Glossary Aromatik birikmalar


Download 9.9 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi9.9 Kb.
#1192864
Bog'liq
Glossary


Glossary
Aromatik birikmalar- (yun. aroma – xushboʻy, muattar) – moleku-lasi bir yoki bir necha benzol yadrolaridan tashkil topgan organik birikmalar va ularning hosilalari. Eng oddiy vakillari – benzol (S6N6) va uning hosilalaridir. Benzol yadrosidagi qoʻshbogʻlarning oddiy bogʻlar orqali bogʻlanishidan hosil boʻlgan benzol halqalari tizimi tufayli Aromatik birikmalar aromatik xususiyat kasb etgan va shuning uchun ular alifatik birikmalar hamda alitsiklik birikmalardan katta farq qiladi. Aromatik birikmalar elektrofil va nukleofil almashinish reaksiyalari (galogenlash, nitrolash, sulfolash, alkillash, arillash va boshqalar)ga oson kirishadi
«Bumerang» usuli-Talaba bajargan ishini avval o’z kichik guruhida, keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so’ng yana o’z guruhiga qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o’tkaziladi.
FSMU texnologiyasi-Ushbu tеxnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonlarini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu tеxnologiya o‘quvchilarning o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va boshqalarga yеtkazishga , ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi
Gips -1tabiiy gips—mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO4•2H2O; tarkibida sof holda CaO. SO3, H2O boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruhlar tarzida uchraydi.
Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Chart- (jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish).
«Muloqot» usuli-Kichik guruhlarda alohida mavzular o’rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o’rtasida muloqot bo’lib o’tadi. O’qituvchi kichik guruhlarning fikrlarini maqsadli yo’naltirib boradi va oxirida o’zmunosabatini bildiradi.
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Oliy taʼlimturli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash. Oliy taʼlim oliy oʻquv yurtlari tomonidan xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli sohalari boʻyicha oliy malakali mutaxassis boʻlishni istagan va tegishli talablarni bajargan oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼli-mini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan koʻnikmalar shakllantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qum(tuproq) — bir-biri bilan birlashmaydigan, erneng unimdor qatlami,mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi. Togʻ jinslarining mayda boʻlakcha (parcha)lari va turli minerallarning dumaloq va qirrali zarrachalaridan tarkib topgan.
Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, sement, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor.
Texnologik jarayonlarning tasnifi-Har qanday ishlab chiqarishning negizida texnologik jarayon bo‘lib, u xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha tayyor mahsulotga qaratilgan harakatlar majmui sifatida tushuniladi. Har qanday jarayonlar xom ashyoni qayta ishlash jarayonida ularning miqdoriy va sifat o'zgarishlarining tabiati bilan farq qiladigan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarga asoslanadi.
Download 9.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling