Gumanitar fanlar va chet tillari kafedrasi


Download 133.54 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi133.54 Kb.
#1275658
  1   2   3
Bog'liq
Tarixdan yozma ish 7


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT

GUMANITAR FANLAR VA CHET TILLARI KAFEDRASI

O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
ORALIQ NAZORAT UCHUN IJODIY ISH LOYIHASI

MAVZU: “O`rta Osiyo xonliklaring Rassiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi miliy ozodlik harakati.Jadidchilik ”


BAJARDI:
13-22-guruh talabalari
1.To`ychiyev A
2.Soatmurodov J

TOShKENT-2023


Reja:
1.Rassiya imperiyasining o`rta osiyoni bosib olishi
2.Mustamlakachilik yilarida Jadidchilik harakati
3.Rassiya imperiyasining O`rta Osiyoda bosib olgan hududlari
Rassiya imperiyasining o`rta osiyoni bosib olishi
1847-1864 - Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo hududini bosib olishining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 1847 - Raim (Orol) qal'asi qurildi. 1852 - Muhammad Aminxon madrassasi bunyod etildi. 1853 - Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy tomonidan Oqmachit qal'asi bosib olindi (bugungi kunda Qizil O‘rda). 1855-1856 - Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni bo‘ldi. 1859 - Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1860-885 - Amir Muzaffar hukmronlik yillari. 1863 - Qo‘qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi boshlandi. 1864-1910 - Feruz taxallusiga bilan shoir sifatida tanilgan Sayid Muhammad Rahimxon II ning Xiva xonligida hukmronlik qilgan davr. 1864 - Toshkent ahlining shaharni bosib olishga urinib ko‘rgan general Chernyayev qo‘shinlariga qarshi kurashi bo‘lib o‘tdi. 1865-1868 - Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 1865 - Rossiya bosib olgan hududlarda Turkiston viloyati tuzildi. 1865 - «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom» e'lon qilindi. 1865 - podsho qo‘shinlari Toshkentni bosib oldi. 1866 - Erjar to‘qayida (Sirdaryo bo‘yida) Buxoro amirining lashkari podsho qo‘shinlari tomonidan tor-mor etildi. 1866 - podsho qo‘shinlari O‘ratepaga hujum qilib, uni bosib oldi. 1866 - podsho qo‘shinlari Jizzax shahrini egalladi. 1867 - Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. Aleksandr II tomonidan tayinlangan birinchi general-gubernator Konstantin fon Kaufman Turkistonni, 1881-yilga qadar idora qildi. Keyin G. Kolpokovskiy (1881-1882), M.G.Chernyayev (1882-1884), G.O.Rozenbax (1884-1889), A.B.Vrevskiy (1889-1898), S.Duxovskiy (1898-1901), N.A.Ivanov (1901-1904), P.N.Tevyashov (1904-1905), D.I.Subbotich (1905-1906), N.I.Grodekov (1906-1908), P.I.Mishchenko (1908-1909), A.V.Samsonov (1909-1913), A.N.Kuropatkin (1916-1917) general-gubernator bo‘lganlar. 1867 - Toshkentda O‘rta Osiyoda birinchi meteorologiya stansiyasi ochildi. 1868 - Buxoro amirining o‘g‘li Abdulmalik to‘ra rahbarligida Samarqand mustamlakachi hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1868 - podsho qo‘shinlari Cho‘ponota Zirabuloq yonida Buxoro amiri qo‘shinlarini tor-mor etib, Samarqand shahrini egalladi. 1868 - Kaufman qo‘shinlari Kattaqo‘rg‘onni bosib oldi. 1868-yil, 1-iyul - Rossiya va Buxoro o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. 1868 - yangi bosib olingan yerlarda Zarafshon okrugi tashkil etildi. 1873-1879 - Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olishining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 1873-yil, iyun - podsho qo‘shinlari Xivani bosib oldi. 1873-yil, 12-avgust - Rossiya va Xiva xonligi o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. 1873 - Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kirgan Amudaryo bo‘limi tashkil qilindi. 1873 - Buxoro amiri va Rossiya imperiyasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolandi. 1875 - O‘rta Osiyoda dastlabki rus qishloqlari paydo bo‘la boshladi. 1876 - Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg‘ona viloyati tashkil etildi. 1877 - Toshkentda Ishahar nizomi» joriy qilindi. 1878 - Mingtepada Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi. 1880-1885 - Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududini bosib olinishining to‘rtinchi bosqichi bo‘ldi. 1881-1891 - Bobo Go‘klan boshchiligida qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni bo‘ldi. 1884 - Turkistonda Amerika paxta navi ekila boshlandi. 1885 - Andijon, O‘sh va Marg‘ilon uyezdlarida aholining mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi. 1886 - Rossiya imperatori Aleksandr II «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga imzo chekdi. 1888 - O‘rta Osiyo temiryo‘li bilan dastlabki poyezd Buxoroga yetib keldi. 1888-yil, 15-may - Kaspiyorti temiryo‘li bilan dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi. 1892 - Turkistonda «Davlat tartibotini va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlash to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi. 1892-yil, 24-iyun - Toshkentda «vabo isyoni» bo‘lib o‘tdi. 1898-yil, may - Muhammad Ali (Dukchi) eshon rahbarligida Andijon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. 1899 - Andijongacha Toshkent orqali temiryo‘l harakati ochildi. 1906 - Ismoil Obidov boshchiligida ilk o‘zbek gazetasi chiqdi. 1908-1910 - Hukumat senatori K. Palen Turkiston o‘lkasini tavtish qildi. 1910 - Yosh xivaliklar Xiva xonligida islohotlar o‘tkazishga urinib ko‘rdi. 1914 - Buxoro amirining Sitorai Mohi Xosa saroyi qurilishi nihoyasiga yetdi. 1914-yil, 1-avgust - Birinchi jahon urushi boshlandi. 1916-yil, 25-iyun - Nikolay II mahalliy aholini frontortidagi ishlar, ya'ni mardikorlikka olish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. 1916-yil, 4-iyul - Xo‘jandda qo‘zg‘olonchilar o‘qqa tutilishi, qo‘zg‘olon boshlanishi. 1916-yil, 25-iyul - o‘lkaning butun hududlarida qo‘zg‘olonning bostirilishi. 1917-yil, 17-mart - Buxoro amiri Sayid Olimxon islohotlar to‘g‘risidagi manifestni imzoladi. 
XIX asrning 20-yillariga kelib Britaniya imperiyada ishlab chiqarilgan mollar Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tugʻdira boshladi. Buyuk Britaniya AfgʻonistonEron va Oʻrta Osiyo hududlariga boʻlgan davolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay I davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy taʼsiri kuchayib bordi. 1834 oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 1839 yil oxiri 1840 yil boshlarida Orenburg general-gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi muvaffaqiyatsiz qishki harbiy yurish uyushtirdi. 1847 yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. „Nikolay“ va „Konstantin“ paraxodlaridan iborat Orol flotiliyasi tashkil etildi. 1850-55 yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Qoʻqon xonligi harbiy boʻlinmalarining janubiy Qozogʻiston, Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizi qirgʻoqlarida barpo etilgan rus aholi punktlariga uyushtirgan hujumlari janubga qarab yurishning jadallashuviga baxona boʻldi. 1865 yilda general-mayor M.G.Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Imperator Aleksandr II Orenburg general gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. 1866 yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1867 yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868 yilda general-adʼyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafsxon okrugi tashkil etildi. General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870 yilda amalga oshirilgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873 yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873 yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876 yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881 yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884 yilda Marv taslim boʻldi. 1885 yilda Pendin va Murgʻob vohasida yashovchi turkman qabilalari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. Kushka Rossiyaning eng janubiy chegara maskaniga aylandi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1895 yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandi.Rossiya imperiyasi XIX asrning 50-60-yillarida harbiy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududining bir qismini bosib oldi. K. P. Kaufman xonlikda o‘z taʼsirini kuchaytirish maqsadida 1868-yilda xon bilan shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra, xonlikda Rossiya savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu u davrda xonlik yerlari ancha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida ko‘rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar ko‘paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchaydi. XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. 1875-yil 22-avgustda polkovnik M. D. Skobelev, general Golovachev va kapitan Fedorovlar qoʻmondonligi ostida Mahram qal’asini bosib olishadi va qal’a yaqinidagi Qo‘qon xonligining birlashgan 60 ming kishilik askarlarini yengadi. 1875-yil 29-avgust General K. P. Kaufman Qoʻqon xonligining asosiy shahri Qoʻqonni egallaydi.

Mustamlakachilik yilarida Jadidchilik harakati
XIX asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolarning turmush tarzi oʻta past, madaniy-maʼnaviy hayotida islom dini peshvolarining taʼsiri kuchli edi. Insonlar dunyoqarashida tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish kuchayib borayotgan bir vaziyatda, unga qarshi kuchlar bilan tafovutlar kelib chiqd
Aslida jadidlik rasman XIX asrning oxirida oʻz amaliy faoliyatini boshlagan boʻlsa-da, ularning gʻoyalari shu asrning boshidayoq (oʻn toʻqqizinchi asrning boshida) oʻz taʼsirini namoyon qilayotgan edi [4:99]. “Turkistonda ilk bor Ovrupa texnikasini oʻrganish kerakligi masalasini Qoʻqon xoni Sayid Muhammad Hakimxon (Olimxonning ukasi) Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarga sayohat qilib qaytgach, 1843 yilda birinchi boʻlib oʻrtaga qoʻygan ”. Tashqi olam bilan tanishish Turkistonliklarning orasida falsafiy mushohadasi taraqqiy qilayotgan yoshlarni tarbiyalay boshladi. Bundan koʻrinadiki, tashqi olam bilan tanishish, oʻzga millat va davlatlarning tarixi, madaniyati, Turkiston yoshlarining tafakkurini oʻzgartirgan ilk sabablardan biridir. Tarixdan maʼlumki, hamma vaqt globallashuv jarayoni mavjud boʻlgan, faqat oʻzini sekinlik bilan namoyon etgan. Mana shunday jarayonlarning natijasi oʻlaroq jadidlik taʼlimoti oʻzini turli yoʻllar bilan namoyon qila boshladi. Turkistonda jadidlik gʻoyalari va harakatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy zamini XIX asrning oxirgi choragiga kelib toʻliq yetildi. Turkistonda jadidlarning taraqqiyparvar vakillari tomonidan “Tarbiyati atfol”, “Umid”, “Nashri maorif”, “Barakat”, “Gʻayrat”, “Taraqqiy parvar” kabi dastlabki ijtimoiy-siyosiy, ilmiy jamiyatlar tuzildi. Bu jamiyatlar gazeta va jurnallar chop etib xalqning maʼnaviy ongini oshirishga va mafkuraviy salohiyatini koʻtarishga intildi. Jadidlarning bevosita rahbarligida Toshkentda “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Xurshid”, “Sadoyi Turkiston”, Samarqandda “Samarqand”, “Oyna”, “Hurriyat”, “Shuʼlai Inqilob”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Bolalar yoʻldoshi”, “Tayoq majmuasi”, davriy “Sharq”, “Yosh kuch”, “Zarafshon”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi Sharif”, Qoʻqonda “Sadoyi Fargʻona” kabi oʻnlab gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻz davrining ijtimoiy-falsafiy tafakkuri milliy ozodlik xarakteriga ega boʻlgan. Shunday vaziyatda Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy harakatlardan biri – jadidlik vatanni mustaqillikka olib chiqish va milliy oʻzlikni anglash tadbirlaridan biri edi. Maʼlumki, milliy oʻzlikni anglash muayyan millatning ijtimoiy-tarixiy, maʼnaviy-madaniy hayotini, qadriyatlarini, shuningdek, tabiatini bilishdir. Jadidlik mana shunday maqsadlarni koʻzlab shakllandi va rivojlanib bordi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlar eng avvalo millat yoshlarini tarbiyalash va yangicha koʻrinishdagi taʼlim tizimidan foydalanishni maqsad qilgan. Dastlab xususiy jadid maktablarini ochib yoshlarga taʼlim bera boshlagan boʻlsa, keyinchalik jadid maktablari shakllanishi keng quloch yozib bordi. Mintaqaning turli hududlarida oʻziga xos tarzda bunday maktablar ochila boshladi. Shu oʻrinda jadid maktablarining faoliyati haqida boʻlgan quyidagi fikrga eʼtibor bersak, “Biz turkistonliklar ham 15 yil boʻladirki, bu dunyoda oʻzgalardek taraqqiy va toliy etmak orzusi bilan yangi maktablar ocha boshladik. Yolgʻiz erkak bolalarimizni tarbiya etargʻa kirishdik, ammo qizlarimizning tarbiyasiga hozirgacha hech bir ahamiyat bermadik”. 1910 yili bu “usuli jadid”, yaʼni jadid maktablari yopildi. Ammo bu maktablarning yopilishi jadidlik harakatini susaytirolmadi, aksincha yanada rivojlanishi uchun xizmat qildi. Bundan “koʻrinib turibdiki, jadidlik keng ijtimoiy masalalar va maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surish maqsadida shakllangan ijtimoiy-falsafiy yoʻnalish boʻlgan”. Ammo jadidlik taʼlimotiga munosabat faqatgina mustaqillik yillarida oʻz mavqeini tiklab bordi.
Jadidlarning asosiy maqsadi dunyoviy ilmlarni egallagan yoshlarni tarbiyalash va ularning maʼnaviy ongini oshirish, oʻz vazifasini oʻtay olmay qolgan eskicha taʼlim tizimiga yangicha innovatsion gʻoyalarni singdirish edi. Bundan tashqari ular ijtimoiy hayot tarzini zamonaviy hayotga moslashtirish, milliy va zamonaviy armiyani joriy etish, diniy va dunyoviy, axloqiy normalarni inobatga olgan holda yangi qonunchilik konsepsiyasini ishlab chiqish va joriy etish, davlatning boshqaruv tizimini isloh etish, hududiy tarqoqlikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, jamiyat rivojlanishining barcha sohalari uchun milliy kadrlarni tayyorlash, davlatlar bilan diplomatik aloqalarni va tashqi siyosat konsepsiyasini oʻrnatish kabi bir qancha masalalarni ilgari surdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining oʻziga xos xususiyati shundaki, A.Donish, Furqat, Muqimiy singari mutafakkirlar, Ibrohim Moʻminov taʼkidlaganidek, adolatning va inson aqlining tantanasiga qarshi tanqid bayrogʻini koʻtarib chiqdi. Bu bayroqni keyinchalik Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Hamza va Choʻlpon kabilar yangi bosqichga koʻtardi. “XX asrning avvalida jahon miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi voqealar, 1905 yilgi rus revolyusiyasi, Turkiston xalqlarining ongida demokratik tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishiga katta turtki boʻldi. Bunday siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar ijtimoiy tafakkurning taraqqiyotiga taʼsir etmay qolmadi. Yashirin bildirilgan demokratik talablar, maʼrifatparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalari tobora oshkora bayon etiladigan va ayrim kishilarning hayot tarzi va maqsadlariga aylangan edi. Ana shu davrda shakllangan jadidlar ikki tomonlama tanqid ostida boʻlgan boʻlsa, keyinchalik Oktyabr toʻntarishidan soʻng jadidlar “qizil zambaraklar”dan oʻqqa tutildi”, demak ilgʻor fikrli jadidlar oʻz davrining qurboniga aylandi.
Turkiston jadidlarining tarixiga nazar tashlar ekanmiz turli adabiyotlarda ularga zamonasining muhitiga qarab oʻz taʼrifini berishgan. Masalan, jadidlarning faoliyati haqida Fayzulla Xoʻjayev birinchilardan boʻlib harakatni ikki yoʻnalishda boʻlganini koʻrsatib bergan: “Shunday qilib, sentabr revolyutsiyasi boshlanguncha Oktabr va uning oqibatlari tufayli vujudga kelgan jadidlar tashkilotlarining tabaqalanishi uzil-kesil rasmiylashdi, bu harakat bir-biridan butunlay boshqa boʻlgan ikki qismga boʻlindi: Uning birinchi qismi Buxoro Kommunistik partiyasiga kirib, oʻz taqdirini Oktabr revolyutsiyasi va jahon kommunistik harakatining taqdiri bilan, jahon sotsial revolyutsiyasi uchun kurash bilan qoʻshdi va birlashtirdi. Jadidlarning Oktabrgacha boʻlgan qismi esa fevralgachagi pozitsiyalarda qolib oʻzining millatchilik ideologiyasini tark etmadi.
Turkistonda oʻz faoliyatini olib borgan jadidlar hududiy qatlamiga koʻra ham farqlangan. Masalan, Turkiston jadidlari, Buxoro jadidlari va Xiva jadidlariga ajratib tahlil qilsak, bularning asosiy maqsadlari ozodlik pozitsiyasiga yoʻgʻrilgan boʻlsa-da, ichki tuzilishida ayrim farqlarni ham koʻrish mumkin. “Turkiston jadidlari ham Buxoro jadidlari singari tabaqalanish yoʻlidan bordi. Turkiston jadidlarining katta qismi revolyutsiyani tushunmadi va uning ilgarigi milliy burjua ideologiyasida qolaverdi. Bundan koʻrinib turibdiki, jadidlarning faoliyati revolyutsiyadan oldingi va revolyutsiyadan keyingi bosqichlarga ajralgan. Masalan, Fargʻona vodiysidagi milliy harakatlar, Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, Toshkentdagi ziyolilarning faoliyatlaridagi oʻzaro birlik va oʻziga xoslik holatlarini ham koʻrishimiz mumkin. Samarqandda vujudga kelgan maʼrifatparvarlik harakati ijtimoiy rivojlanishi natijasida jadidlikning siyosiy bosqichiga koʻtarildi. Oʻz davrining koʻzga koʻringan ijtimoiy-siyosiy oqimi sifatida jadidlik milliy oʻz-oʻzini anglashning oʻsishiga va milliy-ozodlik mafkurasining shakllanishi va taraqqiyotiga juda katta xizmat qildi.
Fikrimizning xulosasida Turkistonda vujudga kelgan jadidlikning asosiy bosh maqsadi jamiyat taraqqiyoti uchun lozim boʻlgan barcha sohalarda innovatsion gʻoyalarni joriy qilish edi. Bu bilan jadidlar xalqning yashash tarzini oʻzgartirishni, ularning maʼnaviy ongini rivojlantirishni asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan. Jadidlar Turkistonda milliy rivojlanish pozitsiyasining boshida jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotini taʼminlash gʻoyasini olib chiqdi. Ular siyosiy faoliyatida mustaqillik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maqsadni ilgari surdi. Bu harakatni biz jadidlarning Chor Rossiyasining tajovuziga qarshi qaratilgan kurashida koʻrishimiz mumkin. Jadidlar milliy rivojlanish bilan qaramlikka qarshi kurashmoq lozimligini angladi. Bu gʻoyalar jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil etdi. Shuning uchun jadidlar mazlum xalqni ozodlik kurashiga chorladi.
Rossiya mamlakatining O`rta Osiyo bilan muntazam aloqalari Shayboniylar davrida boshlangan edi. XVII asr davomida Rossiya bilan O`rta Osiyo xonliklari orasida elchilar ayirboshlab turish qizgin amalga oshirilgan bo`lsada, Lekin bu davrda rasmiy tarzda biron-bir aloqalar o`rnatishga erishish mumkin bo`lmadi.
Pyotr I ning rus taxtiga o`tirishidan boshlab Rossiya bilan O`rta Osiyo xonliklari o`rtasida aloqalarining yangi bosqichi boshlandi.
Pyotr I ning 1717 yil knyaz` Bekovich-Chyerkasskiy boshchiligida Xiva xonligiga jo’natgan ekspeditsiyasining qismati fojiali tugadi. Oqibatda Rossiyaning O`rta Osiyo tomon siljib borishi yuz yilga kechikdi.
Lekin bu davrda Rossiya impyeriyasining chegaralari uch yo`nalishda-Sibir`, Zakovkaze, va O`rta Osiyo yo`nalishlarida to`xtovsiz asta-sekin kengayib bordi.
XVIII asr o`rtalariga kelib, O`rta Osiyo va Qozog`iston shimolida Irtish yuqori oqimidan Urol daryosigacha cho`zilib ketgan harbiy chiziqlar yarim halqasi vujudga keldi. XIX asr o`rtalariga kelib esa butun Qozog`iston davlatlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi.
1847 yilda Sirdaryo quyi oqimida Raim (hozirgi Orol) mustahkamlangan manzilgohiga asos somoniy Xiva va Buxoroga rus qo`shinlari hujumining boshlang`ich nuqtasi bo`lib qoldi.
XIX asr birinchi yarimida rus ip gazlama sanoatining rivojlanishi bilan O`rta Osiyoning sotish bozori sifatidagi ahamiyati ortdi.
Rossiyaning O`rta Osiyo xonliklari bilan savdosi tez sur`atlar bilan o`sib bordi va XIX asr o`rtalariga kelib, Qo`qon, Xiva va Buxoro Rossiyaning Osiyodagi asosiy savdo-sotiq sheriklari, binobarin rus sanoat tovarlarining asosiy iste`molchilari bo`lib qoldi.
50-60yillarda Rossiyaning tashqi aloqalarida sodir bo`lgan voqealar Rossiyaning O`rta Osiyoni istilo qilish jarayonini jadallashtirdi.

XIX asr birinchi yarimida Angliya ham O`rta Osiyo masalasida o`z siyosatini ancha faollashtirgan edi. Masalan Ost. Hindiston kompaniyasi razvedkachilari O`rta Osiyoga kelib bu yerdagi mahalliy davlatlar hokimlarini Angliya bilan hamkorlik qilishga undab bu mamlakatlarga boriladigan yo`llarni o`rgandilar.
1824 yilda Murkfort missiyasi, 1831 yilda Byerns missiyasi ana shu maqsadlarda amalga oshirilgan edi. 184 yilda inglis josuslari polkovnik Stoddart va mayor Konolli Buxoro amiri Nasrullo buyrug`i bilan qatl etildi. Inglizlar O`rta Osiyo xonliklariga boriladigan yo`lda joylashgan Afg`onistonda berkinib olishga intildilar, natijada 1838-1842 yillarda ingiz-afg’on urushi kelib chiqdi, bu urush inglizlar uchun muvaffaqiyatsiz tugadi.
Shu bilan birga Ost-Hindiston kompaniyasining O`rta Osiyo xonliklari bozorlaridan Rossiyani siqib chiqarichga zo`r berib urinishi ham Rus hukmron doiralarini qattiq tashvishga soldi.
1855-1857 yillarda Rim urushidagi mag`lubiyat O`rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategik ahamiyatining qanchalik katta ekanligini ko`rsatdi.
Shunday qilib bu siyosiy jarayonlar Rossiya tomonidan O`rta Osiyoning bosib olishishini tezlashtirdi. Rossiya 1853 yilda Qo`qonxonligining Sirdaryo bo`yidagi qall`asi-Oqmaschitni bosib oldi.
Ayni vaqtda O’ng sharqiy chekkalarida ham harakat boshlandi. 1860 yilda To`qmoq va Pishpak (hozirgi Bishkek) shaharlari bosib olindi. Rus qo`shinlarining hujumini to`xtovsiz davom etdi, general Verevkin qo`mondonligidagi qo`shin sharqdan, general Chernayev qo`mondonligidagi ikkinchi qo`shin g`arbdan siljib borib, bir-biriga yaqinlashdi. General Chernayev 1864 – yilda Turkiston bilan Chimkentni, general Vyerevkin esa Avlieatani (hozirgi Jambul) qo`lga kiritdi.
General Chernayev qo`shinlari tomonidan 1865 yil 25 iyunda Toshkentni shturm qilish boshlandi va faqat 27 iyun kunigina ruslar shaharni egallashga muvaffaq bo`ldilar.
1867 yil o`rtalarida bevosita Rossiya markaziy hukumatiga bo`ysunuvchi Turkiston general-gubernatorligi tuzildi va biron fon K.P.Kaufman birinchi general-gubernator etib tayinlandi.

1868 yil 15 mayda rus qo`shinlari Samarqadni so’ngra Kattaqo’rg’onni egalladi. 1868 yil oxirida Zarabuloq ostonalarida amir Muzaffariddin qo`shinlari tor-mor qilindi, bu esa amirni asoratli talonchilik shartnomasini imzolashga majbur qildi.
Ruslar 1873 yilda Xiva xonligiga hujum qildilar. Xonlikdagi qolqonlik, harbiy texnikaning pastligi bu yerda ham ruslarning g`olib kelishiga sabab bo`ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz Gandimien shartnamasiga asosan 2200000 oltin to’ladi hamda Amudariyoning o`ng qirg’og’idagi yerlaridan va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum bo`ldi. Shunday qilib, Rossiya o`lkamiz xalqlarini kuch, qurol, talonchilik va vayrongarchiliklar yo`li bilan bosib oldi.
1886 yilda podsho Aleksandr II Turkiston o`lkasini boshqarishning Nizomini tasdiqladi.
XIX asrning 90 yillariga kelib, Turkiston general-gubernatorligi beshta-Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlariga, viloyatlar uezlarga, uezdlar bo`lislarga, bo`lislar uchastkalarga bo`linib boshqariladigan bo`ldi.
Turkistonning barcha viloyatlarida harbiy gubernatorlik boshqarmalari ta`sis etildi. Harbiy gubernatorlar bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan bo`ldi.
Turkiston general-gubernatorligining markazi-Toshkentni boshqaruv 1870 yilga shahar boshqaruvi qoydasiga ko`ra to`lig’i bilan podsho ma`muriyati qo`liga o`tdi.
Shunday qilib, Rossiya o’lkamiz xalqlarini kuch, qurol, talonchilik va vayrongarchiliklar yo`li bilan bosib oldi. O`rta Osiyoning katta qismi Turkiston general-gubernatorligi nomi bilan Rossiya tasarufiga o`tdi. Qo`qon xonligi tugatilib, Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiya impyeriyasiga qarashli kichik, yarim mustamlaka davlatga aylanib qoldilar.
Rossiya impyeriyasining O`rta Osiyoni bosib olishdagi asosiy maqsadi-birinchidan, O`rta Osiyoni Rossiya sanoat korxonalari uchun arzon xom ashyo yetkazib beradigan manbaga aynaltirish bo`lsa, ikkinchidan, Rossiya sanoat mollari sotiladigan joy sifatida O`rta Osiyo bozorini egallash edi.
Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasini egallagan kunlaridan boshlab o`zining iqtisodiy mustamlakachilik niyatlarini amalga oshirishga kirishdi.Buning uchun mustamlakachilar, birinchi navbatda O`rta Osiyoda temir yo`llar qurishga kirishdi. 1881-1886 yillarda Krasnovodskiydan Chorjuyga Kaspiyorti temir yo`li qurildi, 1888 yilda bu yo`l uzaytirilib, Samarqandga yetkazildi. 1906-yilda Toshkent-Orenburg temir yo`li ishga tushirildi.
1912 yilda Farg`ona vodiysi ham Rossiya bilan temir yo`l orqali bog`landi.
Chorizm ma`murlari O`rta Osiyoda, ayniqsa, Farg`ona vodiysida paxtachilikni jadal rivojlantirishga kirishdilar. Rossiyadan turli firma va birjalar Turkistonga kirib kelib, ular bu yerda iqtisodiy hayotga o`z ta`sirini kuchaytirib bordi.
Paxta sifatini yaxshilash maqsadida o`lkada paxtaning Amerika navlarini yetishtirish yo`lga qo`yildi.
Turkiston iqtisodiyotidan ko`proq foyda ko`rish maqsadida mustamlakachilar o`lkaning o`zida xom ashiyoga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar tashkil etishga kirishdilar. 1900 yilgacha Turkistonda 170 dan ortiq sanoat korxanolari qurilib ularning 80 protsentini paxtaga qayta ishlov beruvchi korxonalar tashkil etdi.
Rossiyadan tayyor sanoat mahsulotlarining kirib kelishi asrlar davomida hunarmandchilik bilan shug`ullanib kelayotgan aholini xonavayron etdi.
\O`lkaning ko`plab unumdor yerlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar ekiladigan maydonlarning qisqarishiga olib keldi. Ming yillar davomida o`zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlab kelgan mahalliy aholi asta-sekin oziq-ovqat masalasida Rossiyaga qaram bo`lib qoldi.
Mustamlakachilik siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri Turkiston o`lkasini ruslashtirishdan iborat bo`ldi. Podsho hukumati ko`p minglab yersiz dehqonlarni, ishsizlarni mustamlaka Turkistonga ko`chirib keltirishi bu maqsadga erishishida kattao`rintutadi.
Chorizmning Turkistondagi madaniy ma`rifiy ishlari ham mustamlakachilik siyosatiga to`la bo’ysundirildi. Shu maqsadda dastlabki tadbirlar Yevropa turmush tarzini ifoda etuvchi maktablarni ochishdan boshlandi. 1884 yili Toshkentda dastlabki rus-tuzum maktabi ochildi. Eski maktablarda o`qish-o’qitish ishlarini yaxshilash uchun biror bir tadbir ko`rilmadi. Maxalliy aholining yashash tarzi, sihat-salomatligini yaxshilash borasida ham hech qanday tadbir amalga oshirilmadi.Chor mustamlakatchilarining O`rta Osiyoni Rossiyaning san’ati uchun ham osiyo bozorida va rus san’at tovarlari sotiladigan bozorga aylantirish bo`yicha siyosati O`rta Osiyodagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yanada qiyinlashtirdi. mahaliy aholining turmush ahvoli og`irlashdi. Natijada Turkiston xalqlarining mustamlakachilarning zulmiga qarshi harakati boshlanib ketdi.
Farg`ana vodiysida 1871-1872 yillarda xon hokimiyati uchun boshlangan kurash 1873-1876 yillarda ulkan xalq harakatini bosib o`tdi. Bu harakat tarixda Po’lat xan qo’zgaloni nomi bilan ma`lum. Ya`ni Marg`ilon uyezdidan chiqqan Isxak-mulla Xasan o’g`li Po’latbek nomi bilan ko’zg’alonga raxbarlik qilgan edi. Bu qo’zg’alon 1876 yilning yanvar oyida bostirildi. Chor xokimiyati 1876 yil fevral` oyida Qo`qon xonligining hududini Rossiyaga qo’shib oldi va uning urshda Farg`ona viloyati tashkil etildi.
1885 yilda Andijon va Marg`ilon uyezdlari Darveshxon boschiligida g`alayonlar bo’lib o’tdi, 1893 yilda Qo`qon va Namangan uyezdlarida g`azavot e`lon qilindi.
1892 yilda Toshkentda bo`lib o’tgan vabo isyoni eng yirik xalq qo’zg’olonlaridan biri bo’ldi. Bunga Toshkentda boshlanib, 2 mingdan ortiq kishining yostig’ini quritgan vaboga qarshi ko’rilgan choralar sabab bo’ldi.
Bu choralar qo’zg’alon chiqarishiga baxona bo`ldi. Aslida esa buning asosiy sababi keskin ijtimoiy ziddiyatlar, shahar mehnat axlining og`ir ahvoli, narx-navoning to’xtovsiz ko’tarilib borishi, amaldorlarning suv iste`mollari, tovlamachiligi va ho kazolar edi. Qo’zg’alon 1892 yil 24 iyunda boshlandi. Shahar xokimi polkovnik Putintsevning xatti-harakatlari vaziyatni keskin qiyinlashtirib yubordi.
\Ma`murlar chiqarib keltirgan soldatlar tinch aholiga qarshi qurol ishlatdilar. Natijada besh kishi o’lib, 80 kishi qochayotib, Anhor qariga cho’kib ketdi. Chor amoldorlari qo’zg`alon qatnashchilaridan qattiq o`ch oldi.
Turkistonda XIX asrning 90 yillaridagi eng yirik ommaviy harakat 1898 yilgi Andijon qo’zgoloni edi. Qo’zgalon chiqishida olib kelgan sabab va bahonalar ko`p bo’lib, ular orasida 1886 yilda tasdiqlangan Turkiston o’lkasini boshqarish to’g`risidagi Nizom tufayli kuchaygan mustamlaka zulmi asosiy sabab edi. Bu Nizomga ko`ra mustamlakachilik siyosati va mustamlaka rejimi qonun yo`li bilan mustahkamlangan edi. Uning asosida rus ma`murlari O`zbekiston ko’chmanchi aholisi yerlarining ancha qismini tortib olib, rus ko’chmanchilariga berish uchun yer fondi tuzdilar.
Farg`ona vodiysida paxta yakkaxonligining joriy etilishi g`alla, oziq-ovqat ekinlari va yaylovlar maydonlari qisqarib ketishiga olib keldi, natijada non boshqa oziq-ovqat tovarlari narxi ancha ko’tarildi.
XIX asr 90 yillarida Farg`ana vodiysiga Rossiya xududidan kelgan bir necha ming rus kuchkindilarining joylashtirilishi vodiy qiyinchiliklarini yanada chuqurlashtirdi.
1898 yilgi Andijon qo’zg’oloniga Muhammad-Ali Eshon (qisqacha Madali eshon) rahbarlik kildi. U duk (urchuk) yasaydigan xunormond Sobir usta oilasida tug`ildi. (Madalining dukchi eshon) degan taxallusi shundan olingan edi.
Qo’zg’olon 1898 yil 17 mayda Madali Eshon boschiligidagi chiqib, Andijondagi podsho garnizoniga hujumidan boshlandi. Qo’zg’olonchilarga keyinginaqishloqlarning aholisi qo’shildi. Boshlanib ketgan jangda 22 ta rus soldati o’ldirildi. So’ngra rus soldatlari kelib shaharni qurshab oldilar va qo’zg’olonni bostirdilar. Madali eshon qo’zg’olonning asosiy harakatga keltiruvchi kuchlari qay yeri oz yerli va yersiz dehqonlar, mardikorlar va shaharlar tevaragidagi mehnatkash aholi edi. 1898 yilga Andijon qo’zg’oloni milliy-ozodlik sifatida bo’ldi.
Qo’zg’olon ishi bo’yicha 546 odam qamoqqa olindi 45 kishi qatl etildi, jumladan Madash Eshon bilan birga 18 kishi osib o’ldirildi.
XX asr boshlariga kelib Rossiyadagi ijtimoiy siyosiy vaziyat Turkistonga ham o’z ta`sirini ko’rsatdi. Rossiyaning 1914 yilda boshlagan birinchi jahon urishiga tortimishi natijasida mahalliy xalqdan olinadigan soliqlar miqdori oshib bordi. Turkiston o’lkasi xududida yersiz dehqonlarining soni ko’paydi. Chor hukumatining 1916 yili 25 iyunda urush borayotgan joylarda mudofaa va harbiy inshootlarni qurish, shuningdek davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan jamiki boshqa ishlarni bajarish uchun rus bo’lmagan aholining erkak qismini jalb etish to’g`risidagi farmoni e`lon qilindi, ushbu farmonga muvofiq hozirgi O`zbekiston xududlaridan 19-43 yoshgacha bo’lgan 250 mingdan ziyod erkak aholi front ortidagi ishlarga (mardikorlikka) chaqiriladigan bo’ldi.
1916 yil iyul oyidan mahalliy aholining qo’zg’oloni boshlandi. 4 iyul kuni Xujandda, 5 iyul Samarqand viloyatida, 9 iyul kuni Qo`qon uezdida, 10 iyul kuni Marg`ilonda, 11 iyulda Samarqand va Toshkentda mardikorlikka olishga qarshi Qo’zg’olonlar boshlandi. 1916 yil 18 iyulda butun Turkiston harbiy xolatda deb e`lon qilindi.
1916 yildagi harakatlarning eng kuchaygan nuqtasi 13 iyul kuni boshlangan Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. 1916 yilgi qo’zg’olon xukumron sinflarning zulmiga qarshi qaratilgan xalq qo’zg’oloni edi. Qo’zg’olonni harakatga keltirgan asosiy kuch dehqonlar va xunarmand kambag`allar bo’ldi. 1916 yilgi qo’zg’olon butun mustamlakachilik davomida Turkistondagi eng qudratli va uyushgan qo’zg’olon bo’ldi. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farklashmoqda:

1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma`rifatchilik

2) 1915 yildan-1918 yil fevraligacha muxtoriyatchilik

3) 1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha

Mustabid sovetlar davridagi faoliyati.
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab krimda XIX asrning 80-yillaridagi paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasparali 91851-1914) bo’ldi.
Jadid arabcha so`z bo’lib yangi (nomi bilan) degan ma`noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari Jadidlar, uning g`oyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gasparali darslik yaratadi, uzining Tarjimon (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ`ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaharlarga ham tez tarqaladi.

Jadidlarning xalq ma`rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan.

1) Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.

2) Uquvli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.

3) Turli ma`rifiy jamiyatlar tuzimi hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho’lpon va boshqa ziyolilar bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta`lim berish dasturi asosida olib borildi.
Rossiya fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchilik yetuk siyosiy harakatga saylandi.
Rossiyadagi fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog`lagan jadidlarni ruxlantirib yubordi. Ayni paytda, jumladan, jadidlar tomonidan Islomiya Ittifoqi muslimin, Turon kabi bir qator tashkilotlar tuzildi.
Rassiya imperiyasining O`rta Osiyoda bosib olgan hududlari
Toshkentning bosib olinishi
XIX asr oʻrtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik mavqega ega boʻlgan Toshkentni bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu vaqtda Toshkent va Toshkent viloyati Qoʻqon xonligi tarkibida edi. 1864-yil dekabr Mixail Chernyayev boshchiligidagi rus qoʻshinlari Chimkent yoʻlidan kelib Oqqoʻrgʻon tepaligiga oʻrnashdilar va shaharni qamal qilib toʻplardan oʻqqa tutdilar. Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar. Qoʻqondan xonlik lashkarboshisi Mulla Alimqul mingboshi koʻp ming kishilik qoʻshin bilan Toshkentga yetib kelgach, Chernyayev qoʻshinlari bilan Chimkentga chekinishga majbur boʻldi.
Biroq 1865-yil 27-aprelda Chernyayev qariyb 2000 kishilik qoʻshin bilan yana Toshkent tomon yoʻlga chiqib, Chirchiq daryosi boʻyidagi Niyozbek qalʼasini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arigʻi (Boʻzsuv kanali) suv oladigan toʻgʻonni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi Alimqul ham oʻz qoʻshinlari bilan Qoʻqondan Toshkentga yetib keladi. Sulton Saidxon, Alimqul va toshkentlik akobir-ulamolar boshchiligida shaharni himoya qilishga katta tayyorgarlik koʻriladi. Chernyayev 7-mayda qoʻshinlari bilan Toshkentga yaqinlashadi. Uning qoʻshinlari Salor arigʻini kechib oʻtib, Tarxon-Sayyod (hozirgi Darxonota) arigʻining oʻng sohili (hozirgi Pushkin koʻchasi)da muqobil turgan Toshkent himoyachilariga qarata toʻpdan oʻt ochadilar.
9-may kuni shaharning shimoli-sharqidagi Shoʻrtepada Toshkent himoyachilari bilan rus bosqinchilari oʻrtasida yana qattiq jang boʻldi. Jangda Alimqul ogʻir yarador boʻlgach, himoyachilar oʻrtasida parokandalik va vahima boshlanadi. Qoʻqon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib oʻz yurtlariga joʻnab ketdilar. Toshkentda Qoʻqon xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. Buxoro amirligi, Qoʻqon va Xiva xonligi (xonliklari) Toshkent himoyachilarining yordam soʻrab qilgan murojaatlariga rad javobini berdilar. Chernyayev fursatni boy bermaslik uchun Toshkentni qamal qildi. Shahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. 14-iyunda Chernyayev askarlari shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻldi, ular doʻkon va uylarga oʻt qoʻydilar.
Shahar mudofaasida faol qatnashgan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih „Jadidai tarixi Toshkand asarida yozishicha, toshkentliklar dushmanga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Bosqinchilar birinchi galda Oʻrda saroyini yondirdilar, keyin portlatdilar. Uch kun davom etgan jangdan soʻng, 42 kun suvsiz qolgan va ochlikdan tinkasi qurigan Toshkent himoyachilari 17-iyunda ertalab taslim boʻlishga majbur boʻldilar. Chernyayev shahar ayonlaridan Toshkentning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini topshirishni talab qildi. Juda koʻp odam qurbon boʻldi. Chernyayev buyrugʻi bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi yoki miltiq nayzasi bilan sanchib oʻldirildi. Hech kimga shafqat qilinmadi.

Download 133.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling