Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet12/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

umidsiz qarz-sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinishi tufayli yoxud bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki da’vo muddati tugashi sababli to’lanishi mumkin bo’lmagan qarz.

Soliq organlari Soliq kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq byudlset tizimi byudjetlariga soliqlar va yigimlar, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari, Davlat soliq qo’mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasiga tushumlar hisobini yuritadi.

Soliqlar va yig’imlar tushumining hisobi byudjet tasnifiga muvofiq soliq organi tomonidan yuritiladi.

Byudjet tizimiga tushumlar hisobi hisoblangan hamda to’langan soliqlar va yig’imlar, shuningdek penyalar va jarimalarni soliq to’lovchining shaxsiy hisobvarag’ida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq aks ettirish orqali yuritiladi.

Soliq to’lovchi tegishli soliq organi bilan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq soliqlar va yig’imlarni to’lash bo’yicha majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan ma’lumotlarni ikki tomonlama solishtirib, qog’oz yoki elektron shaklda, imzo va muhr (agar mavjud bo’lsa) yoxud elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda yuritadi.

Soliq to’lovchining ShH milliy valyuta-so’mda (tiyin o’lchov birligida) yuritiladi.

Soliq to’lovchining ShH SIAIJ-5 dasturiy mahsulotida yuritiladi va ma’lumotlar mazkur Nizomda belgilangan tarzda kiritiladi. Bunda kiritilgan ma’lumotlar to’liqligicha saqlanishi ta’minlanib, noqonuniy tarzda foydalanishdan himoyalanadi.

Soliq to’lovchining ShHga ma’lumotlar u tomonidan maxsus elektron raqamli imzo bilan yuborilgan elektron hisobotlar (aniqlashtirilgan hisobotlar) hamda g’aznachilik va banqdan kelgan elektron tushumlar, shuningdek mazkur Npzomda keltirilgan birlamchi hujjatlar asosida kiritiladi.

Soliq to’lovchining ShHda barcha yozuvlar sanalar ketma-ketligida aks ettiriladi.

Soliq to’lovchining ShHda aks ettiriladigan ma’lumotlar

Soliq to’lovchining ShHda soliq to’lovchi haqida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

a) soliq to’lovchining identifikastion raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi);

b) soliq to’lovchining qisqartirilgan nomi;

v) soliqlar va yig’imlar turlari nomi (shartli raqami);

g) byudjet tasnifi asosida byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradigan soliqlar va yig’imlar shaxsiy g’azna hisobvaragi;

e) soliq to’lovchining tashkiliy huquqiy shakli;

j) soliq to’lovchining yuqori tashkiloti;

z) soliq to’lovchining yuridik manzili, holati va mavqei.

Soliq to’lovchining ShHda quyidagi summalar aks ettiriladi:

a) soliq to’lovchining soliq hisoboti, shu jumladan aniqlashtirilgan soliq hisoboti va tekshirishlar natijasi bo’yicha hisoblangan (kamaytirishga hisoblangan) summalar;

b) to’langan (undirilgan) summalar;

v) soliq qarzi va (yoki) ortiqcha to’lov summalari;

g) qaytarilgan yoki amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda soliqlar va yig’imlarning bir turidan ortiqcha va (yoki) xatolik bilan to’langan hamda boshqa soliq turiga (qarziga yoki kelgusi to’lovlariga) hisobga olingan summalar;

d) to’lash muddati o’zgartirilgan soliqlar va yigimlar summalari;

e) hisobdan chiqarilgan va alohida hisobi yuritiladigan summalar;

j) hisoblangan penya va boshqa moliyaviy sankstiyalar.

Soliq to’lovchining ShH amaldagi soliq qonunchiligiga asosan soliq to’lovchining majburiyatlaridan kelib chiqib, soliq organlari tomonidan har bir soliqlar va yig’imlaring turi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari hamda DSQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasiga ajratmalar bo’yicha alohida ochiladi va yuritiladi.

Soliq to’lovchilar soliq organlarida hisobga qo’yilishi (davlat ro’yxatidan o’tgan joydan tashqarida soliq to’lovchining ob’ektlari bo’yicha hisobga olingan yoki "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 12, 14 va 15-moddalarida belgilangan pensiya to’lovi majburiyati paydo bo’lgan soliq to’lovchilar bundan mustasno) bilan bir vaqtda quyidagi to’lov turlari bo’yicha soliq to’lovchining ShH avtomatlashtirilgan tartibda ochiladi:

a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi;

b) ijtimoiy soliq;

v) fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya badallari;

g) belgilangan muddatida to’lanmagan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya badallari bo’yicha hisoblanadigan penya;

d) DSQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasiga ajratmalar.

Bunda, soliq to’lovchi tomonidan taqstim etilgan hisobot bo’yicha ShH avtomatik tarzda hamda soliq tekshiruvi, sud qaroriga asosan yuzaga kelgan soliq majburiyati va amalga oshirilgan to’lovlarga asosan mas’ul xodim tomonidan ShH ochiladi.

Ma’lumotlar bazasidagi barcha soliq to’lovchilariiig o’tgan hisobot yili oxiridagi qoldiq summalarini joriy yilga ko’chirib o’tkazish jarayonida dasturiy mahsulot orqali joriy yil uchun ShH avtomatik tarzda ochiladi.

Soliq to’lovchining ShHni ochish uchun asos bo’lib soliq to’lovchi tomonidan DSIga soliq majburiyatlari bo’yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari, soliq tekshiruvlari natijalarida soliqlar va yigimlar turlari bo’yicha qo’shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliq summalari to’g’risidagi ma’lumotlar va (yoki) soliq to’lovchi tomonidan soliqlar va yig’imlar to’langanligini tasdiqlovchi elektron shakldagi g’aznachilik ma’lumotlari (xatolik bilan to’langan soliq (penya, jarima) summasi bundan mustasno) hisoblanadi.

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 12, 14 va 15-moddalarida belgilangan pensiya to’lovi majburiyati paydo bo’lgan soliq to’lovchilarga Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi va DSQ o’rtasida ma’lumot almashish tartibiga asosan soliq to’lovchining majburiyatlari bo’yicha qabul qilingan elektron ma’lumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda ShH ochiladi.

Yuridik manzili o’zgarganligi sababli, rzlyxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan DSQga taqdim etilgan elektron ma’lumotga asosan boshqa tuman (shahar)dan ko’chib kelgan (ma’muriy-hududiy birlikka o’zgartirish kiritilgan) ShH ko’chib kelayotgan tuman (shahar)dagi soliq organiga avtomatlashtirilgan tartibda o’tkaziladi.

Bunda, soliq to’lovchi ko’chib ketayotgan tuman (shahar) soliq organida er solig’i, mol-mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo’yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, benzin, dizel yoqilg’isi va gaz avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizastiya qilingan taqdirda akstiz solig’i to’lash hamda O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi Qonunining 12, 14, 15-moddalariga muvofiq majburiyati bo’yicha mavjud ShH o’sha tuman (shahar) soliq organida qoldiriladi va alohida hisobi yuritiladi (bundan Yirik soliq to’lovchilar bo’yicha hududlararo davlat soliq inspekstiyasiga o’tkaziladigan soliq to’lovchilar mustasno).

Tadbirkorlik sub’ektlariga "yagona darcha" tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlarida ro’yxatdan o’tkazilmaydigan soliq to’lovchilar boshqa tuman (shahar)ga yuridik manzilini o’zgartirganda, ro’yxatdan o’tkazuvchn organlar (idoralar) yoki soliq to’lovchi tomonidan soliq organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida ShH tegishli tartibda ko’chib borayotgan tuman (shahar) soliq organiga yuboriladi.

Ma’lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga olingan soliq to’lovchi boshqa tuman (shahar) hududida soliq solish ob’ekti va soliq solish bilan bog’liq ob’ektga ega bo’lgan takdirda, soliq solish ob’ektidan kelib chiqib, belgilangan tartibda tegishli soliqlar va yig’imlar turlari bo’yicha soliq to’lovchining ShH ochiladi.

Soliq to’lovchining ShHni yuritishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

a) soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha taqdrtm etgan soliq hisobotlari asosidagi ma’lumotlar;

b) soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha taqdim etgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari asosidagi ma’lumotlar;

v) qonun hujjatlari hamda vakolatli organlar qarorlari asosida ayrim soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha to’lash muddatini o’zgartirish, bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish, hisobdan chiqarish, penya hisoblanishini to’xtatish to’g’risidagi ma’lumotlar;

g’) byudjet tizimiga to’langan (undirilgan) soliqlar va yig’imlar bo’yicha ma’lumotlar;

d) qaytarilgan yoki hisobga olingan ortiqcha to’lovlar va foizlar;

e) soliq tekshiruvi natijasida qo’shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliqlar va yig’imlar, qo’llanilgan moliyaviy sankstiyalar hamda hisoblangan (kamaytirishga hisoblangan) penya summalari to’g’risidag’i ma’lumotlar;




Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling