Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi guruh: 346 Isoqulova Sh Ne’matjonova m reja


Download 13.74 Kb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi13.74 Kb.
#225810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi-hozir.org


Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi

FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASI

Guruh: 346

Isoqulova Sh

Ne’matjonova M

Reja:

1.Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-maʼnaviy va axloqiy jihatlari

2.Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va masʼuliyatining o‘rni

3.O‘zbekistonda yoshlarga oida davlat siyosatining strategik yo‘nalashilari

4.Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari

Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-maʼnaviy va axloqiy jihatlari

O‘zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va birdek masʼuliyatlidirlar. Shuning uchun ham mavjud muammolarni bartaraf etishda fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab etishlari uchun ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Bu jarayon fuqarolar uchun maʼnaviy kamolot manbai bo‘lishi bilan birga, ularning bu boradagi masʼuliyatini yana-da oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatga o‘tish konsepsiyasi zamirida inson erkinliklarini fuqaro, halq manfaatlariga mos holda bosqichma-bosqich yuzaga chiqarish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Maʼlumki, qonunlarning har bir moddasida insonning muayyan yo‘nalishdagi erkinliklari beriladi. Lekin yodda tutmoq kerak-ki, bunday tartib, yo‘l-yo‘riq yoki imkoniyat faqat bitta fuqaroning erkinligini yuzaga chiqarish uchungina joriy etilgan emas. Balki bu huquqiy meʼyor barcha uchun teng asosga ega. Hamonki shunday ekan, barcha yaʼni butun jamiyat aʼzolari ana shu meʼyor asosida o‘z erkinliklarini bir xil darajada amalga oshirishi shart.


Download 13.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling