Gastronomik turizmni istiqbollari


Download 11.74 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi11.74 Kb.
#1253133
Bog'liq
Y. Tezis Gatronomiya


GASTRONOMIK TURIZMNI ISTIQBOLLARI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Qoʻchqorov Yorqinbek TU-89 guruh


Annotatsiya: O’zbekistonda ham gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbollari. Gastronomik turizmni sayyohlarga tatbiq qilish yo'llarini o'rganish. Shuningdek, bundan manfaatdor bo'lgan maqsadli auditoriyani shakllantirish. Asosiy turlarni, maqsadli auditoriyani aniqlagan holda gastroturizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini taklif qiladi.
Kalit so’zlar: gastronomik turizm, gastro turizmni rivojlanish, sayohat, rivojlanish istiqbollari, gastronomik sayohat.
Kirish. Gastronomik turizm, mavjud turlar doirasida eng qizim, yoqimli va mazzalisi hisoblanadi. “Mazali” muhitda ananalar, tarix va innovatsion rivojlanish bilan tanishish imkonini beradi.
Turizmning bu turi sayyohlarni jalb qilish usuli sifatida oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni targ'ib qilish hamda reklama qilish uchun ishlatiladi.
Agar ilgari turistlar uchun sayohatning asosi va motivi diqqatga sazovor joylar va oziq-ovqat bo'lgan bo'lsa, endi diqqatga sazovor joylar taomlar orqali idrok qilinadi. Bu turizmning nisbatan yangi va rivojlanayotgan turi hisoblanadi. Shunday qilib, endilikda sayohatlarni taqdim etish usullari o’zgarayotganligini ko’rishimiz mumkin.


Asosiy qism. Gastronomik turizmni loyihalashtirish mobaynida, avvaliga turni sotib olishni xohlaydigan mijozlar turlarini ko'rib chiqish lozim. Birinchidan, ular milliy taomlari orqali mamlakat madaniyatiga baho beradigan sayyohlardir. Ikkinchidan, aynan gastro tur ishtirokchilari nafis ta'mga va yuqori talablarga ega bo'lgan turistlardir. Uchinchidan, bu sayohati turidan ta'lim maqsadlarida foydalanadigan sayyohlar, ya'ni o'qitish va kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lish maqsadidagi (talabalar, oshpazlar, sommelierlar, restoran tanqidchilari) sayyohlar ham bo’lishi mumkin. To'rtinchidan, iste'molchilar ushbu turistik yo'nalishni o'rganayotgan sayyohlik agentliklarining vakillari bo'lishi mumkin.
Ekskursiyani tashkil etishda shaharlaning milliy urf-odatlari va an’analari asos qilib olinadi. Bundan tashqari, “Gurman” sayyohlar yurtimizdagi gastronomik turlarga, viloyatlardagi mashhur uzum navlari yetishtiriladigan vino zavodlariga qiziqish bildirmoqda. Eng esda qoladigani ham aynan milliy dizayndagi tamaddixonalardir. O’zbekiston uzoq tarixga ega ko'p millatli va rivojlanayotgan mamlakat sifatida butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun juda qiziq.
Gastronomik turizm bir qator ijobiy xususiyatlarga ega, masalan, turlar butun yil davomida amalga oshirilishi mumkin, ya'ni mavsumiylik kabi omillar ta'sir qilmaydi. Gastro-turizm hududlarga investitsiyalarni jalb qiladi, sayyohlar oqimini oshiradi, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantiradi, bu orqali yangi ish o'rinlari yaratiladi, madaniyat va atrof-muhitni saqlashga hissa qo'shadi.
Gastronomik turizmni rivojlantirish muammolariga quyidagilar kiradi: mamlakatning ulkan hududi, mamlakatimizning katta maydoni sayyohlarning u orqali erkin harakatlanishiga to'sqinlik qiladi, chunki ba'zida kerakli yo'nalishlarga transport yo'q yoki tarifning yuqori narxi, infratuzilmaning etishmasligi (yo'llar ,mehmonxonalar, umuman hududning holati). Marketing kompaniyalarining yetishmasligi va gastroturizmni reklama qilish ham uning rivojlanish muammolari bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, gastronomik turizm an'anaviy oshxonalarni saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. Bu haqiqat gastronomik turizmning rivojlanishini ekskursiya va biznesga parallel ravishda ko'rib chiqishga imkon beradi, bundan tashqari, turizmning ko'plab turlaridan farqli o'laroq, gastronomik turizm mavsumiylikka emas. Gastronomik turizmning rivojlanishi jahon va O’zbekiston turizm oqimiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Gastronomik turizm salohiyatini mustahkamlash hamda kengaytirish sayyohlik kompaniyalarining faol ishtirok etishiga imkon beradi.


Xulosa qilib aytganda, gastro-turizm shaharga sayyohlarning qiziqishini oshirishi mumkin bo'lgan ajoyib turistik innovatsion yangilikdir. Ushbu tur orqali turli cheklovlardan tashqari o’zimiz istagan turistik hududga kirish imkoniyatini beradi. Gastro-turni rivojlantirish mamlakatda iqtisodiy farovonlikka erishishning yo’llaridan biridir. Taomlar orqali yurtni, millatni dunyoga tanitishning asosiy vositasidir. Rivojlanayotgan mamlakatga aynan gastro-tur bo’yicha sayyohlarni jalb qilishda yetarlicha sharoit yaratib berilsa bo’lgani.


Foydalanilgan adabiyotlar


1. Gastronomik turizm turizmni rivojlantirishning istiqbolli vositasi sifatida Rossiya / Maslennikova N. V. to'plamda: turizm va xizmat ko'rsatish sohasi: davlat, muammolar, samaradorlik, innovatsiyalar. VII materiallar asosida maqolalar to'plami. Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya. Minin universiteti. 2020.
2. UNWTO Tourisme de Gastronomie et Enotourisme. Available at: https: www.unwto.org/fr/tourisme-de-gastronomie-et-enotourisme (accessed 6.03.2021).
3. World Food Travel Association URL: http://www.worldfoodtravel.org.
Download 11.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling