Mavzu: Muzokaralar olib borish tartibi. Jamoa shartnomasining mazmuni. Jamoa shartnomalarini tuzish tartibi va bosqichlari. Jamoa kelishuvlarining mazmuni. Reja


Download 80.5 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1498331
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish


Mavzu: Muzokaralar olib borish tartibi. Jamoa shartnomasining mazmuni. Jamoa shartnomalarini tuzish tartibi va bosqichlari. Jamoa kelishuvlarining mazmuni.

Reja:
I. KIRISH
II. Asosiy qism
1. Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo'lgan huquq. Jamoaviy muzokaralar olib borish tartibi.
2. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga solinishidagi o'mi
3. Jamoa shartnomasi taraflari va shartnomaning tuzilish tartibi
4. Jamoa shartnomasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi
5. Jamoa kelishuvi tomonlari, tuzilish tartibi va mazmuni
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH

Yangi iqtisodiy munosabatlar jarayonida mehnat munosabatlari ayniqsa o'z o'rniga ega. Aynan mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Mehnat kodeksi qabul qilingan bo'lib, uning 60-moddasida jamoaviy muzokaralar olib borish huquqi kafolatlangan, unga ko'ra: " Ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi jamoaviy muzokaralar tashabbuskori boʻlishi mumkin " Demak jamovaiy muzokaralarning taraflari sifatida qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat munosabatlariga kirishgan tomonlar tushunilar ekan. Amaldagi Mehnat kodeksiga binoan avvalgi jamoa kelishuvining, jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida yoki ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlarda ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi boshqa tarafga yangi jamoa kelishuvini, jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash toʻgʻrisida yozma xabar yuborishga haqlidir.



1. Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo'lgan huquq. Jamoaviy muzokaralar olib borish tartibi.
Ish beruvchilarning manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar, shuningdek ish beruvchilar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi organlari, siyosiy partiyalar tashkil etgan yoki moliyalashtiradigan tashkilotlar yoxud organlar tomonidan xodimlar nomidan jamoaviy muzokaralar olib borilishiga hamda jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.Ijtimoiy sheriklik taraflari tegishli soʻrov olingan kundan eʼtiboran ikki haftadan kechiktirmay jamoaviy muzokaralar olib borish uchun zarur boʻlgan oʻzidagi mavjud axborotni bir-biriga taqdim etishi kerak.Jamoaviy muzokaralar ishtirokchilari, jamoaviy muzokaralar olib borish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shaxslar olingan maʼlumotlarni, agar ushbu maʼlumotlar davlat sirlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlsa, oshkor qilmasligi lozim.
Jamoaviy muzokaralar boshlanishi toʻgʻrisida bildirishnoma olgan ijtimoiy sheriklik tarafi yetti kunlik muddatda tashabbuskorga jamoaviy muzokaralar oʻtkazilishi haqida javob yuborgan holda jamoaviy muzokaralarga kirishishi shart. Agar taraflarning kelishuviga koʻra jamoaviy muzokaralar boshlanishining boshqa sanasi belgilanmagan boʻlsa, jamoaviy muzokaralar oʻtkazish tashabbuskori tomonidan mazkur javob olingan kundan keyingi kun jamoaviy muzokaralar boshlanadigan kun boʻladi. Jamoaviy muzokaralar olib borish. Birlamchi, hududiy, tarmoq va respublika darajasidagi jamoaviy muzokaralar tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar tomonidan olib boriladi.
Jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi loyihalarini, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalarni, jamoa kelishuvlarini va jamoa shartnomasini bajarish haqidagi qarorlar loyihalarini, shuningdek jamoaviy muzokaralar predmeti boʻlgan boshqa qarorlar loyihalarini tayyorlash uchun ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalari ishchi guruhlar tuzadi. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha boshlangʻich darajadagi komissiyalar, zarurat boʻlganda, ishchi guruhlar tuzishga haqli.Ishchi guruhlar taraflar tengligi asosida ijtimoiy sheriklik taraflarining vakillaridan shakllantiriladi. Taraflarning har biri ishchi guruhdagi oʻz vakillarining shaxsiy tarkibini mustaqil ravishda belgilaydi. Taraflarning kelishuviga koʻra ishchi guruh tarkibiga maslahat ovozi berish huquqiga ega boʻlgan mustaqil olimlar, ekspertlar, mutaxassislar shartnoma asosida kiritilishi mumkin.
Agar jamoaviy muzokaralar jarayonida jamoaviy muzokaralar taraflari muzokaralar predmeti boʻlgan ayrim masalalar yuzasidan kelishuvga erisha olmagan boʻlsa, ular ixtiloflarga sabab boʻlmagan masalalarga doir kelishuvni rasmiylashtiradi va bir vaqtning oʻzida kelishuvga erishib boʻlmagan masalalar boʻyicha ixtiloflar bayonnomasini tuzadi.Agar jamoaviy muzokaralar jarayonida muzokaralar predmeti boʻlgan barcha masalalar yuzasidan kelishilgan qaror qabul qilinmagan boʻlsa ham muzokaralar taraflari ixtiloflar bayonnomasini tuzadi.
Ixtiloflar bayonnomasida taraflarning ixtiloflarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan choralar va jamoaviy muzokaralarni qayta tiklash muddatlari toʻgʻrisidagi kelishib olingan takliflari koʻrsatiladi.Taraflar jamoaviy muzokaralarni qayta tiklash chogʻida hal qila olmagan ixtiloflarni hal etishga (tartibga solishga) doir nizolar ushbu Kodeksda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish uchun belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.Jamoaviy muzokaralarda, jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etadigan shaxslar asosiy ishidan taraflarning kelishuvi bilan belgilanadigan muddatga, oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ozod etiladi.Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda kompensatsiya qilinadi. Agar jamoa kelishuvida, jamoa shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlmasa, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning xizmatlariga haq toʻlash taklif qiluvchi taraf tomonidan amalga oshiriladi.Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etadigan xodimlarning vakillari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu muzokaralar olib borilayotgan davrda bekor qilishga, shuningdek ularga nisbatan intizomiy jazo qoʻllashga yoki ularni boshqa ishga oʻtkazishga ularning vakillik qilishiga vakolat bergan organning oldindan roziligini olmasdan yoʻl qoʻyilmaydi

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling