Gullar va qushlar bayrami


Download 30.19 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1412041
  1   2   3
Bog'liq
Gullar va qushlar bayrami


Gullar va qushlar bayrami“ tadbir ssenariysi
GULLAR VA QUSHLAR BAYRAMI
Boshlang'ich sinq o'quvchilari bilan turli mavzularda tadbirlar o'tkazish ta'lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishga, bolalarda narsa va voqealarga nisbatan qiziqishni kuzatish, izlanish va boshqa bilim malakalarini vujudga keltirishda juda katta yordam beradi.
Gullar va qushlar bayramini o'tkazishdan asosiy maqsad o'quvchilarda jonajon tabiatga muhabbat, xalqimizning qadimiy an'analariga hurmat xissini tarbiyalab borish. O'zbekiston tabiatida uchraydigan gullar va qushlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. O'zbekiston Qizil kitobi , yo'qolib va kamayib borayotgan gullar va qushlar haqida ma'lumot berishdan iboratdir. Bu bayram maktab xovlisida yoki maktab zalida o'tkaziladi. Bayramga ota-onalar, o'qituvchilar va boshlang'ich sinf o'quvchilari taklif etiladi.
Zal yoki maktab hovlisi "Gullar va qushlar bayrami" mavzusiga oid rasmlar, bahorda ochiladigan gullar, qushlarning tuliplari , o'quvchilarning mavzuga oid rasmlari , tabiat , uning go'zalligini asrashga da'vat etuvchi shiorlar , ekologiya va tabiat muhofazasiga doir ,turli-tuman gullar va qushlar haqida ma'lumot beruvchi bukletlar bilan chiroyli bezatiladi. Bayram jarchilarning chiqishi bilan boshlanadi.
1-jarchi: - Bolalar-u bolalar
2-jarchi: - Tog'da ochilgan lolalar!
1-jarchi: - Eshitmadim demanglar,
2-jarchi: - Eshitganlar jilmanglar!
1-jarchi: - Bugun maktabimizda
2-jarchi: - Zo'r tomosha bo'ladi! - Ho-ho-hoy!
1-boshlovchi( qo'li ko'ksida ):
Bismillohdan boshlanadi a'molimiz ,
Assalomdan yorishadi jamolimiz
Do'stimizga aylantirar begonani ,
Assalomdan yetishadi kamolimiz .
2-Boshlovchi:
Ey,ozod yurtimning gulg'unchalari,
Sho'xu sayroqi bulbulchalari.
Bu kun davramizga aylang marhabo,
Tilga kirar tabiatning sho'x qushchalari.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum mehridaryo,qalbi keng muhtaram ustozlar-u, bilimga chanqoq, zukko aziz o'quvchilar! Mana, mustaqil Vatanimiz uzra fasllar kelinchagi bo'lmish bahor hamon davom etmoqda .
2-Boshlovchi: Bahor! Bahor- bu yangilanish, yasharish demakdir. Bahor insonlar qalbiga quvonch, yuziga tabassum olib keladi. Bahor kirib kelar ekan, ona tabiat jonlanadi, daraxtlar qishki to'nini tashlab, bahor libosini kiyib, tabiat ko'rkiga yana ko'rk, husn qo'shadi. Issiq o'lkalarga uchib ketgan qushlar yana o'z yurtlariga qaytadilar.
1-boshlovchi: Bahor- bu ko'pgina bayramlar fasli hamdir. Jumladan, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21-mart Navro'z bayrami. Mana shular qatorida bugun biz yana bir bayramni - "Gullar va qushlar bayrami" ni namoyish etmoqdamiz.
2-Boshlovchi: Sizlarning barchangizga yaxshi kayfiyat tilagan holda davramizga bahoroy va uning elchilarini taklif etamiz.
Bahoroy va gullar kirib keladi
(Gulchambar taqqan Gulbahor siymosidagi qiz kirib keladi)
-Lolalardan gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, gulbahor keldi .
Chakkasiga qizil gul taqib,
Dilbar keidi gulchiroy keldi.
(Gulbahor o'zi bilan birga lola , boychechak va atirgullarni mehmonga olib kelganini aytdi)
Boychechak:
Hali erimasdan qor,
Dala qirda gul bahor.
Chiqdi mitti gul-chechak,
May elchisi boychechak.
Atirgul
Mana senga pushti gul,
Xohlasang oq gulga qo'n,
Atirgul ham go'zaldir,
Anor kiygan qizil to'n.
Lola
Lola kabi ochildi
Tomda ikki qizg'aldoq.
Tiz barobar o'tlardan
Terda lolaqizg'aldoq.
Hamma
Gul bu yaxshilikdan erur nishona,
Soflik do'tlik doim unga hamxona.
1-boshlovchi:

Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling