Reja: Kirish. Ijtimoiy soliq to’lovchilar, obyekti, soliq bazasi, soliq stavkalari va hisobot davri. Soliqni hisoblab chiqarish,soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi


Download 20.66 Kb.
bet1/5
Sana17.10.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1705502
  1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq


REJA:
Kirish.

  1. Ijtimoiy soliq to’lovchilar, obyekti, soliq bazasi, soliq stavkalari va hisobot davri.

  2. Soliqni hisoblab chiqarish,soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi.

  3. Ayrim turdagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning o’ziga hos xususiyatlari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

Kirish.
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi.
O'zbekiston budjetining darom adlari bozor iqtisodiyotiga ega barcha mamlakatlar singari hozirgi vaqtda asosan soliqlar orqali ta ’minlanadi.Shuni ta’kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va soliq qonunchiligining shakllanganligi soliq idoralari faoliyatini tashkil etilgani, soliq to'lovchilari bilan ish olib borishning samaradorligi O'zbekistonda g'oyat m uhim soliqlam ing byudjetga to'la hajmda va belgilangan muddatlarda to'lashni ta’minlashning uddasidan chiqishga imkon bermoqda.Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish davlatning soliq siyosati bilan cham barchas bog'liqdir.
Hozirgi kunda soliqlarni chuqur o‘rganish va ularni shakllantirish maqsadida bir qator olim larimiz tomonidan darsliklar, qo'llanm alar va ilmiy m aqolalar yozilishi soliq va soliqqa tortishni takomillashtirish uchun muhim ilmiy negiz bo'lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.Respublikamizdaiqtisodiyotnierkinlashtirish va modernizatsiyalashning hozirgi sharoitida turli sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmoqda.Amalga oshirilayotgan islohatlar samarasi ko’p jihatdan kadrlarning bilim va ko’nikmalariga bog’liqligi bois ta’lim tizimini isloh qilishda kadrlar tayyorlashning sifatiga alohida e’tibor qaratilib,bu borada qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdaki,buning samarasi o’laroq ta’lim tizimining joriy davr talablari darajasida ko’plab o’quv adabiyotlari yaratilmoqda.
Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funktsiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan qo‘yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi tobora murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko‘rsatadiki, davlat ma‘muriy boshqaruv bilan shug ̳ullangan hollarda, uning ehtiyojlari ma‘lum darajada saqlanib qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‘lsa, uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko‘payadi. Bunday holatda, soliqlarning shakllari pang baranglashib boradi.
2004 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25-dekabrdagi 567-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2004 yilgi davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar to‘lash o‘rniga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash joriy etilgan edi. Ushbu yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliq joriy etildi.
Ijtimoiy soliq haqida Soliq kodeksining XIV bo’im 58-bob. “Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash” bo’limida to’liq belgilab qo’yilgan.


Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling