Burilishlar tasnifi Texnika asoslari va tuzilishi


Download 127.5 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1304339
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tik tayanch oyoqda burilishlar murakkabligini órganish


Tik tayanch oyoqda burilishlar murakkabligini órganish

Reja:




  1. Burilishlar tasnifi

  2. Texnika asoslari va tuzilishi

  3. Badiiy gimnastikaga xos burilishlar texnikasi

Burilishlar deganda, badiiy gimnastikada, asosan gimnastika-chining bir yoki ikki oyoqda turib tananing vertikal o'qi bo'ylab aylanma harakati tushuniladi.
Vertikal o'q bo'ylab burilish murakkabligi va qiyinchiligi turlichadir. Bunday turdagi harakatlar orasida oddiy mashqlar singari (masalan, safdagi burilishJarga yaqin), juda qiyin mashqlar ham uchraydi.
Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda burilishlarni bajarish-dagi eng asosiy vazifa - bu harakatda turg'unlikni saqlab qolish. Bunda mazkur harakatlar o'zining biomexanik tavsifiga ko'ra, muvozanatga o'xshashdir. Lekin oxirgilaridan farqli o'laroq buri­lishlar mustaqil mashqlar deb qaraluvchi bir qancha xusu-siyatlarga ega.
Burilishlar tasnifi


38-rasmda burilishlarning murakkablik darajasi va bajarish mexanizmiga ko'ra tuzilgan tavsiflash sxemasi keltirilgan.




tayanchda




va Oddiy burilishlar birorta maxsus harakat texnikasini egallashni talab qilmaydi. Ular uchun oddiy malakalar o'ziga xosdir. Bunga oddiy oyoqlarni juftlashtirib, oyoqlarni chalish-tirilgan holatidan xatlab burilish.
Siltab burilishlar tuzilishiga ko'ra o'ziga hosdir. Ular oyoqlarni «tekis» siltab bajariladi (oldinga, orqaga yoki yonga) va qoidaga ko'ra, 180° dan ortiq bo'lmagan burilish bilan chega-ralanadi. Quyida bu mashqlar texnikasi to'g'risida batafsil yori-tilgan.
Aylanma siltash bilan burilishlarni bajarish o'ziga hosdir. Bunday burilishlar bir oyoqda yoki ikkala oyoqda tayanib bajariladi. Birinchi bo'lib siltashda faqatgina qo'ldan emas, balki tayanmagan oyoqdan foydalanish o'ziga hosdir. Bu burilishlar bukilgan oyoqlar bilan - kichik va muvozanatga o'xshash holatda bajariladigan - katta burilishlarga bo'linadi. Ikki oyoqda bajariladigan burilishlar ancha murakkab bo'lishi mumkin, ayniqsa sakragandagi burilishda.



Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling