Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Yuridik shaxslarning byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobini yuritish uchun ShHVni ochish tartibi


Download 440.5 Kb.
bet20/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Yuridik shaxslarning byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobini yuritish uchun ShHVni ochish tartibi.

ShHV amaldagi soliq qonunchiligiga asosan soliq to‘lovchining majburiyatlaridan kelib chiqib, har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlar turi bo‘yicha alohida ochiladi.

Davlat soliq xizmati organlarida byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘lovlar bo‘yicha ShHV yuritiladi.

Soliq to‘lovchi yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi (davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydan tashqari soliq to‘lovchining ob’yektlari bo‘yicha hisobga olingan yoki «Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno) bilan bir vaqtda quyidagi to‘lov turlari bo‘yicha topshirilgan hisobotga asosan ShHVlar ochiladi:

a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

b) ijtimoiy to‘lov;

g) fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari.

Ma’lumotlar bazasidagi barcha soliq to‘lovchilarning o‘tgan hisobot yili oxiridagi qoldiq summalarini joriy yilga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida dasturiy mahsulot orqali joriy yil uchun ShHVlar avtomatik tarzda ochiladi.

Soliq to‘lovchiga ShHV ochish uchun asos bo‘lib soliq to‘lovchi tomonidan DSIga soliq majburiyatlari bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari, tekshirish natijalarida soliq va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha qo‘shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan to‘lov topshiriqnomalari hisoblanadi.

«Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilarga tuman (shahar) Ijtimoiy ta’minot bo‘limidan ma’lumot kelib tushgan kundan so‘ng,3 ish kunidan oshmagan muddatda ShHVlar ochiladi.

Yuridik manzili o‘zgarganli gisababli, boshqa tuman (shahar)dan kelgan soliq to‘lovchilarga ma’lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 1 ish kunidan oshmagan muddatda Kameral nazorat bo‘limi tomonidan Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga DSI boshlig‘ining munosabat belgisi bilan bildirgi berilgandan so‘ng, bir ish kunida ma’lumotlar bazasi administratori elektron fayllarni ma’lumotlar bazasiga qabul qilib tegishli ShHVlarni ochadi.

Ma’lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga olingan soliq to‘lovchi boshqa tuman (shahar) hududida soliq solish ob’yekti va soliq solish bilan bog‘liq ob’yektga ega bo‘lgan taqdirda, soliq solish ob’yektidan kelib chiqib belgilangan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha ShHVlar ochiladi.



Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling