Genetika fanidan 4-modul asosida tayyorlagan taqdimoti. 16-Mavzu: jins bilan cheklangan va jinsga birikkan belgilar


Download 1.98 Mb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1101540
  1   2   3
Bog'liq
4-modul genetikadanHabibullohning tayyorlagan taqdimoti.


Temiz davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 3-bosqich 302-guruh talabasi abdurahimov habibullohning genetika fanidan 4-modul asosida tayyorlagan taqdimoti.

16-Mavzu: jins bilan cheklangan va jinsga birikkan belgilar.


Reja:
  • Morgon qonunlari haqida umumiy ma’lumot.
  • Jins bilan cheklangan va jinsga birikkan belgilar.

Mendel qonunlari


Mendel qonunlari - irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi toʻgʻrisidagi G. Mendel yaratgan qonuniyatlar. Mendel qonunlari Mendelning oʻzi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil qilish metodini qoʻllash orqali olib borilgan koʻp yillik (1856— 63) tadqiqotlar tufayli asoslab berildi. Mendel oʻz-oʻzidan changlanuvchi noʻxat oʻsimligining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha irsiy toza, yaʼni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga koʻra keskin farq qiluvchi (guli qizil-oq, doni sariq-yashil va silliq-burishgan) navlarini oʻzaro chatishtirgan. Olingan duragay avlodlarda ota-ona oʻsimligi belgilarining irsiylanishi va yana ajralib xilma-xillik namoyon qilishini oʻrgangan. Olingan natijalarni statistik taxlil qilish asosida irsiyat qonunlarini ochib bergan. Mendel organizmlarda ular belgilarining irsiylanishini taʼmin etuvchi maxsus irsiy omillar (genlar) mavjudligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Uningcha, har bir irsiy omil somatik hujayralarda juft, jinsiy hujayralarda yakka holatda boʻladi. Har qaysi irsiy omil dominant yoki retsessiv allel holatda boʻlishi mumkin. Irsiy omillar ota-ona belgilarining irsiylanishi va rivojlanishini taʼmin etadi.
Jinsga birikish (birikkanlik)
Odamlarda, biologik jins jinsiy xromosomalar orqali ifodalandi. XX ayollarda va XY erkaklarda uchradi. Qolgan 44 ta xromosoma autosoma xromosomalari deyiladi.
X yoki Y xromosomada joylashgan genlar jinsga birikkan genlar deyiladi. X xromosomada joylashgan genlar erkak hamda ayolda birdek uchrasa, Y xromosomada joylashgan gen faqat erkaklarda uchraydi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling