Fransiya, 2) Italiya va 3) Germaniya(Roman uslublari mavjud bo’lgan davlatlar)


Download 1.52 Mb.
Sana04.10.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1692094
Bog'liq
7-sinf Jahon tarixi qo\'llanma savol-javoblar


20-§. DASTLABKI SALIB YURISHLARI
1. Birinchi salib yurishlariga qaysi hududlardan kelgan ritsarlar to‘plangan?
J: 1) Fransiya, 2) Italiya va 3) Germaniya(Roman uslublari mavjud bo’lgan davlatlar)
2. 1096-yilning kuzidan boshlab ritsarlar qayerda to’plana boshlagan edi?
J: Vizantiya poytaxti Konstantinopolda
3. Quyidagilardan qaysi voeqa Vizantiya imperatori Aleksey I bilan bog’liq?
J: ritsarlarga vassallik qasamyodini qabul qildirgan. Ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi lozim edi.
4. Dastlabki salib yurishi qayerda salibchilarning o‘z davlatlarini tuzishi bilan yakunlanadi?
J: Suriya bilan Falastinda
5. Salibchilar …ni egallashda birgina jome masjidida 10 ming musulmonni o‘ldiradilar.
J: Quddus
6. Rasmda qaysi tarixiy hodisa aks etgan?
J: Salib yurishlari
7. Xristianlarga istilo qilingan hududlarni 200 yilcha qo‘lda sàqlash imkonini bergan omilni aniqlang.
J: Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi
8. Salibchilar qayerni qamal qilayaptilar?
J: Quddusni
9. Birinchi salib yurishidan keyin Yaqin Sharqdagi mahalliy aholi …larga soliq to’lay boshlaganlar.
J: 1) yangi xo’jayiniga 2) qirolga 3) xristian cherkoviga
10. G‘arbda a) oddiy rohiblarning asosiy ishi 1) … va 2) … bo‘lsa, b) diniy-ritsarlik ordeni a’zolarining asosiy vazifasi 3) … edi.
J: a-1) ibodat qilish, 2) mehnat qilish, b-3) urush
11. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni … ordeni bo‘lgan. Uni ba‘zida … ordeni ham deyishadi.
J: gospitalyerlar / ioanniylar
12. Gospitalyerlar qaysi hududlarga ketib joylashgan edi?
J: Rodos, Malta
13. Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan.
J: Tampliyerlar
14. … Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan.
J: Nemis (lotincha Tevton) ordeni
15. Rasmdagi ritsar qaysi diniy-ritsarlik ordeni vakili hisoblanadi?
J: Nemis (lotincha Tevton) ordeni
16. Musulmon hukmdorlari … tomondan salibchilarni siqib kelmoqda edi. Ularga qarshi kurashish uchun Yevropa feodallari … salib yurishini uyushtirdilar.
J: Sharq va Janub / ikkinchi
17. Ikkinchi salib yurishi qachon bo‘lgan edi?
J: XII asr o‘rtalarida
18. Fransiya qirollari qatnashgan salib yurishlari nechanchi asrlarda bo’lganini aniqlang.
J: XII va XIII asrlarda
19. Salohiddin Ayubiy
J: 1187-yilda salibchilardan Quddusni tortib oladi.
Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling