«yangi yil sarguzashti» (Musiqa yangrab sahnaga budilnik soat qo’shiq aytib chiqib keladi)


Download 20.23 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi20.23 Kb.
#1106350
Bog'liq
17. YANGI YIL SARGUZASHTI



Oddiy insenirovka tayyorlash


Topshiriq : asarlar asosida insenirovka tayyorlash


«YANGI YIL SARGUZASHTI»
(Musiqa yangrab sahnaga budilnik soat qo’shiq aytib chiqib keladi)
Soatvoy -
Men soatvoy, soatvoy, chiq-chiq-chiq, Ko’rsataman vaqtni men, chiq-chiq-chiq, Hamma uchun kerakman chiq-chiq-chiq, Uxlamayman syergakman, chiq-chiq-chiq. Salom bolajonlar, qoyilman, roppa-rosa aniq vaqtida kelib-
sizlar. Xush kelibsizlar, yangi yilingiz muborak bo’lsin. Iya,
ertakchi buvi ko’rinmaydilar-ku?
(U soat qo’ng’irog’ini chalib ertakchi buvini chaqiradi).
Ertakchi buvi- (ovozi eshitiladi) Nima gap tinchlikmi? Butun o’rmonni boshingga ko’tardinga.
Soatvoy- E buvijon yangi yil kirib kelishiga juda ham oz vaqt qoldi. Qolaversa, barcha bolalar yig’ilib bo’lishdi. Axir yangi yil ertagini aytib bermaysizmi?
(Shu payt sekin bekinib, yalmog’iz kampir kirib kelib, ularning gaplariga quloq soladi).
Yalmog’iz- Nima, yangi yil ertagi deyaptimi?
Ertakchi buvi— Voy Soatvoy, senga katta rahmat. Vaqtida uyg’otding. Agar sen bo’lmasang yangi yilni kutolmagan bo’-lardik.
Yalmog’iz- Bayram qilar emish. Bayram qilib bo’psizlar. Hozir men sizlarga...
Soatvoy— Mayli buvi men o’rmondagi boshqa hayvonlarni ham ogohlantiray. Yangi yil ertagi boshlanganligini, Qorbobo va Qorqizni kutib olish kerakligini aytib darhol qaytaman.
(Soatvoy chiqib ketadi)
Sho’x musiqa yangraydi, zalning o’ng burchagida maxsus qo’yilgan projektor yoritilib, shirma orqasidan ertakchi buvining boshi ko’rinadi.
Ertakchi buvi- Voy b-o’-o’-y, jamoat jam-ku. Salom bola-jonlar. Yaxshi keldilaringmi? Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo’lsin! Meni tanidilaringmi? Axir men ertakchi buvinglar boiaman. Mana bugun sizlarga ajoyib yangi yil ertagini aytib beraman. Bor ekanda, yo’q ekan...
(Ertakchi buvi yonida xuddi shunaqa ro’mol o’ragan Yalmog’iz kampir paydo bo’Iadi)
Yalmog’iz— Och ekanda, to’q ekan.
Ertakchi buvi— Iya, sen kimsan?
Yalmog’iz- Men ertakchi buviman. Sening davring o’tdi, qarib qolding. Mana endi men bolalarga ertak aytaman.
Ertakchi buvi- E, tanidim, sen yalmog’iz kampirsan. Hali bizning bayramni buzmoqchimisan?
Yalmog’iz- Ha tanigan bo’lsang juda yaxshi. Men bayram-laringni buzaman. (Qo’lini tepaga ko’tarib) snab, snub, snure, ertakchi kampir yo’q boiur-ey.
(Ertakchi buvi yo’q bo’lib qoladi, yalmog’iz engashib qo’liga kichkina qutichani olib unga qarab gapiradi) - Xo’sh kampir
qalay, uying torlik qilmayaptimi?! (Qutidan kampirning «yordam beringlar» degan ovozi keladi) Yalmog’izning fonogrammada kulgisi beriladi va uning qo’shig’i boshlanadi.
Sehr-u joduga boyman, Xiylakor-u makkorman, Supurgimla uchaman, Men dunyoni kezaman. Tushib qolsangiz yolg’iz, Yutaman qoldirmay iz. Yalmog’izman, yalmog’iz, Yalmog 'izman, yalmog 'iz.
— Juda yaxshi, endi soatvoyni ham gumdon qilsam, Qorbo-boyam, Qorqiz ham bayramni o’tkaza olmaydi. Hoy bolalar, endi meni aytganim-aytgan, deganim-degan bo’ladi. lya kimdir kelayaptimi.
(Yalmog’iz sekin berkinadi) Sahnaga qaroqchilar qo’shiq aytib kirib kelishadi.
Ishimiz bezorilik, Dangasa bekorchilik, Tushib qolsang qo’limga Ko’rsataman o’zingga. Bolalarni sevmayman, Aslo rahm qilmayman, Qaroqchiman, qaroqchi, O 'rmondagi poyloqchi.
Birinchi qaroqchi- Ey qornim rosa ochdida, hozir kiyikmi, tovuqmi, qo’zichoqmi bo’lsa butunlayin yutar edim.
Ikkinchi qaroqchi- Oh-oh gapirma, so’lak bezlarim oqib ketayapti. Menga qara balki hozir yo’ldan birortasi o’tib qolar.
Birinchi qaroqchi - Jim, kimdir kelayapti!
(Yalmog’iz daraxt orqasidan ikkalasining o’rtasiga tanga tashlaydi, ular tanga talashib urishadi, bir-birini rosa do’pposlashadi.)
Yalmog’iz- Voy-voy bu nima shovqin. Bitta tangaga shuncha gapmi.
Birinchi qaroqchi - Yalmog’iz bu sening ishingmidi? Ikkinchi qaroqchi - Qani boringni chiqar-chi? Yalmog’iz - Nima deganlaring bu, menda hech vaqo yo’q.
Birinchi qaroqchi — Hech vaqo yo’q dedingmi, hozir bir changingni qoqib qo’ysak bilasan, qani ushla uni.
(Ikkalasi yalmog’izni ushlab, uni savalaydi)
Yalmog’iz - Voy-voy bo’ldi, ahmoqlar axir oxirgi tangamni ham olib qo’dilaring-ku. Lekin soatvoyni o’g’irlasak uning evaziga Qorbobodan sovg’alar, shirin quyonchalar, barra qo’zichoqlar, tovuqlar qo’lga kiritamiz. Qarabsanki bolalar yangi yil bayramini nishonlasha olmaydi.
Birinchi qaroqchi - Bo’pti yalmog’iz tezroq gapir nima qilish kerak. Qorin ochib ketdi.
Ikkinchi qaroqchi — Qani ko’rsat kimni oidirish kerak.
Yalmog’iz - E, hech kimni o’ldirish kerak emas, Soatvoyni o’g’irlab yangi yil bayramini buzishimiz kerak. Ana o’zlari ham kelishayapti, qani yashirininglar.
(Sahnaga Soatvoy kirib keladi)
Soatvoy- Bolalar Qorqizni ko’rmadilaringmi? (yo’q) Qayerda ekan-a? Ha, kelinglar hammamiz bir bo’lib Qorqizni chaqiramiz. Qani, Qorqiz, Qorqiz. (Musiqa yangrab sahnaga Qorqiz kirib keladi)
Qorqiz— Salom bolajonlar, salom asaltoylar. Kirib kelayotgan yangi yil bayramingiz muborak bo’lsin.
Soatvoy - Qorqiz, yangi yil kirib kelishigayam oz muddat qoldi. Lekin Qorbobo ko’rinmaydilar?
Qorqiz— Soatvoy, tashvishlanma Qorbobo bayramga o’z sovg’alari bilan albatta etib keladilar. Kelinglar yaxshisi Qorbobo kelguncha sho’x qo’shiqlar aytib, raqsga tushamiz. Archa haqidagi qo’shiqni hamma biladimi, boimasa hammamiz archa atrofida aylanib qo’shiq aytamiz.
Archa, archa, jon archa Yaproqlaring ninacha, Atroflngda aylanib, Qo’shiq aytadi barcha.
(Sahnaga ikki qaroqchi va yalmog’iz kirib keladi. Qaroqchilar Soatvoyni quvlab qo’Iga tushirishadi).
Yalmog’iz - Ha, Qorqiz qalaysan, Soatvoysiz endi yangi yilni kutib bo’psizlar. Endi o’rmondagi eng asosiy shaxs mana men boiaman. Shu daqiqadan boshlab meni aytganim aytgan,
deganim degan bo’ladi. Endi Qorbobo menga yalinib keladi. Hech qanaqangi yangi yil bo’lmaydi.
Qorqiz — Hoy Yalmog’iz bu nima qilganing axir, yangi yil bayramini buzishga qanday haqqing bor? Mana bu shirindan shakar, asaltoy bolalarga rahming kelmaydimi?
Yalmog’iz - He, tiling chiqib qolibdimi, mayli senga shafqat qilib toshbaqaga emas, biror narsaga aylantirib qo’yaman. Nima qilsam ekan, ha yaxshisi haykalday qotirib qo’yaman. Snop, snup, snure, xa-xa-xa.
(Qorqiz xaykaldek qotib qoladi)
Soatvoy — Iya, bolalar endi nima qildik. Kelinglar yaxshisi bularning jazosini berish uchun birgalikda Kenja botirni chaqi-ramiz. Qani bolalar chaqirdik. Kenja botir, Kenja botir.
(Sahnaga Kenja botir kirib keladi va qaroqchilar bilan urishadi. Ular
jang usullarini qoilab kurashadilar va Kenja botir g’olib chiqadi. Bu
xolatni ko’rgan Yalmog’iz Soatvoyni olib qochayotganda uni Kenja
botir qutqaradi, lekin Yalmog’iz qochib qoladi).
Soatvoy -Rahmat senga Kenja botir, endi bu ikkisini nima qilamiz?
Kenja botir - Bu yog’ini menga qo’yib ber.
Birinchi qaroqchi - Yo’q-yo’q bizni kechiringlar.
Ikkinchi qaroqchi — Bizga rahmingiz kelsin. Aslida bizni yal-mog’iz majbur qildi.
Birinchi qaroqchi — Ha,ha yalmog’iz. Agar bizni qo’yib yuborsangiz sizga yalmog’izni aldab-suldab tutib beramiz.
Soatvoy - Yo’q aldayapsiz
Birinchi qaroqchi — Yo’q, chin qaroqchilik so’zim.
Ikkinchi qaroqchi — Biz va'da beramiz.
Kenja botir — Soatvoy, aziz bolalar unday bo’lsa ikkala qaroqchiga javob beramiz, ular bizga yalmog’izni tutishga yordam beradilar.
Qaroqchilar - Xo’p bo’ladi.
Birinchi qaroqchi - Rahmat, rahmat sizlarga (chiqib keti-shadi)
Soatvoy - Kenja botir yovuz yalmog’iz, Qorqizni xaykaldek qotirib qo’ydi. Unga yordam berish kerak.
Kenja botir — Xo’p bo’ladi, qani bolalar unga yordam bera-miz (ular Qorqizni u yonidan, bu yonidan tortib ko’rishadi, lekin qimirlata olishmaydi).
Kenja botir - Yo’q bunga bizning kuchimiz yetmaydi, kelinglar biz Qorboboni chaqiramiz.
Hamma- Qorbobo, Qorbobo.
(Musiqa sadolari ostida sahnaga Qorbobo chiqib keladi)
Qorbobo- Salom bolajonlarim, bog’dagi gul lolalarim, siz mening jonu-dilim, shirin qizaloqlarim.
Soatvoy - Bobo, bobojon yordam bering.
Qorbobo - Ha, Soatvoy nima bo’ldi, tashvishli ko’rinasan.
Soatvoy — Yovuz yalmog’iz Qorqizni sehrlab qo’ydi.
Qorbobo - Eh attang, chakki ish bo’libdi-ku. Hechqisi yo’q uni manabu hassam bilan qutqarib olaman. Faqat bolalar menga sehrli so’zlarda yordam berishadi
Sehringni qilgin ayon, Kuf-suf, kuf-suf
(Qorqiz o’z holiga qaytadi va yugurib Qorboboning oldiga keladi)
Qorqiz — Bobojon rahmat sizga ana endi yangi yil archasini yoqaylik, so’ngra manabu bolalar bilan o’yin-kulgu qilamiz.
Qorbobo — Hassam, hassam, hassam, Sehringni qilgin ayon, Yangi yil archasiga, Bag’ishlaylik shirin jon. Kuf-suf kuf-suf
Soatvoy - Ura archamiz turli chiroqlarda yonmoqda.
Kenja botir — To’g’ri aytasan Soatvoy, bobojon ruxsat liersangiz bolalar bilan qiziqarli o’yinlar o’ynaylik.
Qorbobo — Xo’p boiadi Kenja botir, men roziman.
Qorqiz - Unday bo’lsa bobojon bolalar bilan archa atrofida parovoz o’yinini o’ynaymiz.
(Bolalarni parovoz shaklida joylashtiradi.)
Qorbobo - Qani ketdik. (Parovoz ovozi)
Qorqiz - Mana bolajonlar sizlar bilan biz Lotin Amerikasiga yetib keldik.
Soatvoy - Xo’sh Lotin Amerikasida qaysi musiqaga bolalar raqs tushadi?
Kenja botir - Albatta lambadaga. (Lambadaga o’ynashadi)
(Shu tariqa bolalar Rossiya (kalinka) , Gruziya (Ligzinka) va
o’zbekistonga (Andijon polkasi) qaytib keladi va har bir mamlakatda
o’yin-kulgu qilishadi.)
Qorbobo - Ana bolalarim, sayohatimiz yoqdimi?
Qorqiz— Bobojon endi bolalar bilan qiziqarli o’yinlar o’yna-sak maylimi.
Qorbobo — Xo’p boshladik
1. Stullar atrofida o’yin.
2. Shar puflash.
3. Arqon ostidan o’tish.
4. Gazeta o’yini.
Qorbobo - Qizim, qara bolalar juda chaqqon, epchil ekan.
Qorqiz — To’g’ri aytasiz, ular juda a'lochi ham.
Qorbobo - Menga qara Soatvoy Yangi yil yaqinlashib kela-yapti, lekin Ertakchi buvidan xabar yo’q.
Soatvoy — Voy esim qursin, axir ertakchi buvini yalmog’iz sehrlab mana bu qutiga joylab qo’ygan edi-ku. Uni qutqarish kerak.
Qorbobo — Hozir uni qutqarib olamiz.
(Sahnaga yalmog’iz va ikki qaroqchi chiqib keladi)
Yalmog’iz - Ha-ha-ha uni qutqarib bo’psizlar, qutining kaliti menig qo’limda ha-ha-ha.
Qorbobo — Menga qara yalmog’iz, menga sening qo’hngdagi kalit shart emas, sehrli xassam bilan qutini ochib ertakchini qutqaraman, uning o’rniga seni solib qo’yaman.
Yalmog’iz — Ha, qari chol, kalitsiz ochib bo’psan, ochol-maysan.
Soatvoy - o’chir ovozingni qari kampir. Qorbobo — Hassam, hassam, hassam Sehringni ko 'rsat shu dam, Quti sehrin yo’qotgin, Ertakchiga ber malham. Kuf-suf, kuf-suf
Ertakchi kampir chiqib keladi, buni ko’rgan yalmog’iz qochib qolmoqchi bo’Iadi.
Kenja botir - To’xta makkor kampir, nima bobomning sehriga ishonmagan eding? Hozir o’zing mana bu qutiga kirasan.
Yalmog’iz — Yo’q-yo’q.
Qorqiz — Sen yaxshilikni bilmas ekansan.
Soatvoy - To’ppa-to’g’ri, seni o’zim gumdon qilaman.
Yalmog’iz - To’xtanglar, to’xtanglar axir hozir yangi yil kirib keladi. Men ham yangi yilni sizlar bilan kutib olsam degan edim. Meni kechiring bobojon, kechiring iltimos.
Qorbobo - Eh yalmog’iz sen mendan emas, mana bu bola-lardan kechirim so’ra.
Yalmog’iz - Bolalar meni kechiringlar.
Bolalar- Kechirdik.
Yalmog’iz - Rahmat, endi men ham yaxshi bo’laman.
(Shu payt soat jiringlab 12 ni ko’rsatadi)
Qorbobo — Iya, axir yangi yil kirib kelipti-ku.
Qorqiz— Ha bobojon yangi yil kirib keldi.
Soatvoy — Eh, yangi yil qanday mazza.
Qorbobo — Aziz bolajonlar, barchangizni yangi yil bayrami bilan tabriklayman.
Ertakchi buvi- Hozir ko’rganlaringizning barchasi yangi yil ertagi edi. Bayramingiz qutlug’ bo’lsin.
Qorbobo - Aziz bolalar, endi bizga ruxsat berasizlar, biz hali ko’p o’lkalarda sizdek bolalar bilan yangi yil bayramini o’tka-zishimiz kerak. Xayr salomat bo’ling aziz bolajonlar.
(Archa atrofida qo’shiq aytish bilan yakunlanadi.)
Download 20.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling