Geografik kartalardan foydalanish hamda ularning


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana04.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1157778
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
geografik-kartalardan-foydalanish-hamda-ularning-mazmunini-o-qib-tushunishda-o-quvchilarda-kartografik-kompetentsiyalarni-shakllantirish-metodikasi



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 454
GEOGRAFIK KARTALARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNING 
MAZMUNINI O‘QIB TUSHUNISHDA O‘QUVCHILARDA KARTOGRAFIK 
KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 
Xurshidbek Baxtiyorovich Xalilov 
Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish hududiy markazi o‘qituvchisi 
xalilovhurshidbek86@gmail.com
  
ANNOTATSIYA
Maqolada geografiya darslarida DTSda o‘quvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan 
BKM va kompetensiya elementlari haqida, darslarda kartalardan foydalanish usullari
tabiiy xaritalar, iqtisodiy-ijtimoiy xaritalar turlari, kartalarni o‘qib tushunish, kartalarni 
o‘qishda shartli belgilardan foydalanish, geografik obyektlar orasidagi masofalarni 
aniqlashda masshtabdan foydalanish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: Geografik xarita, tabiiy xaritalar, iqtisodiy-ijtimoiy xaritalar, 
kartografik belgilar, kartografik tadqiqot metodi. 
Kirish 
Kishilik jamiyati sivilizatsiyasi rivojlanib borar ekan, uning insonga qo‘yadigan 
talablari ham ortib boraveradi. Shu nuqtai nazardan ajdodlar tomonidan orttirilgan 
tajribalarni avlodlarga yetkazishga xizmat qiladigan ta’lim jarayonining sifatini 
takomillashtirib borish, uning samaradorligini ta’minlash bugungi kunda har jihatdan 
dolzarb axamiyatga ega vazifadir.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimida geografiya ta’limining 
sifati esa o‘quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish maqsadidagi o‘quv 
jarayonining mavjud holati bo‘lib, ushbu jarayonning sifati kurslar bo‘yicha geografiya 
ta’limining zamonaviy mazmuni, o‘quv-metodik ta’minoti va ta’limning texnik 
vositalari, o‘qituvchining kasbiy maxoratiga bog‘liq. Majburiy geografiya ta’limining 
samaradorligi esa o‘quvchilarda geografik madaniyatning shakllanganlik darajasi bilan 
belgilanadi va u quyidagi mezonlar bilan aniqlanadi:
- geografik qobiq va uning tuzilishi, uning sabab-oqibat bog‘lanishlari to‘g‘risidagi 
bilimlarga ega bo‘lish;
- tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda xodisalarni kuzatish, tushunish va 
tushuntirish;
- geografik tilga ega bo‘lish (tushuncha, atama, nomlar, prinsiplar, nazariyalar); 
- globus, geografik atlas, xarita va topografik planlardan amaliyotda foydalana olish; 
- geografik muhit holati va uning rivojlanishini baxolash va bashorat qila olish;


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling