Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Yuridik shaxslarning turlari


Download 440.5 Kb.
bet3/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

2.Yuridik shaxslarning turlari

Foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo’lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo’lishi mumkin.

Tijoratchi tashkilot bo’lgan yuridik shaxs xo’jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.

Tijoratchi tashkilot bo’lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.

Tijoratchi bo’lmagan tashkilot o’zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin.

Yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin.

Yuridik shaxs ushbu Kodeks, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek ustav va boshqa ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi.

Korxonalar tuzilishiga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Bular:

1. Xususiy korxonalar

2. Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar

3. Qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar

4. Aksiyadorlik jamiyatlari

5. Unitar korxonalar

Mas'uliyati cheklangan jamiyat- Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulishlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati mas'uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar.Mas'uliyati cheklangan jamiyatning o'z hissasisni to'la qo'shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo'yicha har bir ishtirokchi hissasining to'lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo'ladilar.

Qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat- Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulishlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli mol-mulklari biln hamma uchun bir xil bo'lgan va qo'shimcha hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatningta'sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidar javobgar bo'ladi.

Qo'shimcha mas'uliyatli amiyatning ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi. Ishtirokchilardan biri bankrot bo'lib qolganida uning qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat majburiyatlari bo'ycha javobgarligi, agar jamiyatning ta'sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartbi nazarda tutilgan bo'lmasa, boshqa ishtirokchilar o'rtasida ularning qo'shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.





Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling