Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet2/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Nazorat savollari:

1.«Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanini o'qitish nima uchun zarur?

2.«Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani nimani o'rgatadi?

3.«Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanining nazariy asosi nimalardan iborat?

4.«Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani mazmunida nimalarni o'rgatish maqsadi yotadi?

2-Mavzu: Yuridik shaxs tushunchasi va turlari
Reja:

1.Yuridik shaxs tushunchasi



2. Yuridik shaxsning huquqiy asoslari
Tayanch iboralar: Yuridik shaxs, xalqaro tashkilot, yuridik shaxs ta'sis hujjatlari, Xususiy korxonalar, Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, Qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, Aksiyadorlik jamiyatlari, Unitar korxonalar
1.Yuridik shaxs tushunchasi
O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 30-32 moddalarida Yuridik va jismoniy shaxslar haqida tushuncha berilgan.

Yuridik shaxs deb quyidagilar ehtirof etiladi:



1) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);

2) chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar);

3) xalqaro tashkilotlar.

Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan yeri bo‘yicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo‘linmasidir.

Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.

O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak. Ushbu tarif Fuqarolik Kodeksiningning 39-moddasi ham o’z aksini topgan.


Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling