Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish
Download 440.5 Kb.
|
KL-YUSH 20
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limi haqida umumiy qoidalar 6
- 1. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining asosi va manbalari, predmeti va vazifalari.
- 2. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanini oqitishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uning soliq sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi ahamiyati.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASINING BUXORO SOLIQ TEXNIKUMI YURIDIK SHASLARNI SOLIQQA TORTISH FANI MA’RUZALAR MATNI Buxoro – 2020
1-Mavzu: Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, soliq organi xodimlarini tayyorlashda fanning o’rni. Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Reja: 1. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining asosi va manbalari, predmeti va vazifalari. 2. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanini o'qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uning soliq sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi ahamiyati.Tayanch iboralar: yuridik shaxs, yuridik shaxslarni soliqqa tortish, fanning vazifasi, fanning predmeti. 1. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining asosi va manbalari, predmeti va vazifalari. Davlat ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va uni taqsimlashning Qonun-qoidalarnini ishlab chiqadi.Bu taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilganligidan davlat uni boshqarishni ham pul munosabatlari orqali, ya’ni pul va kredit orqali boshqarishni amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa Qonunlari orqali amalga oshiriladi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida ham ishlab chiqarish va pul munosabatlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti Qonunlarini o'rganib chiqib, davlat ijtimoiy mahsulot, milliy ichki mahsulot qiymatini soliq orqali taqsimlash vazifasini o'z zimmasiga oladi. Shunday ekan, davlat to'g`risidagi ta’limot davlat iqtisodiyotini boshqarishda bosh rol o'ynashi «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining asosi bo’lib hisoblanadi. Davlat soliq munosabatlarini tashkil qilib, bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda yetakchilik, boshqaruvchilik rolini o'ynaydi. Davlat yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning mohiyati va vazifalarini mukammal o'rganib chiqib, uni amaliyotga tatbiq qilishni ham o'z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti, uning talab va taklif, raqobat va qiymat Qonunlari yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning asosiy negizidir. Davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlaydi va soliqlardan taqsimlash kategoriyasi sifatida o'zining hamma ijtimoiy talablarini qondirishda foydalana oladi. Davlat va bozor iqtisodiyoti –yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar fanining asosidir. Har qanday fan o'zining predmetiga, ya’ni izlanish ob’ektiga ega bo'lish kerak. Masalan, soliq nazariyasi fanining predmeti bo'lib soliqlarning harakati hisoblansa, soliqqa tortishda esa soliq mexanizmini har taraflama o'rganish bo'lsa, yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani uchun esa yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar harakati va yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq mexanizmini har taraflama o'rganishdir. Bu harakat pul munosabatlarini o'rganishdan iborat bo'ladi yoki soliq harakatini urganadi. Bu pul munosabatlari soliq to'lovchilar ya’ni yuridik shaxslar bilan soliq undiruvchi (oluvchi) davlat o'rtasida bo'ladi. Fanning butun mohiyati shu o'rtadagi munosabatni chuqur urganish, ularni to'g`ri tashkil etilishini ta’minlashdir. To'gri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini inobatga olgan holda munosabatni tashkil qilish tushuniladi. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanini chuqur o'rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini bajarishda ham katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Fanning vazifasi soliq mutaxassisi va boshqa xodimlarni nazariy hamda amaliy tomondan o'rgatish, amaliyotda adashmasslik uchun yo'l-yo'riqlar ko'rsatishdan iboratdir. Shuningdek, rivojlangan chet el mamlakatlari soliq amaliyotini o'rganish asosida qilingan xulosalar, ularning ish tajribalarini o'zimizning iqtisodiyotimizga moslab tatbiq etishdan iboratdir. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining asosiy vazifasi yuqori malakali soliq mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham ilmiy, ham amaliy jihatidan o'rganishlarini va bilimga ega bo'lishlarini ta’minlashdan iboratdir.
«Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani yuridik shaxslardan olinadigan soliq harakatlarini va yuridik shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini chuqur o'rganish asosida xulosa qilib olingan, takrorlanib turadigan munosabatlarni tartibga solib o'rgatadi. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanini uqitishning zarurligi soliq Qonunchiligi va soliq amaliyotida yo'ldan adashmaslik hamda istiqbolli qadamlar tashlash uchun, qolaversa, amaliyotda katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani «Soliqlar va soliqqa tortish» fani bilan chambarchas bog`liqdir va uning maxsus bulimi, ya’ni chuqurlashtirgilgan va kengaytirilgan bulimidir.Chunki yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar Qonuniyatlari soliqlar va soliqqa tortish Qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi. Bu fan moliya fani bilan ham chambarchas bog`liqdir. Chunki yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar moliya munosabatlarining tarkibiga kiradi. Shuning uchun moliya ham, yuridik shaxslar soliqlari ham pul munosabatlarini ifodalaydi. Ularning ikkalasi uchun yagona asos pul munosabatlarining mavjudligidir. Lekin soliq keyinchalik o'ziga xos bulgan pul munosabatini, ya’ni soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasidagi majburiy pul munosabatini ifodalaydi. Shuningdek bu fan «Davlat budjeti», «Soliqlar va soliqqa tortish», «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish», «Soliqlar tahlili va auditi», «Soliq nazariyasi», «Xorijiy mamlakatlar soliq tizimi», «Buxgalteriya hisobi», «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi», «Soliq huquqi», «Soliq tizimi asoslari», «Soliqqa tortish nazorariyasi va tarixi», «Soliq tizimida axborot tenologiyalari» va «Korxonalar moliyasi» fanlari bilan ham chambarchas bog`liqdir. Soliq xizmati xodimlari o'zlariga Qonun hujjatlarida yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun faqat nazariy jihatlarini bilibgina qolmasdan, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning mohiyati va zarurligi, ular uchun umumiy asosga ega bo'lgan soliq tamoyili, soliq tizimi, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar turlari va shart-sharoitlarini puxta egallagan bo'lishi zarur. Buning uchun esa, yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanini chuqur o'rganish kerak. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani pul munosabatlarini ifodalovchi soliqlarning mohiyati, ularning bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linishi, budjetga tushish nuqtai nazaridan umumdavlat (respublika) soliqlari va mahalliy soliqlarga bo'linishi, yuridik shaxslar tushunchasi va ularning soliqlari tarkibi, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning budjet daromadlarini shakllantirish va pul muomalasini mustahkamlashdagi ahamiyati, yuridik shaxslar soliqlarini budjetga to'lash tartibi, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i, daromadga (foydaga) soliq tushunchasi, soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi hamda to'lash muddatlari, qo'shilgan qiymat solig`i tushunchasi va uni hisoblash usullari, aksiz solig`i tushunchasi va soliq to'lovchilarni guruhlash, yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i, yer solig`i, yer qa`ridan foydalanuvchilar to'laydigan soliqlar , suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq unining ahamiyati, O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning foydasini soliqqa tortish, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar turlari, ularni amaliyotga tadbiq etish uslublari, soliq tizimiga oid boshqa harakatlarni o'z ichiga oladi. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining mazmunini chuqur egallagan har qanday mutaxassis soliqlarni o'rganishda va ularni qayta to'g`ri va to'liq tadbiq etishda unumli foydalanadi. «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, talabalar va boshqalar uchun ilmiy salohiyatini oshirishda katta rol o'ynaydi.
Download 440.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling