Gidrometrologiya fakulteti
Download 50.18 Kb.
|
Tuproqning suvga bog’liq tabiiy xususiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Tuproqning suvga bog’liq tabiiy xususiyati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK nomidagi O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GIDROLOGIYA YO’NALISHI GIDROMETROLOGIYA FAKULTETI 2-bosqich talabasi . Xojayorova Aziza ning MUSTAQIL ISHI Mavzu:Tuproqning suvga bog’liq tabiiy xususiyatiReja:1. Tuproqlarning suv - fizik xossalari, ularning suv va o‘simlik ta’sirida o‘zgarishi.2.Tuproq turlarining morfologik tuzilishi va mexanik tarkibini aniqlash.3.Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo,issiqlik va suv rejimlariga ta’siri.1.Tuproqlarning suv - fizik xossalari, ularning suv va o‘simlik ta’sirida o‘zgarishi Tuproqning suv-fizik xossalari uning mexanik tarkibiga va tuzilishiga bog‘lik. Tuproqning mexanik tarkibi undagi zarrachalar diametri 0,01mm. dan kichik bo‘lgan fizik gilning miqdori bilan aniqlanadi (1- jadval). 1- jadval. Tuproqning mexanik tarkibi bo‘yicha turlari, % hisobida
Tuproqning fizik xossalaridan,hajmiy og‘irligi va solishtirma og‘irligi katta ahamiyatga ega (2-jadval). 2- jadval. Markaziy Osiyo tuproqlarning ayrim fizik xossalari
Tuproq namligini va havo sig‘imini aniqlovchi xossalardan biri g‘ovaklik hisoblanadi, u quyidagicha aniqlanishi mumkin: 𝚙 1 𝐴 = (1 − 𝚙 ) ∙ 100 % bu yerda: ρ - tuproqning hajmiy og‘irligi; ρ 1- tuproqning soltishtirma og‘irligi. Markaziy Osiyo tuproqlari g‘ovakligining o‘rtacha miqdori 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval. Markaziy Osiyo tuproqlari g‘ovakligi
Har xil mexanik tarkibli tuproqlardagi kapillyar suv ko‘tarilishi balandligi (.4-jadval), sizot suvlarining tuproq faol qatlamning suv-havo tarkibiga ta’sirini va ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish maqsadida uni rostlash zarurligini belgilaydi. 4-jadval.Tuproqlarda o‘rtacha kapilyar suv ko‘tarilish balandligi
Tuproq va gruntning suv bilan to‘yinish darajasiga va suvning o‘simlik faoliyati uchun yetarliligiga qarab quyidagi nam sig‘imlari farq qiladi: maksimal (eng ko‘p) gigroskopik nam sig‘imi (MGNS); chegaraviy dala nam sig‘imi (ChDNS); v) to‘la nam sig‘imi (TNS); g) maksimal molekulyar nam sig‘imi (MMNS). MGNS tuproqning suv bug‘lari bilan to‘la to‘yingan havodan tortib oluvchi maksimal suv miqdori bilan aniqlanadi. Tuproqning hamma bo‘shliqlari suvga to‘lganda uning o‘ziga eng ko‘p suv singdirish miqdori TNSga mos bo‘ladi. Tuproqning o‘simlik so‘lishi boshlanadigan eng kam chegaraviy kritik namligini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich maksimal molekulyar nam sig‘imi hisoblanadi. U bir yarim, ikkilangan gigroskopiklikka teng bo‘ladi. Tuproqdagi adsorbsion va kapilyar kuchlar ta’sirida saqlanadigan maksimal suv chegaraviy nam sig‘imini hisoblanadi. Tuproqdagi kapilyar suvni o‘simlik is’temol qiladi. Gravitatsion suv TNS va ChDNS orasidagi farqqa teng bo‘lib, tuproq qatlamida harakatlanadi va sizot suvlarini suv bilan ta’minlaydi . Har xil mexanik tarkibli tuproqlardagi tuproq nam sig‘imlarini miqdorlari .5-jadvalda keltirilgan. Tuproq qattiq fazasining zichligi-tuproq quruq holatidagi qattiq fazasi massasining hajmi og‘irligi bir xil 4 0S haroratga ega bo‘lgan tuproq massasi nisbatiga teng. Uning miqdori tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va organik moddalarning turiga bog‘liq. Mineral tuproqlar uchun uning qiymati 2,4 dan 2,8 g/sm3 gacha, torfli tuproqlar uchun 1,4 dan 1,7 g/sm3 gacha o‘zgaradi. Qattiq fazali tuproqlarning zichligi tuproqning g‘ovakligi va uning tuliq nam sig‘imini aniqlash uchun foydalaniladi. Hajmiy og‘irlik-tabiiy tikislikdagi holatdan olingan mutloq quruq tuproqning bir birlik hajmdagi massasiga teng va o‘lcham birligi g/sm3. 5-jadval. Tuproq nam sig‘imlari, % hisobida
Tuproqning zichligi qattiq fazali tuproq zichligidan har doim kichik va uning zichligi uni tatkil qiluvchi moddalar zichligiga, tarkibiga va g‘ovakligiga bog‘liq. Tuproqlarning zichligi mexanik tarkibiga qarab 0,9 - 1,8 g/sm3 ni, botqoqli torflarniki - 0,15 - 0,14 g/sm3. Tuproq g‘ovakligi-tuproq tarkibidagi hamma g‘ovaklar hajmining yig‘indisiga teng va tuproqning umumiy hajmiga nisbatan foizda o‘lchanadi. Tuproqning mexanik tarkibiga asosan har-xil gorizontlarida g‘ovaklik katta diapozonda o‘zgaradi (25 - 90 %), gumusli gorizontlarda 5 - 60 %-gacha, botqoqli torfli tuproqlarda 80 - 90 % gacha o‘zgaradi. Tuproq g‘ovaklikligi, kapillyar va nokapillyarga bo‘linadi. Kapillyar g‘ovaklik-tuproqning kapillyarlar oralig‘idagi bo‘shliqlar hajmlariga teng. Nokapillyar g‘ovaklik yirik bo‘shliqlar hajmiga teng. G‘ovaklik turlarining yig‘indisi umumiy g‘ovaklini tashkil qiladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. 𝐴 = (1 − 𝛾 ) ∙ 100; 𝑚 bu yerda: 𝛾 - hajmiy og‘irlik(tuproq zichligi); m - tuproqning qattiq fazasi zichligi. 𝑚𝑓 − 𝑚𝑑 𝜔 = ( 𝑚𝑑 ) · 100, 𝜔 = 𝜔0 · 𝛾 Download 50.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling