Franshiza muayyan pul miqdorida yoki sug’urta qoplamasining qandaydir miqdorida belgilab qoyiladi


Download 25.65 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi25.65 Kb.
#1356824
Bog'liq
Sug\'urta 12 ta javob





Sug’urta javoblar;;;;;

  1. Franshiza muayyan pul miqdorida yoki sug’urta qoplamasining qandaydir miqdorida belgilab qoyiladi

Shartli franshiza- sug’urtalovchi franshizadan ortiqcha bolmagan zararlarni qoplamaydi. Agar u franshizadan ortiqcha bolsa, u toliq qoplanadi
Shartsiz franshiza- shartli franshiza bn kabi ortiqcha bolmagan zararlarni qoplamaydi. Agar zarar miqdori frabshizadan ortiqc ha bolsasugurta qoplamasi va franshiza orasidagi farqqa teng.
Mol mulkni sugurtalashda shartsiz franshizadan koproq foydalaniladi

  1. klassi - Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish (Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, emirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari asosida amalga oshiriladi)

  2. klassi - Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish(Do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari kiradi)




  1. 3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
jabrlanuvchi — sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovoni olish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchi;
naf oluvchi — yo‘lovchi sug‘urta hodisasi tufayli vafot etgan taqdirda, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs;
sug‘urtalovchi — tijorat tashkiloti bo‘lgan, majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli yuridik shaxs;
sug‘urta hodisasi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligining belgilangan tartibda tasdiqlangan fakti;
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor. (3-savolga ham yuqoridagilar)
4-modda. Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati
Tashuvchi yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish boshlanguniga qadar, ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shart.
5-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob’ekti va sub’ektlari
Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chog‘dagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob’ektidir.
Tashuvchi, sug‘urtalovchi, yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sub’ektlaridir.

4 ….O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI


ISh BERUVChINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2009 yil 16 aprel, O‘RQ-210-son
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi — hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
jabrlanuvchi — o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan xodim;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning u mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha o‘z vazifalarini ish beruvchining hududida ham, undan tashqarida ham bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
kasb kasalligi — xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili ta’siri natijasi bo‘lgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi;
kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi — kasbga oid mehnat qobiliyatining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berguniga qadar bo‘lgan, foizlarda ifodalangan, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayishi;
mehnatda mayib bo‘lish — xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi;
naf oluvchi — xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs;
4-modda. Ish beruvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati
Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shart.

  1. Qayta sug‘urtalash - sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug‘urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishida bo‘ladi.

Sedent - riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi
Ikkilamchi sedent retrotsedent deb ataladi
Sessiya – sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayonidir

  1. Qayta sug‘urtalash shakllari

Fakultativ
Obligator
Fakultativ-obligatorli 
Fakultativ qayta sug‘urtalash - nisbiy qayta sug‘urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir berilayotgan risk bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk bo‘yicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni shundaki, bunda riskni qayta sug‘urtaga beruvchi – sug‘urta kompaniyasi ham va qayta sug‘urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o‘ziga olib qolish yoki qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal qiladilar.
Obligatorli qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan har bir riskning tegishli qismini qayta sug‘urta kompaniyasiga berishi shart. Obligator qayta sug‘urtalash Obligator qayta sug‘urtalash shartnomasiga asosan sug‘urtachi qayta sug‘urtachiga kelishilgan hududda aniq belgilangan risklar bo‘yicha tuzilgan barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalarini qayta sug‘urtaga beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtachi tomonidan kelishilgan shartlarda tuzilgan barcha sug‘urta shartnomalarini qayta sug'urtachi so'zsiz qayta sug'urtaga qabul qilishi shart.
Fakultativ-obligator shartnomasi — sedent qayta sug'urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi.
Qayta sug'urta turi:
— nisbiy;
— nonisbiy.
Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati qayta sug‘urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug'urtalash mukofoti va sug'urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishning prinsipi “qayta sug‘urtalovchi tsedentning riskini bo‘ladi” degan flkrdan iborat.
Nonisbiy qayta sug'urta qilishda qayta sug'urtalovchining sug'urta mukofoti va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki prinsipi qo'llanilmaydi. Nonisbiy qayta sug'urtada (nonproportional reinsurance) tomonlaming majburiyatlari nisbiy usulda taqsimlanilmaydi. Xalqaro amaliyotda ekssedent summasi va zarari asoslaridagi nonisbiy qayta sug'urta mexanizmi qo'llaniladi



  1. Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning quyidagi shakllari mavjud:

* kvotali qayta sug‘urta qilish;
* ekssedent qayta sug'urta qilish;
* kvotali-ekssedent qayta sug‘urta qilish
Kvotali qayta sug‘urtalash shartnomasida sedent qayta sug‘urtalovchiga riskning berilgan turi bo‘yicha hamma ulushni berishga, qayta sug‘urtalovchi esa bu ulushni qabul qilib olishga majburdir. Odatda qayta sug'urtalash ulushi sug‘urta summasiga nisbatan % (foizda) hisoblanadi. Ba’zida qayta sug'urtalovchining qatnashishi aniq bir summa (kvota) bilan belgilangan bo‘ladi. Bundan tashqari bunday qayta sug‘urtalash shartnomalarida qayta sug'urtalovchining xohishiga ko‘ra riskning yuqori chegarasi (limit) belgilanadi. Sedent qayta sug‘urtalovchiga ma’lum bir muddatda kelib tushgan sug‘urta badallaridan o‘zining hisobiga riskni o‘tkazgani uchun, komission mukofotni olib, qolgan holda proportsional ravishda o'tkazib beradi. Kvota ulushi to'g'risidagi shartnoma proporsional qayta sug'urta shartnomasi bo'lib, unda sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchi belgilangan foizga muvofiq mukofotlar va zararlarni taqsimlaydi. Kvota ulushini qayta sug'urtalash sug'urtalovchiga risk va mukofotning bir qismini saqlab qolishga imkon beradi, qolgan qismini sug'urtalovchi bilan oldindan belgilangan maksimal qoplamagacha bo'lishishadi. Umuman olganda, bu sug'urtalovchi uchun o'z kapitalining bir qismini ko'paytirish va saqlab qolishning bir usuli.
Ekssedentli qayta sug'urtalash sug'urta portfelini sedentning riskni qoplash uchun shaxsiy aralashuvi bor holatdagi harakatidir. Ekssedentli qayta sug'urtalash shartnomasini tuzishdan oldin tomonlar riskni shaxsiy qoplashi mumkin bo'lgan maksimal chegarani belgilab oladilar. Bu esa statistik tahlil orqali aniqlanadi. Sug‘urtalovchi qatnashuvining maksimal darajasi ekssedent deb ataladi. Sug‘urta summalarini berilgan daraja bo‘yicha oshirish va sug'urta riskini sug‘urtachi tomonidan qoplanishi bir yoki bir necha qayta sug‘urtalovchiga beriladi. Bu ekssedentning maqsadi deb ataladi. Ekssedentli qayta sug‘uitalash shaitnomasida qayta sug‘uitalovchi qoplashi kerak bo'lgan riskning maksimal darajasi belgilab o‘tiladi.

  1. Shaxsiy sug‘urta - baxtsiz hodisa yoxud tabiiy hodisalar ro‘y berishi oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urtaning mustaqil tarmog‘idir. Shaxsiy sug‘urta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi.

Ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarda shaxsiy sug‘urta turlicha tasniflanadi. Mutaxassislar o‘rtasida keng tarqalgan fikrlarga ko‘ra, shaxsiy sug‘urta 2 ta kichik tarmoqqa bo‘linadi:
· hayot sug‘urtasi;
· sog‘liqni sug‘urtalash;
Sog‘liqni sug‘urtalash, o‘z navbatida, 2 ta guruhga bo‘linadi:
· baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;
· tibbiy sug‘urta.



  1. Sug‘urtalangan shaxsning hayotiga va sog‘lig‘iga quyidagi baxtsiz hodisalarni ro‘y berishi natijasida shikast yetganda va tasdiqlanganda sug‘urta summalari berilishi mumkin:

- jarohat olganda;
- suyaklarni sinishi, chiqishi;
- ichki organlarni zararlanishi;
- kuyishi;
- teri qatlamlarini sovuq urishi;
- elektr toki ta’sirida jarohatlanishi;
- kimyoviy moddalar va zararli o‘simlik ta’sirida zararlanishi;
- tish sinishi.
Quyidagi hodisalarni ro‘y berishi oqibatida sug‘urtalangan shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga shikast yetkazilsa yoxud o‘limga olib kelsa sug‘urta summasi to‘lanmaydi:
- yadro portlashi;
- radiatsiya va nurlanish;
- sug‘urtalangan shaxsning atayin hatti-harakati natijasida baxtsiz hodisalar yuz berganda, o‘z joniga qasd qilganda va jinoiy harakatlar natijasida ro‘y berishi.

  1. Sug‘urta tarifi - bu sug‘urta riskini bahosi bo‘lib, sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan brutto-stavkadir.

Sug‘urta tarifi (brutto-tarif) ikki qismdan iborat: netto-tarif va netto-tarifga yuklama.
Netto-tarif sug‘urta kompaniyasining sug‘urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi.
Netto-tarifga yuklama sug‘urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini, komissiya haqini va boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

  1. Sug‘urtada tarif siyosati deganda sug‘urta operatsiyalarini zararsiz amalga oshirilishini va sug‘urtalanuvchilarning manfaati yo‘lida sug‘urta tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli faoliyati tushuniladi.

Sug‘urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
Netto-mukofotlar va sug‘urta qoplamasi o‘rtasidagi ekvivalentlik. Har bir sug‘urta turi bo‘yicha netto-stavka zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to‘g‘ri kelishi zarur.
Sug‘urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug‘urta tarifi miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarini yuqori darajada belgilanishi sug‘urta ishini rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladi.
Sug‘urta tarifi stavkalarining barqarorligi. Agar uzoq yillar mobaynida tarif stavkalari o‘zgarmasa, bu holat sug‘urtalovchining nufuzini oshiradi. Sug‘urta summalarining zararlilik ko‘rsatkichi kamaysa, sug‘urtalanuvchilarning manfaati uchun sug‘urta tarifi stavkasini o‘zgartirmasdan javobgarlik xajmini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.



  1. Sug‘urta mukofoti o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, uning har bir tarkibiy qismi kompaniyaning ma’lum bir funksiyasini amalga oshirishni ta’minlaydi. Sug‘urta mukofotining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar: netto- mukofot, sug‘urta kompaniyasi xarajatlarini qoplash yuklamasi, foyda yuklamasi

Netto-mukofot zararlarni qoplash uchun mo‘ljallanadi. Sug‘urta mukofotining mazkur qismini hisoblashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, sug‘urta zararlarining qancha bo‘lishini oldindan aniqlashning imkoni yo‘q. O‘tgan davrlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida kelgusida kutiladigan zararni aniqlash va ularni taqsimlanishini hisoblash hamda natijada, netto-mukofotining summasini keltirib chiqarish mumkin, lekin mazkur summa zararlarni to‘liq qoplash ehtimolining yuqoriligini ta’minlay olmaydi. Shu narsa ma’lumki, izchil ma’lumotlar asosida hisoblangan kutilayotgan zarar summasi 50% holatlarda o‘zini oqlamagan. Buning natijasida sug‘urtalovchilar deyarli ikki yilda bir marta mazkur holat natijasida zarar ko‘rish holatlari mavjud bo‘ladi. Mijozlarga sug‘urta qoplamasini kafolatlash maqsadida netto-mukofotga zararlar yuklamasi qo‘shiladi.
Sug‘urta kompaniyasining xarajatlarini qoplash yuklamasi sug‘urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari sug‘urta tashkiloti to‘laydigan soliqlar, masalan mol-mulk solig‘i ham sug‘urta mukofotining tarkibiga kiritilishi zarur.
Sug‘urta mukofotini hisoblashda chegirmalar kompaniyaning investitsiya daromadi evaziga amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu har doim ham amalga oshirilavermaydi. Mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar barcha zararlarni qoplash va foyda olishning manbai hisoblanadi.
Brutto-stavkani hisoblashda, dastlab netto-stavka aniqlab olinadi, so‘ngra unga «yuk» (odatda brutto-stavkaga nisbatan foizlarda) qo‘shib hisoblanadi. Brutto-stavka qo‘yidagicha aniqlanadi: MS= 100 Yu(%) NS  , Bu yerda, MS - brutto-stavka; NS - netto-stavka; Yu(%) - yuk (foizlarda ifodalanadi).


MS=NS/100−Yu(%)
Download 25.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling