“Libos dizayni” kafedrasida o‘tiladigan mutaxassislik fanlari: “Dizayn metodologiyasi asoslari”


Download 26.72 Kb.
bet2/4
Sana28.08.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1670829
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Materialshunoslik” fanining oliy kasbiy ta’limdagi dolzarbligini to‘qimachilik tolalari, iplar, tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalar, trikotaj va noto‘qima matolarning tuzilishi, ularning olinish yo‘llari, hususiyatlari, turlarini va ularning sifat ko‘rsatkichlarini baholash usullarini o‘rganish kabi masalalarni qamrab olishi ko‘rsatadi. Bu kabi bilimlarning dolzarbligi esa dizayner kiyim modellarining shaklini hosil qilish jarayonida ashyolarining namoyon bo‘ladigan hususiyatlari, avra, astar va qotirma qatlamlarini tashkil etuvchi ashyolar hususiyatlarining model shaklini hosil qilish jarayoniga ta’siri, ashyolar strukturasining model shakli plastikasiga ta’siri haqida bilishi va ulardan foydalana olishi kerakligidan kelib chiqadi. Fanni o‘qitishdan maqsad – libos dizayni soxasidagi bo‘lajak mutaxassislarga liboslarni tayyorlashda ishlatiladigan gazlamalar va tikuvchilik materiallari tuzilishi haqida umumiy ma’lumot, tolaviy tarkibini va gazlamalar assortimentini o‘rganish, dizayn-loyiha ishlab chiqishda va dizayn-ob’ektni yaratishda ishlatiladigan zamonaviy materiallarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

  • Kostyum va uning bichimi tarixi”. Dizayn sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun liboslarni kelib chiqish tarixini, tarixiy davr kostyumi, uslubi, san’ati va madaniyati, mato va naqshlari, kiyim turlari va bichimlari xaqida chuqur bilimga ega bo‘lishi kerakligi “Kostyum va uning bichimi tarixi” fanining dolzarbligini ko‘rsatadi. “Kostyum va uning bichimi tarixi” fanining kasbiy oliy ta’limdagi o‘rni esa turli millat va mamlakatlarning tarixiy liboslarini o‘rganish dizayn yo‘nalishidagi boshqa maxsus fanlar bilan bog‘liqligi, bu fanlardagi topshiriqlarni bajarish uchun ijod va tadqiqot manbasiligidan yaqqol namoyon bo‘ladi.

  • Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi” fanining dolzarbligini mazkur fan doirasida o‘tiladigan mavzular kiyim tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar qamrab olinishi bilan belgilab beradi. Dizayn yo‘nalishidagi oliy kasbiy ta’limdagi o‘rnini esa buyum va uning detallariga texnologik ishlov berish usullarini tanlash, yaratilayotgan libosga texnologik ishlov berish usullarni to‘g‘ri topishda materiallarning assortimenti va ularning xususiyatlarini hisobga olish, konstruktiv echimning texnologiyaga bog‘liqligini tushunish kerakligi va boshqa mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. “Tikuv buyumlarni tayyorlash texnologiyasi” fanning maqsadi va vazifasi: har xil assortimentdagi kiyimlarga texnologik ishlov berish usullarini o‘rgatish; bo‘lg‘usi libos dizaynerlari ish olib borishda O‘zbekistondagi ishlab chikarishni rivojlantirish va yangi texnologiyalardan foydalana olishni o‘rgatish.


  • Download 26.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling