Nazorat savollari:
1.YUSHX bo’limi qanday huquqlarga ega?
2.Bo’lim xodimlarinig majburiyatlari nimadan iborat?
3. Bo’lim xodimlarinig vazifalari nimadan iborat?
6-Mavzu:Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limida foydalaniladigan dasturiy maxsullar
Reja:
1. «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-4» dasturiy mahsuloti (Bank).
2. «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-5» dasturiy mahsuloti (Registrastiya).
Tayanch iboralar: bank hujjatlari bilan ishlash, tushumlarni o‘tkazish, hisobotlarni hosil qilish tartibi, bank hujjatlarini kiritishdagi xatoliklarni tuzatish, ma'lumotlarni tez izlash, bank ko‘chirmalari, hisob varaqlar, soliqlar bo‘yicha saralash, ortiqcha to‘lov, hisob raqamlari, soliq turlari.
1. «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-4» dasturiy mahsuloti
Bu rejim barcha ko‘rinishdagi bank hujjatlari bilan ishlashga mo‘ljallangan va quyidagi bo‘limlardan iborat:
INPS bank ko‘chirmasi
ASBT bank ko‘chirmasi
Bank ko‘chirmasi
Bank hujjatlari qo‘lda yoki avtomatik tarzda kiritilishi mumkin. To‘lov hujjatlarini avtomatik tarzda kiritishda to‘lov ma’lumotlarini qabul qilish va byudjet hisob raqamlariga tarqatish bankdan elektron ko‘rinishda qabul qilingan fayllardan olinadi. Bankdan fayllarni qabul qilgandan so‘ng byudjet hisob raqamlari reestri va shu hisob raqamga kelib tushgan barcha bank hujjatlarini ko‘rish imkoniyati mavjud. Bank hujjatlarini avtomatik tarzda kiritishda avval to‘lovchi tashkilotni aniqlab olish lozim (hisob raqami, MFO si, STIR i orqali aniqlash) To‘lovchisini aniqlash imkoni mavjud bo‘lmagan bank hujjatlarini (qanday kiritilishidan qat’iy nazar) "Aniqlanmagan" statusi bilan belgilab operator bank hujjati rekvizitlari bo‘yicha aniqlashtirmaguncha sistemada saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |