Jinoyat obyekti


Download 87 Kb.
bet1/4
Sana01.05.2023
Hajmi87 Kb.
#1419247
  1   2   3   4
Bog'liq
JINOYAT OBYEKTI


JINOYAT OBYEKTI

Reja :
1. Jinoyat obyekti tushunchasi va uning ahamiyati
2. Jinoyat obyektining turlari
3. Jinoyat predmeti

1. Jinoyat obyekti tushunchasi va uning ahamiyati
Jinoyat sodir etish natijasida zarar yetkazilgan yoki zarar yetkazish xavfini keltirib chiqargan, aniq tajovuz qaratilgan va jinoyat qonuni bilan qо‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyat obyekti hisoblanadi.
Qonun chiqaruvchi jinoyatning obyekti sifatida belgilab qо‘ygan ijtimoiy munosabatlar rо‘yxati Jinoyat kodeksining 2-moddasi 1-qismida keltirilgan. Jumladan, jinoiy-huquqiy qо‘riqlash obyekti sifatida shaxsning huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi sohalaridagi ijtimoiy munosabatlar kо‘rsatilgan. Biroq, qonun chiqaruvchining u yoki bu ijtimoiy munosabatni jinoyat obyekti deb tan olishi, bu faqat jinoyat qonunchiligi bilan qо‘riqlanadi degani emas, chunki ba’zi hollarda bir xil obyektning о‘zi turli huquq tarmoqlarining normalari bilan qо‘riqlanadi. Masalan, mulkchilik bilan bog‘liq normalar fuqarolik va ma’muriy huquq normalari bilan ham qо‘riqlanadi. Jinoyat huquqi bu obyektlarga xavfliroq tajovuz qilingandagina о‘z himoyasi ostiga oladi (bosqinchilik, talonchilik, firibgarlik, о‘g‘rilik va о‘zganing mulkini boshqacha turdagi talon-toroj qilish holatlarida). Mulkni qо‘riqlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga qaratilgan ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan deliktlar fuqarolik huquqi normalari bilan (masalan, qarzni qaytarmaslik) yoki ma’muriy huquq normalari (masalan, kam miqdorda talon-toroj qilinsa, MJTK ning 61-m.) bilan tartibga solinadi.
Jinoyat obyektini tо‘g‘ri aniqlash ijtimoiy xavfli qilmishning yuridik tabiatini yechish, uning shakl va mazmunini hamda subyektlar doirasini aniqlash, boshqa jinoyat va huquqbuzarliklardan ajratish imkonini beradi. Ba’zi hollarda aynan obyektga asoslanib, bir jinoyatni ikkinchisidan, masalan, qasddan odam о‘ldirishni terrorizmdan, shaxsga qarshi jinoyatni bezorilikdan farq qilish mumkin.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling