Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet13/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Nazorat savollari:

1.Yuridik shaxslar to’laydigan soliqlarni sanab bering?

2.Shaxsiy hisobvaraqa nima?

3.Shaxsiy hisob varaqada qanday ishlar amalga oshiriladi?




4-Mavzu: Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limining vazifalari va funksiyalari

Reja :

1.Bo’limning tashkiliy huquqiy asoslari

2.Bo’limning vazifalari va funsiyalari
Tayanch iboralar:Tarkibiy tuzilma,bo’limning vazifalaro,funksiyalari,bo’lim nizomi
1.Bo’limning tashkiliy huquqiy asoslari
Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limi davlat soliq inspekstiyasining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlariga, Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi qonuniga, Prezident farmon va qarorlari, VMning qarorlari hamda farmoyishlariga, DSXOda xizmatni o’tash to’g’risidagi nizomga, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat soliq boshqarmasi xamda davlat soliq inspekstiyaihsining ichki idoraviy hujjatlariga amal qiladi ..

Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatadi va ularning faoliyati ustidan monitoring olib boradi

O’z vakolatiga kiradigan ishlarning to’g’ri tashkil etadi, muammolarni bartaraf etadi va oldini olish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi

Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining boshlig’iga, boshliq o’rinbosarlari, davlat soliq inspekstiya boshlig’iga va boshliq o’rinbosarlariga hisobot beradi.

Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarni Davlat soliq qo’mitasining bosh boshqarmalari, boshqarmalari, mustaqil bo’limlari, Davlat soliq boshqarmasining bo’limlari, sho’’balari, mustaqil sho’’balari, hududiy davlat soliq xizmati organlari, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bajaradi.




Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling