2.Bo’lim va xodimlaning majburiyatlari va javobgarligi
Bo’lim oz vakolatidan kelib chiqib quyidagi majburiyatlarga ega:
Soliq qonunchiligiga oid masalalar bo’yicha qonun ijrosini ta’minlaydi
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonun talablariga qat’iy rioya qiladi
Davlat, tijorat va xizmat sirlarini oshkor etmaydi
Xufiyona iqtisodiyotni yuzaga kelishi va korrupstiya holatlarini oldini olish choralarini ko’radi
Ish yuritishni belgilangan tartibda olib boradi
O’z funkstional vazifalarini bajarmaganligi
Qonun hujjatlari hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi
Ijro intizomini buzganligi
Noqonuniy ravishda soliq to’lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar etkazganligi
Rahbariyat topshiriqlarining o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlamaganligi
Noqonuniy xatti-harakatlari tufayli soliq to’lovchilarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi
Davlat, tijorat va xizmat siriga rioya etmaganligi uchun javobgar bo’ladi.
Bo’lim xodimlari o’ziga biriktirilgan ish uchastkasi uchun javob beradilar.
Bo’lim o’z ishlarini Davlat soliq inspekstiyasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida olib boradi.
Bo’lim choraklik, yarim yillik, to’qqiz oylik va yillik faoliyati yakunlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida tahliliy hisobot tuzadi hamda uni Davlat soliq inspekstiyasi rahbariyatiga taqdim etadi.
Xizmatga qabul qilishda va bo’limda xizmatni o’tash chog’ida xodimlarga O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi umumiy talablari hamda ichki idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa talablar tatbiq etiladi.
Bo’lim xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turlari bilan shug’ullanish, boshqa tashkilotlarda o’rindoshlik bo’yicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy, o’qituvchilik va ijodiy faoliyat bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |