DVEGATILNING MOYLASH TIZIMI VA MOY TURLARI
Reja:
Moylash tizimi.
Moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar.
Moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
KIRISH
Qishloq xo‘jaligida mashinalarni qo‘llash mehnat unumdorligini oshiradi, barcha ishlarni talablarga qat’iy rioya qilgan holda, eng maqbul muddatlarda bajarishga imkon yaratadi. Bu pirovardida mehnat va xarajatlar sarfini kamayishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi uchun mashinalar «Mashinalar tizimi»ga asosan yaratiladi va qo‘llaniladi. Mashinalar tizimi ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashning ilmiy va texnik asosi hisoblanadi.
Mashinalar tizimi - bu yil davomida barcha qishloq xo‘jalik ishlarini optimal agrotexnik muddatlarda eng kam mehnat sarf qilib bajaradigan o‘zaro uzviy bog‘langan traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalarining yig‘indisidir. Mashinalar tizimi, odatda, ma’lum davr uchun ishlab chiqiladi va doimiy takomillashtiriladi.
Amaldagi mashinalar tizimi to‘rt qismdan iborat: dehqonchilik, chorvachilik, melioratsiya, o‘rmon xo‘jaligi. Davlatimiz olib borayotgan texnik siyosatga asosan tuzilgan yangi mashinalar tizimiga kiritilgan texnik vositalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yilgan: mexanizatorlar uchun komfort ish sharoitlarini yaratish; qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish sifatining dastlabki talablariga maksimal mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi va yoqilg‘i iqtisodi bilan rioya qilish; texnik vositalar ishonchliligining yuqori ko‘rsatgichlarini ta’minlash; texnik vositalarni ekologiyaga mosligi, shu jumladan yurish qismlarining tuproqqa minimal ta’siri.
Mashinalarni rusumlash va ularni tasniflanishi. Amaldagi mashinalarni rusumlash ma’lum bir prinsipga asoslangan. Rusum harf va son qismlaridan iborat. Birinchisi – mashinani vazifasini, turini va ta’sir prinsipini, ikkinchisi –modelning tartibini yoki mehnat unumdorligi, qamrash kengligi va boshqa ko‘rsatgichlarini xarakterlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |