Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet16/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Nazorat savollari:

1.Bo’limning tashkiliy huquqiy asosini aytib bering?

2.Bo’lim Nizomi nima?

3.Bo’limning funksiyalari va vazifalari qaysilar?



5-Mavzu: Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limining huquqlari va majburiyatlari
Reja:

1.Bo’limning huquqlari

2.Bo’limning majburiyatlari va javobgarligi
Tayanch iboralar: YUSHX bo’liming huquqlari,bo’lim xodimlarining majburiyati,javobgarligi,bo’limning vakolatlari
1.Bo’limning huquqlari

Bo’lim o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish funkstiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqilganligi, to’liq undirilganligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga hamda davlat maqsadli jamg’armalariga o’z vaqtida o’tkazilganligi yuzasidan nazorat qilish;

soliq to’lovchi ma’lum qilingan manzilda bo’lmaganda, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo’yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan holatlarda bank hisobvaraqlari bo’yicha operastiyalarni to’xtatib turish bo’yicha sud tartibida chora-tadbirlar ko’rish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan holatlari bundan mustasno);

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish va yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sankstiyalarni qo’llash;

O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan bo’lsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;

Bo’lim O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida”gi Nizomda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

-DSXO tadbirlarda ishtirok etadi

-Vakolatiga doir masalalar muhokamasida ishtirok etadi

-Takliflar beradi –shtat birligi, intizomni mustahkamlash, xodimni rag’batlantirish yoki chora ko’radi

-AKTlardan va DSXO ichki idoraviy hujjatlaridan vakolati doirasida va belgilangan tartibda foydalanadi

-Moliyaviy va soliq hisobotlarni qabul qiladi

-Yuridik shaxslarga shaxsiy kartochkalar ochilishini ta’minlaydi

-Soliq majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishlari yuzasidan belgilangan tartibda profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi

-Murojaatlarga asosan xizmatlar ko’rsatadi hamda tegishli ma’lumotlarni taqdim etadi

-Ustav jamg’armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tadbirlarni amalga oshiradi va hisobini yuritadi

-Foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga ta’sirchan soliq mexanizmini qo’llaydi

-Hukumat qarorlari va boshqa topshiriqlari asosida yuklatiladigan vazifalarni ijrosini ta’minlaydi


Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling