘lajak libos dizayneri uchun bosh kiyimlarni loyihalashni bilish zarurligidan kelib chiqadi. Libos dizayni kompozitsiyasini tuzish uchun bosh kiyimlarni hajmiy-fazoviy echimi bo‘yicha tasniflash, aksessuarlarni loyihalashning kompozitsion asoslari, bosh kiyim va aksessuarlarni loyihalash kursini o‘z ichiga ol

  • Dizayn va reklama” fani kelajakda yaratiladigan yoki ayni paytda yaratilgan liboslar to‘plami konsepsiyasini reklama qilish usullarini, o‘zining individual uslubini shakllantirish va uni turli ko‘rinishlarda namoyish etishni o‘rgatuvchi bilmi va ko‘nikmalarni shakllantirgani uchun ham dolzarbdir. Oliy kasbiy ta’limdagi o‘rnini esa O‘zbekiston reklama bozorini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llarida o‘zining dizaynerlik ko‘nikmalarini namoyish etishni o‘rgatuvchi fan sifatida ahamiyatli ekanligidan kelib chiqadi. “Dizayn va reklama” fanining amaliy va nazariy jihatlarini egallashdan maqsad: talabalarga reklama turlari, uning funksiyalari va vositalari, reklama bozori, moda sohasi hamda libos dizaynidagi o‘ziga xos reklama sanoatining rivojlanishini o‘rganish va bilimlarni amaliy jihatdan qo‘llay olish ko‘nikmalarini berishdir.

  • Dizayn ob’ektini kompyuterda modellash” libos modelini kompyuterda loyihalash va model detallari andazalarini kompyuter texnologiyalari yordamida yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda libos modelini konstruksiyalash va modellashtirish, uning andazalarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonlarini kompyuter texnologiyalari orqali bajarishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

    .
    Download 26.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling