Gavdadan o’lchov olish reja
Download 80.84 Kb.
|
GAVDADAN O’LCHOV OLISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy belgilar
GAVDADAN O’LCHOV OLISH REJA: 1.O’lchov olish turlari 2.O’lchov olish nuqtalari 3. Vertikal konstruktiv chiziqlar 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar Tikuvchilik mutaxasisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Odam gavdasi odatda tana,bo`yin,bosh,qo`llar va oyoqlar kabi bo`limlarga bo`lib o`rganiladi.Odam skleti bosh, tana,qo`l va oyoq suyak qismlaridan tashkil topgan.Skeletning tayanchi bo`lib umurtqa po`gonasi hisoblanadi.Ular besh qismdan iborat: 1.Bo`yin umurtqasi 0-1 2.Ko`krak umurtqasi 1-2 3.Bel umurtqasi 2-3 4.Dumg`aza suyagi 3-4 5.Dum suyagi 4-5 Bo`yin umurtqasining 7-suyagi turtib chiqib turadi.Bu suyak odam gavdasidan o`lchovlar olishda xizmat qiladi. Umurtqa pog`onasining egrilik darajasiodamning qaddi qomatini belgilaydi. Egrilik shakli odamning butunumri davomida o`zgarib turadi.Umurtqa pog`onasiningegriligiga qarab gavdani quydagi turlarga ajratish mumkin. –ozgina egilgan (a) -o`rta egilgan(b -kuchli bir tekisda ifodalangan egrilik (v) -kuchli notekisda ifodalangan egrilik (g) Odam gavdasini belgilab beruvchi asosiy morfolagok belgilar:umumiy belgilarni,mutanosiblikni,tana tuzilishini o`z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda tananing uzunligi,ko`krak aylanasi hamda vazn kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Mutanosiblik deganda tananing turli qismlari o`lchamining bo`yga nisbati tushuniladi.Uchta asosiy tipga bo`linadi:dolixomorf,braximorf,mezomorf. Tana tuzilishi muayyan belgilar majmuiga bog`liq bo`lib kishining qaddi domatini ifodalaydi. Odamning gavda tuzilishi 3turga bo`lib ko`rsatiladi. 1.ko`krakdor tur.2.muskullari rivojlangan tur.3.qorindor tur. a-boshning eng yuqori baland nuqtasi; b-bo`yindagi 7-bo`yin umurtqasining holati; g-o`mrov nuqtasi (old qismi bo`yin chuqurchasi nuqtasi); d-yelka nuqtasi; e-qo`ltiq chuqurligining ort burchgi nuqtasi; j- qo`ltiq chuqurligining old burchgi nuqtasi; z-ko`krakning yuqori nuqtasi; i-kurak nuqtasi; k-bel nuqtasi; m-qorinning turtib chiqqan nuqtasi; l-dumbaning turtib chiqqan nuqtasi; n-tizza nuqtasi; o-to`piq nuqtasi; p-tirsak nuqtasi; r-bilak nuqtasi; Download 80.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling