Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish
Bo’limning asosiy vazifalari va funsiyalari
Download 440.5 Kb.
|
KL-YUSH 20
2.Bo’limning asosiy vazifalari va funsiyalari
Quyidagilar bo’limning asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlashda bevosita ishtirok etadi; yuridik shaxslarda, xususan ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari va yirik soliq to’lovchilarda, kichik biznes sub’ektlarida va soliqlarni soddalashtirilgan tartibida to’lovchi sub’ektlar ustidan monitoring o’rnatish, pul oqimlarini tahlil qilish, soliq hisobotlarini qabul qilish va kameral nazoratdan o’tkazish, tahlil natijalari bo’yicha soliq solish mexanizmini yanada takomillashtirish orqali soliq sohasida huquq buzilishlarining oldini olish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga sharoit yaratish hamda soliq to’lovchilarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha belgilangan majburiyatlarini bajarishda amaliy yordam ko’rsatish; yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq miqdorda tushishini ta’minlash; yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini ro’yobga chiqarish, soliq organlari yagona integrastiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yuritish asosida soliq to’lovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko’rsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo’yicha kompleks tadbirlarini amalga oshirish; soliq to’lovchi yuridik shaxslarni soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalarini va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda to’liq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish; yuridik shaxslar bo’yicha soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish bo’yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarni joriy etish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va bartaraf etish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish; soliq to’lovchilarni va ularning soliq solish ob’ektlarini to’liq hamda o’z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash hamda ularni hisobga olish mexanizmini takomillashtirish; davlat organlari va soliq to’lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to’g’risida axborot taqdim etadigan boshqa tashkilotlar bilan o’zaro axborot almashish, jumladan elektron axborot almashish borasida hamkorlik qilish; soliq to’lovchi yuridik shaxslarga to’g’ridan-to’g’ri muloqotsiz elektron xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish yo’li orqali soliq to’lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko’maklashish, soliq majburiyatlariga ongli munosabatda bo’lishi, huquq va burchlarini bilishi hamda ularga so’zsiz rioya etish ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, seminar va o’quv mashg’ulotlari, shuningdek boshqa ilmiy-amaliy usullar bilan targ’ibot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish orqali huquqiy madaniyatini oshirish; yuridik shaxslar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferenstiyalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish; soliq to’lovchi yuridik shaxslarga soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash va ularga soliqlar bo’yicha majburiyatlarini bajarilishida amaliy yordam ko’rsatilishini nazorat qilish; hududiy soliq organlariga muntazam uslubiy va amaliy yordam ko’rsatgan holda tuzilma bo’lim vakolatidagi ishlarning joylarda to’g’ri tashkil etilishini nazorat qilish; davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlari tomonidan belgilanadigan soliq siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish. Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, bo’limga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin. Download 440.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling