G’arib ostonamni o’pib keldingiz Juft lochinim ko’nglin olib keldingiz


Download 15.09 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.09 Kb.
#1488715
Bog'liq
KELINLARGA


KELINLARGA
G’arib ostonamni o’pib keldingiz
Juft lochinim ko’nglin olib keldingiz
Zar popuk paranji yopib keldingiz
Qo’sha bog’dan uchib kelgan kelinlarim
Oy yuzlarim xush so’zlarim to’linlarim


Sizlar kelib yumushlarim tinib qoldi
Qozon o’choq so’zingizga ko’nib qoldi
Boshimizga xumo qushi qo’nib qoldi
Oyijon deb xushbo’y tutgan lolalarim
Sir boy bermay maxkam tutgan qalalarim


Shirin nabiralar xadya etdingiz
Oilamiz shanin baland tutdingiz
Omadni gox juda uzoq kutdingiz
Begonalar bilmay qolgan nolalarim
Sir boy bermay maxkam turgan qalalarim


Qizlarimni birgalashib uzatdingiz
Qudalarni izzat qilib kuzatdingiz
Kam ko’st bo’lsa sezdirmayin tuzatdingiz
To’ylarda or olib bergan barchinlarim
Ko’ngilda xech g’ubori yo’q rost chinlarim


Oy yuzlarim xush so’zlarim to’linlarim
Qo’sha bog’dan uchib kelgan kelinlarim


NASIXAT
Izzat aylab noningizni tuzingizni
So’rasalar ko’z nuringiz qizingizni
Tilasalar chin qardoshlik so’zingizni
Otajonlar qarindoshga qiz bermanglar


Onajon deng elkasiga boshni qo’ying
Egachim deng dasturxonga oshni qo’ying
Qiz so’rasa tilingizni toshga qo’ying
Ulug’larim qarindoshga qiz bermanglar
Uluslarim qarindoshga qiz bermanglar


Tabiatning qonunlari buzulmasin
Mayib majrux nabiralar tug’ulmasin
Baxt uyidan qadamingiz uzilmasin
Og’ajonlar qarindoshga qiz bermanglar
Tog’ajonlar qarindoshga qiz bermanglar


So’ng kech bo’lar yuraklarni tig’lasangiz
Ko’ngillarni armon bilan cholg’asangiz
Bag’ringizni erga bosib yig’lasangiz
Kulsangiz xam qarindoshga qiz bermanglor
Bilsangizlar qarindoshga qiz bermanglar
Kelin izlab o’z-o’ziga chopilmaydi
Mol topilar ko’ngil pulga topilmaydi
Ox bu xato yillar o’tsa yopilmaydi
O’zingizcha ozbilarmon XUDO bo’lmang
Esni yig’ing qarindoshga qiz bermanglar
KELINLARGA
Yangi uyda kelinchakning yurishi qiyin
Yangi uyning tartib qoidasin bilishi qiyin
O’rgangunch qancha sinar idish tovoq
Qaltiramay kelinchakning ish qilishi qiyin


Idish tovoq sinsa mayli topiladi
Ko’ngil sinsa mexr qasri yopiladi
Yaxshi so’zlang qaynonalar yayrab kelin
Ko’ngli o’ssa kundan kunga ochiladi
Anvarofshon nurlari cho’lg’ar bugun to’yxonani
Kimdir chetda yozib turar to’yonani
Bir parivash aziz boshin egib –egib
Aziz qilib Kirib kelar ostonani
Jonim kuyov seving kelin parvonani
Dardingizda dardi qoldi begonani
Ikki dunyo xor bo’lmaysiz men kafilman
Asrasangiz qaynonayu qaynotani
Uyga mexmon kelsa kulib chiq darrov
Shodu xurramlikka to’lib chiq darrov
Boshingda charx urib tursa xam g’amlar
Mexmonga boshqacha bo’lib chiq darrov
Download 15.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling