Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish fanidan topshiriqlar Javoblari


Download 16.25 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi16.25 Kb.
#101837
Bog'liq
fuqorolik
tar1, tarm 2, Cуг назарияси мустакил иш, Cуг назарияси мустакил иш, 2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma, 2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma, 2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma, 2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma, 2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma, 2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma, test(shablon), test(shablon), test(shablon), test(shablon)

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish

fanidan topshiriqlar Javoblari

Nodavlat notijorat tashkilotlarining necha foizi sog’liqni saqlash va ta’lim sohalarida faoliyat olib bormoqda?



  • Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749

  • tani tashkil etadi. Ulardan 17120 ta (yoki jamiga nisbatan 72,1%) notijrat tashkilotlari ta'lim sohasida, 2606 tasi (11,0%) notijorat tashkilotlari davlat boshqaruvi va mudofaa sohasida, 1286 ta (5,4%) notijorat tashkilotlari sog’likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida, 1136 ta (4,8%) notijorat tashkilotlari professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida, 565 ta (2,4%) notijorat tashkilotlari san'at, ko'ngil ochish va dam olish sohasida faoliyat ko'rsatadi.



  • 2008 yil 2-avgustda qanday harakt tashkil etildi?



  • Oʻzbekiston Ekologik harakati 2008 yil 2 avgustda tashkil topgan.



  • 2018 yilgi holatga ko’ra Ozbekistonda NNT soni qanchaga yetgan

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentinng PF 3434-sonli farmoni nima to’g’risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmoni qachon qabul qilindi?

2018 yil 4 may (04.05.2018 17:04:18)Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


  • “Hunarmand” uyushmasi haqida ma’lumot bering

  • Respublika Prezidentining 1997 yil 31 martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va boshqa tadbirlar Oʻzbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Hunarmandlar dastlab Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot — "Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik subʼyektlari Oʻzbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili oʻtkaziladigan "Tashabbus" respublika koʻrik-tanlo-vida ishtirok etadilar. 1996—2005 yillar mobaynida 10 nafar hunarmand xalq hunarmandchiligida erishgan yutuqlari uchun "Tashabbus" tanlovining gʻolibi deb topildi.

Oʻzbekiston Respublikasi ”Hunarmand” uyushmasi “World Craft Council (Jahon hunarmandlar Kengashi)ning aʼzosi boʻldi. Bu haqda Uyushma Axborot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Ushbu tashkilot 1964 yilda Belgiyada nodavlat-notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan va boy madaniy merosni asrab-avaylash va rivojlantirish uchun seminarlar, konferensiyalar va koʻrgazmalar oʻtkazish orqali butun dunyoda hunarmandchilik tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

”Hunarmand” uyushmasi bilan WCC tashkiloti oʻrtasida olib borilgan muzokaralar natijasida (WCC-APR) prezidenti Gada Kaddumi mamlakatimiz rahbariyati tomonidan oʻzbek milliy hunarmandchiligini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan eʼtiborni yuqori baholadi hamda oʻzbek hunarmandchilik maktablari, anʼanalari, qadriyatlari va avloddan avlodga oʻtib kelayotgan usta-shogird maktablariga katta qiziqish uygʻotganligini bildirdi.




  • O‘zbekiston Ixtirochi ayyollar uyushmasi

  • Joriy yilning 15 sentabr kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvi yig‘ilishi bo‘lib bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish qaroriga muvofiq, mamlakatda xotin-qizlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining oldida turgan muhim maqsad va vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida Qo‘mita va uning xududiy bo‘limlari qoshida O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi tashkil etildi. Bu haqda KUN.UZ’ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Uyushma tomonidan respublika olima ayollari, doktorant, mustaqil izlanuvchi, iqtidorli talaba, ixtirochi, ratsionalizator, muhandis, konstruktor va mutaxassis xotin-qizlarning imkoniyat, qobiliyat, bilim darajasi, talab va ehtiyojlarini o‘rganish asosida ularning manfaatlarini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, «O‘zbekiston ayollarining 100 ta innovatsion loyihasi» I-Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Joriy yilning sentabr oyida mazkur tanlovni tashkil etish bo‘yicha Qo‘mita va Uyushma hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.



  • Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi 1999-yil 14 aprelda qabul qiliengan qonun necha moddadan iborat?

  • 37-moddadan iborat

  • 37- modda Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.



  • Jamoat birlashmalari to’g’risidagi qonun qachon qabul qilindi?



  • Ўзбекистон Республикасининг 15.02.1991 й. 223-XII-сон "Ўзбекистон Республикасида жамоат бирлашмалари тўғрисида"ги Қонуни.

Download 16.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling