Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish
Download 440.5 Kb.
|
KL-YUSH 20
Tayanch iboralar: "Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi kafolatlari to'g’risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, ixtiyoriy tugatish tartibi, korxonlarni tugatish
1. Tadbirkorlik sub`ektlarini ixtiyoriy tugatishning huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 7 iyundagi PF-5739-son Farmoniga muvofiq tartibi joriy etildi. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Qarorda quyidagilar ko’rsatiladi: tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ekti to’g’risidagi ma’lumotlar (to’liq va qisqartirilgan nomi, soliq to’lovchining identifikastiya raqami, pochta manzili); tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili); tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ekti bo’yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati; tadbirkorlik sub’ektini tugatish sababi va mo’ljallanayotgan tugatish muddati. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tijorat tashkiloti ishlarini boshqarish bo’yicha barcha vakolatlar unga o’tadi. Tadbirkorlik sub’ekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to’xtatish uning qaroriga (arizasiga) ko’ra amalga oshiriladi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organning davlat reestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik sub’ekti ― jismoniy shaxs esa o’z faoliyatini to’xtatgan hisoblanadi. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tugatishning, tadbirkorlik sub’ekti ― jismoniy shaxs esa to’xtatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash to’g’risida qaror qabul qilish huquqiga ega. Bunda, tadbirkorlik sub’ektining moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha boshlangan tekshiruv (taftish) belgilangan tartibda yakuniga etkaziladi. Download 440.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling