Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlashning zamonaviy vositalari


Download 355.5 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi355.5 Kb.
#1108462
Bog'liq
8-Maruza taqdimoti

GRAFIK MA’LUMOTLARNI YARATISH VA QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY VOSITALARI

  • Kompyuter grafikasi— bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturiy vositalariga tayanadi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto xarakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin.

Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun(ED) va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbuot sohasida qo’llanilishi rang-barang, suratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqozo etadi. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish mumkin emasd

  • Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun(ED) va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbuot sohasida qo’llanilishi rang-barang, suratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqozo etadi. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish mumkin emasd

Kompyuter grafikasi turlari

  • Kompyuter grafikasi turlari
  • Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastrli, vektorli va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi (rastrli, vektorli va fraktal grafika - bular bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qilad:
  • poligrafiyada foydalaniladigan kompyuter grafikasi;
  • kompyuter rassomchiligida foydalaniladigan ikki o’lchovli kompyuter grafikasi;

Rastrli grafika

  • Rastrli grafika
  • Rastrli grafika nuqtalar yordamida (qog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unta asoslangan rasm, shakl, grafika va h. k. shuncha aniq ko’rinib turadi.

Vektorli grafika

  • Vektorli grafika
  • Grafika bilan ishlashga mo’ljallangan dasturiy vositalar esa birinchi navbatda illyustratsiyalarni yaratishga va undan keyin ularni qayta ishlashga mo’ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida, tahririyat va nashriyotlarda keng ko’lamda ishlatiladi. Shriftlar va oddiy geometrik elementlarni qo’llashga asoslangan bezatish ishlari vektor gafikasi yordamida osonroq bajariladi. Vektor grafikasi yordamida yaratilgan yuqori darajadagi badiiy asarlar namunalari mavjud.
  • Agar rastr grafikasini asosiy elementini nuqta tashkil etsa, vektor grafikasida bu narsa chiziqdan iborat (to’g’ri yoki egri bo’lishi mumkin).

Fraktal grafika

  • Fraktal grafika
  • Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar tasvirni matematik hisob-kitoblar yordamida avtomatik suratda generatsiya qilishga mo’ljallangan. Fraktal grafikadan badiiy kompozitsiyani yaratishda chizish yoki elektron xujjatni yaratishda juda kam foydalaniladi, undan asosan ko’ngil ochuvchi dasturlarda foydalaniladi.
  • Fraktal grafika - bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal obyekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Demak, fraktal ob’yekt chizish yoki bezash asosida emas, balki dasturlashtirish asosida hosil bo’ladi.

Download 355.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling