Gistaminga qarshi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi


Download 20.73 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi20.73 Kb.
#1708972
Bog'liq
Gistaminga qarshi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi


Gistaminga qarshi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi


Gistamin — gistidin aminokislotasidan sintez qilinadigan tabiiy amin bo‘lib, 90% bulutsimon, 10% bazofillarda bog‘langan (faolsiz) ko‘rinishda bo‘ladi.
Gistamin markaziy asab tizilmasida gistamenergik neyronlarni presinaptik tolalarida ajralib neyromediator vazifasini bajaradi.
Antigenantitelo reaksiyasida, ba’zi bir dorilar va turli patoloshk jarayonlarda (atsidoz, gipoksiya, kuyganda, jarohat, karaxtlikda) biologik faollikka uchraydi va ajraladi.
Gistamin, gistamin! va gistamin2sezuvchan qurilmalarni quzg‘atadi.
Gistamin — qurilmalarga ta’sir qilib hujayra devoridagi fosfolipazani faollaydi, bu ferment fosfatidilinozitolni inozitol S3fosfat va diatsilglitserolga parchalaydi, bu o‘z navbatida silliq muskullar retikulumidan sof kalsiyning ajralishiga va mushaklar qisqarishiga olib keladi.
Gistamin bronx silliq muskulini, arteriola, venulalarni, ichak sfinkterini, bachadonni qisqartiradi.
Gistamin ko‘p ajralganda bronxlar torayadi, qonni yurakka qaytib kelishini, yurak urishlarini va daqiqali hajmini kamaytiradi, qon suyuq qismining to‘qimaga o‘tishini ko‘paytiradi, qon quyuqlashadi, Bu o‘z navbatida arterial bosnmni kamaytiradi va to‘qimalarni qon bilan ta’minlanishini yomonlashtiradi. Teridagi sezuvchan asab oxirlarini qitiqlab achishish, kichishish va og‘riq chaqiradi.
Gistamin chaqiradigan yuqoridagi jarayenlarning oldini olish uchun hi gistaminlitiklar yuboriladi.
Bular 2 avlodga bo‘linadi:
I avlod preparatlari: difengidramin (dimedrol, benadril), prometazin (diprazin, pipolfen), xlorpira (suprastin), mebgidrolin (diazolin), klemystyn tavegil), fenkarollar;
II avlod dorilariga: loratidin (klaritin), terfenadin (taldan, bronal), astemiz.ol (gistanal), akrivlastin (sempreks), setirizin (zirtek), levokobastin (livostin), azelostin (allergofil, rinoplast), ebastin (kestinlar) kiradi.
Bularning shunday bo‘linishi asosida ular ta’sirlarining davomiyligi, farmakokinetik o‘ziga xosligi va salbiy ta’sirlari yotadi.
Farmakodinamikasi. Bular Higistaminqurilmalarni qitiqlab o‘ziga xos farmakologik ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, xlorpiramin (suprastin) antigenga javob sifatida kuzatiladigan gistaminni bulutsimon hujayralar va qon oqsillarida bog‘langan holda qolishini ko‘paytiradi, ya’ni gistaminni ajralishiga qarshilik ko‘rsatadi. Fenkarol gistaminni faolsizlantiradigan diaminoksidazani faollaydi. Bir guruh dorilari gistamin bilan bog‘lanmagan qurilmalarnigina faolsizlantiradi.
Bular gistaminni retseptor bilan bog‘dan siqib chiqara olmaydi, chunki ularni gistaminga nisbatan retseptor qurilmalarga yaqinligi kam.
II avlod dorilarida I avlod dorilariga nisbatan bu qurilmalar yaqinligi ko‘proq.
Bular gistaminolitik xossasidan tashqari, yana quyidagi farmakologik faolliklarga ega. Masalan, pro metazin (diprazin, pipolfen), difengidramin (dimedrol, benadril) va xlorapiramin (suprastin) markaziy asab tizilmasiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va atropinga o‘xshash ta’sirga ham ega.
Primetazin (diprazin, pipolfen) va dimedrol mahalliy og‘riq qoldirish ta’siriga ega.
Difengidramin (dimedrol) vegetativ gangliyalarda nmpuls o‘tishini falajlashi mumkin, silliq mushaklarni bo‘shashtiradi.
Primetazin (diprazin) adrenolitik xususiyatga ega,, kon bosimini tushirishi mumkin, ayniqsa venaga yuborilganda.
Farmakokinetikasi. Dorilar mushakka, venaga (tomchilab), ichishga beriladi. Bular oshqozonichak tizilmasidan yaxshi so‘riladi. Biroq, I avlod Higistaminlitiklarining biologik o‘zlashtirilishi 40% ga tengg chunki bular jigarda birlamchi eliminatsiyaga uchraydi. II avlod gistaminlitiklarining biologik o‘zlashtirilishi 95% ga teng, bular birlamchi eliminatsyyaga kaMroq uchraydi, ularning metabolitlari qisman farmakologik faolligini saqlaydi. Hamma Higistaminlitiklar 90% gacha qon plazmasi oqsili bilan bog‘lanadi. Terapevtik samarasi 2040 daqiqadan keyin, qonda eng yuqori miqdori 2 soatdan keyin kuzatiladi, qondagi terapevtik miqdorining saqlanish vaqti I avlod dorilari uchun 46 soat, II avlod dorilariniki ancha ko‘p, shuning uchun dori 1 marta, I avlod dorilari esa 4 marta (tavegyl — 2 marta) beriladi. Dorilarni qondan yarim chiqib ketish vaqtida ham farq bor: dimedrol va G avlod Nggistaminlitiklarining tarqalish hajmi 120130 l. Ularning ko‘pchiligi to‘qimalarga, jumladan gematoensefal to‘siqdan xam yaxshi o‘tadi (diazolin va fenkaroldan tashqari). II avlod Nggistaminlitiklarining tarqalish hajmi (250 l ga yaqin), bular to‘qimalarda yaxshi to‘plansada, kimyoviy tuzilishidagi tafovut!a ko‘ra miya to‘qimasida, likvorda setirizin (10% gacha to‘planadi) kamroq ko‘rsatkichga ega.
Bular metillanish yo‘li bilan jigarda biotransformaiiyaga uchraydi. Dimedrol to‘qimalarni zararlantirib antigenga aylanadigan nitrooksidga aylanadi. Dori o‘zgarmagan holda yoki metabolit ko‘rinishida jigar va buyraklar orqali chiqariladi. Jigar yetishmovchiligida dori miqdorini korreksiya qilish zarur bo‘ladi. Boshqalardan farqli o‘laroq setirizin 70% siydik (o‘zgarmagan holda), 10% esa safro orqali chikariladi. Shu sababli buyrak yetishmovchiligi uniig miqdorini kamaytirishni taqozo qiladi.
Uzaro ta’siri. Dimedrol va pipolfen mahaliy anestetiklar, issiq pasaytiruvchi va xolinolitiklar ta’sirini kuchaytiradi, bular hammasi uyqu chaqiruvchi, neyroleptiklar, narkoz moddalari, markaziy asab tizilmasi faolligini susaytiruvchi boshqa guruhdagi dorilar ta’sirini quvvatlaydi.
Terpenadin va astemizolni eritromitsin va boshqa gepatotoksik dorilar bilan birga berib bo‘lmaydi (jigar faoliktini buzadi), shuningdek ketokanazol, flukanazol va intranonazollar bilan (kardiomiopatiya kuzatiladi) birga berib bo‘lmaydi.
Dimedrol, pipolfenlar jigar ferment tizilmasi induktorlari bo‘lib, ko‘pgina dorilar samarasini kamaytiradi.
Salbiy ta’sirlari. I avlod Higistaminlitiklar, ayniqsa pipolfen, dimedrollar markaziy asab tizilmasi faolligini susaytiradi, Mxolinolitik (og‘izni quri?ady, sekryot va balg‘amny quyultyraDI, ich qotysh, diuretik hodisalar, ko‘z ichki bosimini oshiradi) ta’sirga xos belgilar chaqiradi. Qichik yoshdagi bolalarda, aksincha qo‘zg‘alish va uykusizlikka sabab bo‘ladi. II avlod vakillaridan setirizin kuchsiz Mxolinolitik ta’sir qilishi tufayli bu dori avtomobil haydovchilar, aqliy ish bilan shug‘ullapuvchilarga berilmaydi.
Pipolfen venaga yuborilganda kon bosimi pasayishi (adrenolitik ta’siri) kuzatiladi. Pipolfen, diazolin, fenkarollar oshqozonichak tizilmasini qitiqlab dispeptik o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Terdenadin (terapevtik miqdorlarda), astemizol va ebastinlar (terapevtik mikdorlarga yaqin dozalarda) kardiotoksik ta’sir qiladi, kaliy kanallarini bloklab aritmiya keltirib chiqarishi mumkin. Astemizol ishtahani oshirib, bemor og‘irligshsh ko‘paytiradi.
II avlod vakillariga o‘rganish (ayniqsa loratidinga) astasekin rivojlanadi. I avlod dorilariga o‘rganish 5—7 kundan kayin kuz.atiladi, bundan tashqari, bularning o‘zi allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Samaradorligini va xavfsizligini nazorat kilish bemorda kasallik simptomlarining kamayishi va salbiy ta’sirlarini hisobga olib aniqlanadi.
Ishlatilishi. Teri allergik kasalliklari (atopik dermatit, eshakem, angionevrotik shish va boshqalar), allergik rinit, konyunktivit, anafilaktik shok va boshqalar, pollinoz (pichan isitmasi).
Allergik, yuqumli va vazomotor rinitni davolash uchun klamazin (loratidin va psevdoefedrin) degan dori shakli yaratilgan. Bu tabletka ovqatdan keyin beriladi, tabletka chaynalmay yutiladi.
Psevdoefedrin — to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’sir qilmaydigan adrenomimetik bo‘lib, betaadrenoqurilmalarni qitiqlab, mayda qon tomirlarni toraytirib, burun shilliq qavati shishini kamaytiradi.
Efedrindan farqli o‘laroq, psevdoefedrin yurakqon tomirlar tizilmasiga hamda MNS ga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilmaydi va bu tizilmalar tomonidan salbiy ta’sir simptomlarini keltirib chiqarmaydi.
Psevdo&fedrinning biologik o‘zlashtirilishi (85% ga teng), jigarda deyarli (1%) biotransformatsiyaga uchramaydi va siydik orqali (95%) o‘zgarmagan holda chiqib ketadi. Dorining organizmda uzoq bo‘lishi siydik rN iga bog‘liq. Siydikning kislotaliligini tezlashtiradi, ishqoriyligi esa uning ajralib chiqishini sekinlashtiradi. Yarim chiqib ketish vaqti — 3 soat, ta’sir davomiyligi—12 soatgacha, sutka davomida 2 marta yuboriladi.
Higistaminlitiklar bronxial astmani davolashda monoterapiyada amaliy ahamiyatga ega emas, ular bronxlarni kengaytiradi, nafas yo‘llari shilliq pardasi shishini kamaytiruvchi preparatlar bilan qo‘shib ishlatiladi.
Bular qayt qilishni qoldiruvchi dori sifatida (dengiz va havo kasalligida, Menyer sindromida) ishlatilishi mumkin.
Bu dorilar uyqu keltiruvchi dorilar sifatida ham ishlatilmaydi, uyqusizlik sababi teri qichishi bo‘lganda berish mumkin. Bu dorilar litik va premedikatsiya aralashmalari tarkibiga ham kiradi.
Download 20.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling