Salohiddin mamajonov tanqidchi va adabiy jarayon maqolasi


Download 77.06 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi77.06 Kb.
#1051300
Bog'liq
SALOHIDDIN MAMAJONOV TANQIDCHI VA ADABIY JARAYON MAQOLASI


SALOHIDDIN MAMAJONOV TANQIDCHI VA ADABIY JARAYON MAQOLASI
Salohiddin Mamajonov (1931 Qo’rg’ontepa tumani — 200?) — adabiyotshunos olim. O’zbekiston FA
akademigi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), filol. fanlari d-ri (1968), prof. (1972). Farg’ona pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1952). O’zbekiston FA Til va adabiyot institutida kichik (1958— 62), katta ilmiy xodim (1962—68), bo’lim boshlig’i ( 1968-2000). Mamajonovning asosiy ilmiy ishlari she’riyat, proza, drama, bolalar adabiyoti muammolariga qaratilgan. U o’zbek adabiyotining sovet davridagi tarixiga bag’ishlangan bir va ko’p jildli tadqiqrtlarning yaratilishida faol ishtirok etgan. Olim G’afur G’ulom ijodiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar («Shoir va zamonaviylik», 1963; «G’afur G’ulom prozasi», 1966; «Uslub jilolari», 1972), Hamid Olimjon haqidagi «Shoir dunyosi» (1972) hamda Sharof Rashidov romanlari tahliliga bag’ishlangan «Lirik olam, epik kulam» (1979) kabi asarlar muallifi. 90-y.larda Salohiddin Mamajonovning Behbudiy, Fitrat, Hamza Hakimzoda, Cho’lpon, Elbek, Botu, Shavkat Rahmon singari adiblar ijodiga bag’ishlangan risola va maqolalari e’lon qilingan.

Odatda, ijodkor adabiyotga o’z estetik programmasini, ijodiy printsiplarini, orzu-idealini yo bevosita: aytib, ta’kidlab kirib keladi va amalda buni isbotlaydi, yoki fazilatini bilvosita, ya’ni voqealikka, insonga, zamon talablariga mustaqil yondashishi, yangi fikr-g’oyasi, yangicha ifoda usuli bilai namoyish qiladi. Ba’zan adabiy tanqidchilikda shu kunlarda o’z estetik printsiplarini izhor etuvchi she’r yozishi nega kerak, o’tmishda yoki … murakkab 20-yillar bo’lsa boshqa gap edi, degan tanbehni eshitib qolasan. Avvalo shuni aytish kerakki, har bir yangi tug’ilgan ijodkorning voqelikka, insonga va jamiyatga estetik munosabati, hayotning qaysi jihatlariga diqqat qilishi, zamon ruhini, jamiyatning ma’naviy ehtiyojini, tarixini teran idrok etishi va xalqning orzi-intilishlarini chuqur his etishi hamda o’zini shu jarayonning ishtirokchisi deb bilishi, bir so’z bilan aytganda, ijodiy yo’lini aniq belgilab olishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ijod jarayoni, kamolot yo’llarida bu niyat yanada yiriklashib, tiniqlashib, ezgulashib boradi. Ulug’ Navoiy yoki Mayakovskiylarning shoir va she’rning jamiyatda tutgan o’rni to’g’risidagi asarlari qator tadqiqotlarga asos bo’lgani bejiz zmas. Axir Navoiy «Xamsa»navislar bilan ijodiy printsip bobida jiddiy bahs qilibgina qolmadi, balki shu bilan birga o’z «Xamsa»si bilan shu printsiplarni, o’z pozitsiyasini daholarcha isbotladi. V. Mayakovskiyning she’r va shoirning grajdanlik burchi haqidagi she’r-fikrlari zamondosh qalamkashlar uchungina emas, avlodlari uchun ham olovli o’git bo’lib qoldi.
Ba’zan buning aksi ham bo’lishi mumkin. Ba’zi ijodkorlar o’z she’rlarida va adabiy-publitsistik maqolalarida katta va’dalarni berishadi, xalq va vatan uchun jonim fido deb ko’kragiga urishadi, amalda o’z asarlarida mayda fikrlarni aytib qofiyabozlik qilishadi, xalq hayotidagi dolzarb, qaltis masalalar xususida o’zlarining printsipial, keskin so’zlarini aytishga jur’at etishmaydi. Bunday so’zi boshqa-yu, ishi boshqa qalamkashlar hech qachon ijodiy barkamollik va e’tibor topmagan.
Yana shunday she’riy to’plamlar borki, ularning mualliflari uchragan mavzu haqida she’r to’qishib ketaveradi. Biror to’plamini yoki shoirning butun ijodini o’qib chiqib, uning yuragini o’rtagan dard, armon barcha asarlaridan qon tomir bo’lib o’tgan fikr — g’oya, ezgu niyatni topa olmaysan. Axir shoir nimadandir qattiq nafratlanishi, nimanidir targ’ib etishi, qayoqqadir chorlashi kerak-ku. Shoir bosh niyatni belgilab olmas ekan, xalq tashvishlaridan, intilishlaridan yiroq to’qimalarni qalashtirib tashlayveradi.
Keyingi o’n-yigirma yil orasida poeziyaga kirib kelgan yangi avlodning o’z ijodiy programmasini alohida ta’kidlashlari va qattiq himoya qilishlarida yana boshqa qator sabablar bor. Ular she’riyatni mislsiz qudratli kurash quroli, shoirni esa jamiyat taqdiri, ertasiga javobgar shaxs deb idrok etdilar, she’riyatda hukm surib kelgan balandparvozlik, tantanavorlik, madhiyabozlik, siyqalikni tan olmadilar. Hayotni butun ziddiyatlari, dramatizm, fojialari bilan, inson qalbini barcha murakkabliklari bilan yoritishni, zamonning dolzarb jumboqlari, masalalari to’g’risida bor gapni. haqiqatni yozishni, jamiyatni ma’naviy kamol toptirishni bosh vazifa qilib oldilar, Yaqin-yaqin yillardayam, … shu yangi avlodning birini hayot fojiasini aks ettiruvchi mungli shoir deb, boshqasini voqeligimizdagi illatlarni qabartirib tasvirlaydi, yana uchinchisini shakkok, sharm-hayoni unutdi, deb, ular ijodidagi inqilobiy yo’nalishni, novatorona izlanishni, tizginlab qo’yishga urinildi. Mana shunday sabablar yangi avlod grajdanlik qiyofasidagi jasurlik, jangovarlikni bo’g’ishga urinishlar yangi avlod vakillarini she’r va shoirning burchi xususida ochiq, jiddiy bahsga tortgan bo’lsa kerakki, buni Shavkat Rahmonning «O’yg’oq tog’lar» nomli lirika kitobi -— shoirning o’n besh yillik ijodiy mahsuloti misolida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Avvalo u — shoir so’zining ulug’ qudratiga qattiq ishonadi: insonni ozod qiluvchi, uni ma’naviy barkamollikka ko’taruvchi, Vatanni komil etuvchi, ona zaminni asrovchi kuch — imkoniyatni shu so’zda his etadi. Buning uchun, deydi, «ovozi toshlarni yorar kuychilar, sehrgar shoirlar kerak». Shuning uchun «Qo’shiq» she’rining lirik qahramoni «qo’shiqlar dunyoni asramog’iga ishonib» ilhom bilan qo’shiq aytadi. Haqqoniy va isyonkor so’z insonni jasoratga, ezgu niyatlar uchun fidoyilarcha kurashga safarbar etadi. «Internatsional» nomli she’rida yozadi:
Bu qo’shiq ajoyib qo’shiqdir,
So’zlari kuydirar tomoqni,
Ulimni nazarga ilmaysan,
Sezmaysan surgunu qamoqni.
Shavkat Rahmon jasur, isyonkor, sheryurak shoirlikni tan oladi. «Shoirlik — jasorat so’zining tarjimasidir», deb lo’nda ta’rif berishi bejiz emas. «O’limgacha sodiq do’st kabi boruvchi», «Elning baxtiga umrini tikkan shoirlar»ni orzu qilishi shundan. Uning e’tiqodicha, faqat «G’alayonga to’la vujuddan oxir dunyo bo’ladir xalos». Uning she’rlarida isyonkorlik, hujumkorlik, murosasizlik, g’azab-nafrat ruhining hokimligi va bu printsipiga sodiq, sobitligining boisi shundan. So’ngra «so’zlarni qayraylik tokim keskir bo’lsin bamisli olmos» yoki «Yolg’on she’r aytishdan qaytsaydi shoir» degan ijodkor chindan ham keskin, jur’atli va haqqoniy so’zlash yo’lidan boradi. U «kichkina tashvishlar iskanjasida» ovora bo’lib, xalqning, davrning dolzarb dard-tashvishlarini unutgan shoirlarni mutlaqo xush ko’rmaydi. Bundaylarni hushigz keltirish uchun «na’ra tortaylik, faryod qilaymikin osmonni yirtib» deydi. Shoir yuragini har doim bezovta qilgan va uni isyonli yo’lga chorlagan quyidagi savollar turadi:
Kimni baxtli qildim,
Kimni umidvor,
Kimlarga ko’nglimni yorib so’yladim.
Men nima beroldim, moziy qa’ridan
Cho’zilgan sanoqsiz ojiz qo’llarga?
Yengilroq qildimmi og’irligini?
Aytdimmi kimlarning asl do’stligini,
Kimlarning haqiqiy yog’iyligini?
Shoir voqelikni butun murakkabligi, o’tkir ziddiyatlari, insonning qalbini butun ichki kolliziyalari, dramatizmi bilan badiiy tadqiq etish orqali haqqoniylikka erishish mumkinligini teran tuyadi. Rangin dunyoni haqqoniy chizib bergan ijodkorgina «buyuk shoir», «buyuk musavvir bo’lishi» mumkin. U olamni kontrastli idrok etar ekan, diqqati qora va yorug’ rangga qaratiladi. Uning shu kontrastli, obrazli tafakkuri she’riyatiga qora va yorug’ obrazlarni olib kiradi. Adolatsizlik, nohaqlik, turg’unlik, jaholat, yulg’ichlik, zulm, qisqasi yomonlik qora, qorong’ulik bo’lib tuyuldi, poklik, beg’uborlik, diyonat, vijdon, imon, g’urur va surur, oliy ezgu orzular uchun kurashini yorug’lik sifatida his etdi. Nurning — quyoshning esa hayot, tiriklik manbai ekanligiga maftun bo’ldi. «Oftob va oftob haqida afsona» asarida «oftobning bag’ridan tushdi tulporlar», «ko’kka sapchirdi bir asov oqimga aylangan otlar», «yollari tirik alanga» degan va «Otlarga qiyosiy qasida» manzumasida otni «shaklga qamalib qolgan alanga» degan obrazlari bor. Shoir bu obrazga sotsial va falsafiy ma’no yuklaydi. Oftob otga (va insonga) harorat-kuchni, shijoatni oliy maqsad uchun («hurlikka intilsin, go’zal olamlarga qilsan sayohat») safar qilsin, deb bergan. Afsuski, sayyodlar ulardan pok niyatlar uchun foydalanmadi, «qo’hna keklarini tug’day ko’tarib, bir-birin shafqatsiz qirdi elatlar». Shu tufayli bu ot «ko’zlari g’amgin» va «buyuk oftobga qaytmoqchi». Ot, demak nur tushkunligini sira-sira xohlamaydi, shuning uchun «bir nafas otga aylansak, eng baxtli, eng erkin zotga aylansak», deydi. Shoir «Nur» she’rida masalaga yana chuqurroq yondashadi: nur tushmagan yerda hayot, yaxshilik yo’q yoki diyonat, imon ko’tarilgan yerdan nur ham qochadi, demoqchi bo’ladi. Xalq yomon odamlarni bekorga «nursiz odam», «istarasi sovuq» deb aytmaydi. «Nur» she’rida shoir nurning qaytib ketishini mana qanday izohlaydi:
Nechun yerda mangu qololmas,
Xomushlanar nechun ketar choq?
Zulmat bosgan qalblarimizda
Qadr-qimmat toparmi kamroq?
Yoxud ko’rmas rostlikni aslo,
Yoxud ko’rmas diyonat, g’urur,
Balki shundan mangu qololmas,
Balki shundan qaytib ketar nur.
Shoir ilk she’rlaridan birida «dunyodagi barcha qora narsani yorug’ lahzalarda o’ldirib», «bosh ko’tarib qaray quyoshga, tokim ko’zlarimda yonsin haqiqat», deb ont ichishi bejiz emas. Shundan kelib chiqib u odamlarga qora nimayu yorug’lik nima, ya’ni hayot haqidagi haqiqatni tushuntirmoqni, ko’zlari ochiqligicha uxlayotganlarning» «ruhini uyg’otmoqni», olamni g’aflatdan ogohlantirmoq»ni o’z oldiga bosh vazifa qilib qo’yadi. Ehtiros bilan ularni kelajak sari harakat qilishga, intilishga, kurashga chorlaydi. She’rlarining talayginasining ikkinchi shaxsga qarata, monolog tarzida, murojaat, chaqiriq, samimiy suhbat shaklida yozilishi shundan («Ko’zingizni oching, ko’rqmang, ziyodan qamashsin, og’risin, mayli, mayliga yashamak bo’lsin qiyinroq ochiqligi tufayli» tarzida). Shoirniig sarbastga moyilligi ham fikr va tuyg’u, hissiyotining qaynoq, rango- rangligidandir.
Har doim buyuk burilish, inqilobiy da’volarda shoirlar xalqni uyg’onish — faol kurashga tashviq etishgan. Bizning kunlar ham xuddi shunday, kurashchan insonlarni talab qiladi. Shavkat Rahmon «Davra» she’rida kayfu safodan bosh ko’tarmaganlarni ko’rib hayratlanadi. «Har narsaga…» she’rida loqayd, adolat va diyonatning oyoq osti bo’lishiga befarq qarab shon-shuhrat topgan kimsaga achchiq kesatadi:



«Tanqidchi va adabiy jarayon» maqolasi
“… “Nasrimiz ufqlari” asarining muallifi Umarali Normatovning adabiy tanqidchi sifatida muhim fazilati uning adabiy jarayonga faol aralashishidir, undagi yangiliklardan samimiy quvonishi adabiyotimiz taraqqiyoti uchun astoydil qayg’urishidir”
Umarali Normatov
“Nasrimiz ufqlari”da hikoya, qissa
va roman tahlili

  • “Hikoyada hayot nafasi”

  • “Hozirgi qissalar poetikasiga doir”

  • “Roman va zamon”


Download 77.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling