Gʻoyaning dolzarbligi


Download 14.24 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi14.24 Kb.
#1091770
Bog'liq
Mebel ishlab chiqarish


Gʻoyaning dolzarbligi
Bu soha dastlab katta investitsiyalar va ulkan ishlab chiqarish quvvatlari talab qilinmaydi. Dastlabki 2 yil ichida yaxshi daromad olish va mavjud xarajatlarni qoplash uchun sizga mahoratli yondashuv, malakali hisoblash tizimi kerak xolos. Keyin biznes boshqa bosqichga oʻtadi va barqaror daromad keltiradi.
Bizning bugungi zamonamizda hamma narsa juda tez oʻzgarib boradi va mebellar ham tinimsiz almashadi. Zamonaviy va koʻrkam yasalgan buyumlar esa har doim qadrlanadi va xarid qilinadi.
Nimadan boshlash kerak?
Assortimentni tanlash bilan boshlang. Keling, odamlar bugun nimani sotib olishlari haqida oʻylab koʻraylik. Bozorda shkaf mebellari, ofislar va oshxonalar uchun mebellarga talab bor. Aynan ushbu mahsulotlar barcha sotuvlarning 70 foizini tashkil qiladi.
Siz oʻzingizning xizmatingizni nafaqat jismoniy shaxslarga, balki barcha korxonalar, maktablar, doʻkonlar va kerak deb bilgan har bir kishiga taklif qilishingiz mumkin.
Ishlab chiqarish texnologiyasi maxsus bilimlarni va izlanishni talab qiladi. Ixchamlik va qulaylik sizni raqobatchilardan ajratib tura oladi. Ha, aytgancha, narx masalasida ham dastlab biroz yengillik bersangiz zarar qilmaydi.
Xususiy mebel sehi ochishning taxminiy qiymati:
· Roʻyxatdan oʻtkazish va faoliyat uchun ruxsat olish – 140 $
· Uskunalar va oshxona anjomlarini sotib olish — 2000 $
· Mahsulotlar va materiallarni sotib olish – oʻzgarib turuvchi narx. Buyurtmaga qarab belgilab borasiz
· Reklama va kataloglar – 150 $
Oylik xarajatlar:
· Xodimlarga ish haqi – 1100 -1200 $
· Mahsulotlarni sotib olish — 1000 — 2000 $
· Soliqlar, kommunal xizmatlar – 100 $
Manzil
Aslida, dastlabki bosqichda siz mijozlarni kichikroq ustaxonada qabul qilsangiz boʻladi (bu uy boʻlishi ham mumkin). Bunday holda ofis uchun joy kerak emas. Yoki siz biron bir savdo markazida buyurtmalarni qabul qilish punkti va tovar namunalari tayyorlab qoʻysangiz ham boʻladi.
Agar siz shkaf mebellarini ishlab chiqarish ustaxonasini ochmoqchi boʻlsangiz, unda sizga yaxshigina xona kerak boʻladi. Uning qayerda joylashishi muhim emas. Asosiy shart issiq, quruq va qulay boʻlishi kerak. Xona 50 kv.m dan kam boʻlmasligi kerak. U yigʻish sehi va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun omborxonaga ega boʻlishi lozim.
Uskunalar. Avval sizga qanday vositalar kerak?
Taniqli kompaniyalardan sifatli vositani sotib olish yaxshi. Bu oson va tez ishlashga imkon beradi. Buning uchun zarur boʻlgan minimal miqdor: drel, bolgʻa perfоrator, shrup qotirgich, qoʻl frezeri, arra, elektrolobzik, silliqlash mashinasi, kesish asboblari toʻplami, qisqichlar va qoʻl asboblari toʻplami kerak boʻladi. Ushbu uskunalar mebelni tayyor qismlardan yigʻish uchun yetarli.
Mebellarni loyihalash, qurish va kesishda yordam beradigan dastur va dizayn haqida oʻylab koʻring. Bu sizning mijoz olish imkoniyatingizni oshirishi mumkin.
Xodimlar
Siz uchun ishlaydigan odamlar soni sizning istagingizga va buyurtmalar mavjudligiga bogʻliq boʻladi. Buyurtmalarni qabul qilish uchun boʻlim ochsangiz, sizga mijozlarni jalb qila oladigan alohida xodim kerak boʻladi. Shuningdek, u moliyaviy masalalarni hisob-kitobni ham bajarishi kerak. Bundan tashqari haydovchini ham unutmaslik lozim.
· 2-3 ta usta (ishning koʻlamiga qarab) – 300 $ dan
· Haydovchi – 250 $
· Buxgalter – 250-300 $
Reklama
Reklama — bu savdoning harakatlantiruvchi kuch. Vizitkalar, varaqalarni buyurtma qiling, mahalliy gazeta va jurnallarda eʼlonlaringizni joylashtiring va ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻling. Uskuna doʻkonlari bilan muzokaralar olib borib, ulardan olingan buyurtmalarning foizini taklif qilishingiz mumkin boʻladi. Kataloglarni turli tuman qiling. Bu orqali buyurtmalarga koʻproq ega boʻlasiz. Chunki yaxshi katalog mijoz chaqiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda mebellarning rasmlari, narx-navo haqida kreativ postlar berib boring. Mijozlar bilan suhbat qilish uchun ularga vaqtida javob bering.
Foyda
Mebel ishlab chiqarishda olinadigan foyda sizni xomashyoni qanday narxda sotib olishingizga ham bogʻliq boʻlib qolishi mumkin. Bozorda narx-navoni tinimsiz oʻzgarib borishini hisobga olgan holda material ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan yarim yoki bir yillik kelishuv shartnomasi qilib olishingiz kerak. Bu sizni narxlar borasida ancha muvozanatda ushlab turadi.
Rentabellik 200 foizga yetishi mumkin va talab yiliga 10-20 foizga oshadi.
Dastlabki 1-2 yil oʻrtacha daromad boʻlsa, keyingi yillar davomida siz ishonchli hamkorlarga ega boʻlish va bozoringizni kengaytirish ortidan 40-50 foizgacha foyda olsangiz boʻladi. Buning uchun strategiya va rejalashtirishni doimiy olib borishingiz talab etiladi.
Bu biznes har doim talabgir va bozori chaqqon. Agar qoʻlingizda bu hunar boʻlsa yoki kerakli mutaxassislarni yollab bu ishni boshlab koʻring. Tinimsiz yangilik va qulaylik yaratib borish sizni bozorda mavqeyingizni koʻtaradi va rivojlantiradi.
Download 14.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling