Fuqaro Tolipovning nikohdan ajrashish to‘g‘risidagi arizasi O‘zbekiston


Download 33.76 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi33.76 Kb.
#1442869
Bog'liq
ishlash kk 6 ta kazus


Fuqaro Tolipovning nikohdan ajrashish to‘g‘risidagi arizasi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya
va apellatsiya instansiyalarining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirildi. Fuqaro
bundan norozi bo‘lib, nazorat instansiyasida ko‘rish bo‘yicha shikoyat yozmoqchi
ekanligini ma’lum qildi. Oliy sud tomonidan unga berilgan tushuntirishlarda nazorat
instansiyasi tugatilgani, bunday shikoyat yozishga fuqaro Tolipovda huquq yo‘q
ekanligi aytildi. Tolipov bundan norozi bo‘lib, Prezidentning virtual qabulxonasiga
shikoyat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Milliy qonunchilikdan kelib chiqib, sud instansiyalarini tahlil eting
Fuqaro Ibragimov tuman sudi sudyaligiga hujjat topshirgan edi. Ammo malaka
komissiyasi nomzodlar o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi, oliy yuridik
ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishini va albatta, yuridik
ixtisosligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida yetti yillik
mehnat stajiga ega bo‘lishi shartligini ko‘rsatib, hujjatlarni qaytardi. Shu bilan birga,
fuqaro Niyozova bu fikrga qo‘shilmasdan, nomzodlarning huquqni muhofaza
qiluvchi organlarda mehnat stajiga ega bo‘lishi talab emas, balki tavsiyaviy tusdagi
qoida ekanligini ma’lum qilib, ushbu normaga sharh berish uchun Konstitutsiyaviy
sudga murojaat etdi. Konstitutsiyaviy sud ushbu murojaatni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudiga ko‘rib chiqish uchun yubordi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlaridan kelib
chiqqan holda, vaziyatga baho bering
Tuman prokurori mehnat ta’tiliga chiqqach, uning vazifasini vaqtincha
bajarish uning o‘rinbosari Z.ga yuklatildi. Oradan bir xafta o‘tgach, Z. jinoyat sodir
qilgan N.ga tuman IIB tergovchisi jinoyat ishi qo‘zg‘atmasligi uchun ayblanuvchi
N.ning qarindoshlari-dan 3000 AQSh dollari oladi.
Kazus bo‘yicha savollar:
1. Aybdor shaxsning harakatlarini yuridik tahlil qiling va uning harakatlariga
huquqiy baho bering.

  1. Aybdor shaxslarning qilmishini kvalifikatsiya qiling

Fuqaro A. notariusga murojaat qilib, fuqaro B.ga tegishli bo‘lgan uy-joy
(ko‘chmas mulk)ga mulk huquqini beruvchi orderni rasmiylashtirib berishni
so‘radi. Bunga asos qilib, u 30 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz
egalik qilib kelganligi, B.ning vafot etganligi, uning merosxo‘rlari yo‘qligini
ma’lum qildi. Ammo notarius fuqarolik qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega
emasligini bildirib, rad javobini berdi. Fuqaro A.ning talabi o‘rinlimi? Masala
qanday hal qilinishi kerak?

O‘zbekiston fuqarosi Yusupov Toshkent davlat yuridik universitetida


o‘qituvchi bo‘lib ishlardi. U o‘z bilimlariga tayangan holda qonun loyihasini
tayyorlab, uni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etdi. U “O‘zbekistonda
dronlardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga
quyidagilarni ilova qildi.
1) qonun loyihasiga tushuntirish xati;
2) o‘zgartirilishi va bekor qilinishi kerak bo‘lgan qonun osti hujjatlar ro‘yxati.
Biroq, Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasini ko‘rib chiqishdan bosh
tortib, fuqaro Yusupov qonunchilik tashabbusi sub’ekti emasligi vaji bilan taklifni
qaytarib yubordi.
Huquq ijodkorligida fuqarolarning ishtirokini muhokama eting, vaziyatga
huquqiy yechim bering.

Таълимдаги глобал ўзгаришлар ва рақамли технологиялар таъсири ва


умуман ахборот асрида таълим беришнинг замонавий кўринишлари, хусусан
масофавий таълим бериш шакли кенг оммалашмоқда. Айниқса, пандемия
шароити бу жараёнларни анча тезлаштириб юборди.
Бугунги кунда масофавий ўвитиш таълимнинг барча қатламида –
босқичида қўлланилмоқда.
Кузатишлар давомида айрим ўқувчилар, ота-оналар масофавий таълим
ўқишнинг сифатли бўлишига салбий таъсир кўрсатади деб ҳисоблашса,
айримлар ортиқча вақт, сарф-харажат, ишдан ажралмаслик ва хавфсизлик
нуқтаи назаридан масофавий таълимни маъқул кўришмоқда.
Айтингчи, икки таълим шакли – масофавий ва ананавий ўқитиш
шаклининг ижобий ва салбий жиҳатлари нимада?
Иккисининг ўртасидаги нисбатни таъминлашда таълим
иштирокчилари қандай самарали механизмларни амалиётга тадбиқ
этишлари лозим?
Сиз педагог сифатида масофавий таълимнинг оқсоқ
жиҳатларини қандай бартараф этишга ҳаракат қиласиз?
Download 33.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling