Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


Download 30.82 Kb.
bet1/10
Sana21.04.2023
Hajmi30.82 Kb.
#1367810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hujjat (1)










O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga taalluqli huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Download 30.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling