Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish
Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini aniqlash
Download 440.5 Kb.
|
KL-YUSH 20
Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini aniqlash
Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’ladi: to’qqiz oy mobaynida moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag’lari tushmaganligi; to’qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi. Tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to’qqiz oy mobaynida moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha pul mablag’lari tushmaganda tijorat banklari uch ish kuni ichida u hisobga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ma’lumot taqdim etadi. Davlat soliq xizmati organi tijorat banklaridan ma’lumot tushgach va (yoki) hisobot topshirish muddati tugagach uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotlari to’g’risida Tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarni: ro’yxatdan o’tkazuvchi organ va ro’yxatdan o’tgan joydagi davlat statistika organlarini; O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo’limini (keyingi o’rinlarda Byuro deb ataladi); ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazuvchi organni; avtotransport vositalari, qishloq xo’jaligi texnikasi va ro’yxatdan o’tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro’yxatdan o’tkazuvchi organlarni; O’zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini xabardor qiladi. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 5-bandida ko’rsatilgan yuridik shaxslar bo’yicha: a) quyidagilarni: tijorat tashkiloti haqiqatda moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmaganligini; mol-mulki mavjudligini; yuridik va faoliyat ko’rsatish manzilida mavjudligini; tijorat tashkilotining barcha qarzdorliklari (2-son kartotekasi) tahlilini; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorligi mavjudligini; b) muassislarining (qatnashchilarining) turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb qilish choralarini ko’radi; v) moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari muassislariga (qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif etadi. Tijorat tashkiloti o’n ish kunida ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek, ko’rsatib o’tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo’lmagan taqdirda, Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi; g) tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo’lsa), davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo’lsa tovar belgisining ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani tijorat tashkilotini ro’yxatdan o’tkazgan organga topshirtirish choralarini ko’radi; d) yig’ilgan va mavjud ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini kameral nazoratdan o’tkazadi. Download 440.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling