Gaz taqsimlash mexanizmi
Download 229.5 Kb.
|
GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinalar tizimi
- Mashinalarni rusumlash va ularni tasniflanishi
- Mashinalarni tasniflanishi
GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMIR E J A . 1. Gaz taqsimlash fazalari. 2. Silindrlarning ishlash tartibi. 3. Ishlash tartibi jadvalini tuzish. KIRISH
Mashinalar tizimi - bu yil davomida barcha qishloq xo‘jalik ishlarini optimal agrotexnik muddatlarda eng kam mehnat sarf qilib bajaradigan o‘zaro uzviy bog‘langan traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalarining yig‘indisidir. Mashinalar tizimi, odatda, ma’lum davr uchun ishlab chiqiladi va doimiy takomillashtiriladi. Amaldagi mashinalar tizimi to‘rt qismdan iborat: dehqonchilik, chorvachilik, melioratsiya, o‘rmon xo‘jaligi. Davlatimiz olib borayotgan texnik siyosatga asosan tuzilgan yangi mashinalar tizimiga kiritilgan texnik vositalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yilgan: mexanizatorlar uchun komfort ish sharoitlarini yaratish; qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish sifatining dastlabki talablariga maksimal mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi va yoqilg‘i iqtisodi bilan rioya qilish; texnik vositalar ishonchliligining yuqori ko‘rsatgichlarini ta’minlash; texnik vositalarni ekologiyaga mosligi, shu jumladan yurish qismlarining tuproqqa minimal ta’siri. Mashinalarni rusumlash va ularni tasniflanishi. Amaldagi mashinalarni rusumlash ma’lum bir prinsipga asoslangan. Rusum harf va son qismlaridan iborat. Birinchisi – mashinani vazifasini, turini va ta’sir prinsipini, ikkinchisi –modelning tartibini yoki mehnat unumdorligi, qamrash kengligi va boshqa ko‘rsatgichlarini xarakterlaydi. Mashinalarni tasniflanishi – bu ularni vazifasi, ta’sir xarakteri, energiya manbai bilan bog‘lanishi va undan foydalanishi bo‘yicha ajratilishi.Vazifasiga ko‘ra mashinalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: tuproqqa ishlov berish; ekish va ko‘chat o‘tqazish; o‘g‘itlash; o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoyalash; o‘tlar va silos o‘simliklarni yig‘ish; donli, donli dukkakli, moy o‘simliklarini yig‘ish va yig‘ishdan keyin ishlov berish; makkajo‘xorini donga yig‘ish; ildiz-mevalilar va sabzavotlarni yig‘ish; meliorativ mashinalar. Har bir guruh bir nechta mashina turlaridan iborat. Mashinalar ta’sir prinsipiga asosan uzluksiz va davriy ta’sir qiladigan, energiya manbai bilan bog‘lanish bo‘yicha tirkama, yarimosma, o‘ziyurar va statsionarlarga, ishchi organini energiyadan foydalanish usuliga qarab passiv, faol (aktiv) va kombinatsiyalashgan ishchi organli mashinalarga ajratiladi. Download 229.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling