Guruh : bue001-2 Bajardi : Bahriyev Shohzod Tekshirdi : Nosirova Zulfiya Toshkent – 2022
Download 449.21 Kb. Pdf ko'rish
|
IYE4(amaliyot)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Kafedra : Menejment va marketing Fan : Ish yuritish etikasi Topshiriq 4 Guruh : BUE001-2 Bajardi : Bahriyev Shohzod Tekshirdi : Nosirova Zulfiya Toshkent – 2022 Notiqlik san’ati qoidalaridan to’g’ri foydalanish usullari Reja: 1. Notiqlik san’ati haqida tushuncha. 2. Notiqlik san’ati tarixi. 3. Monolog. Notiqlik san’ati- jamoat oldida nutq soʻzlash, notiqlik san ʼati; ilmiy-siyosiy maʼruza, bahs, munozara, targʻibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega boʻlgan san ʼat. Notiqlik san’ati- jamoat oldida nutq soʻzlash, notiqlik san ʼati; ilmiy-siyosiy maʼruza, bahs, munozara, targʻibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega boʻlgan san ʼat. Qadimgi Gretsiya va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Bu davlatlarda Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilar yetishib chiqdi. Eramizdan avvalgi 335 yilda Aristotelning “Ritorika”si yaratildi. O‘sha davr sud notiqligining katta namoyandasi Sitseronning “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari hozir ham o‘ziga xos qimmatga ega. Ularning bu nazariyalari, keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag‘ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo‘ldi. Eramizdan avvalgi 384-yilda Afinada dunyoga kelgan buyuk notiq Demosfen o`z umrini Vatanining gullab-yashnashiga bag’ishlagan ulug’ davlat arbobi bo’lgan. Mark Tuliy Sitseron eramizdan oldingi 103–yilda Rimdan uzoq bo`lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Notiqning asosiy maqsadi-tinglovchi zavqini uyg’otib, o`ziga moyil qilishdan iborat. Mark Tuliy Sitseron eramizdan oldingi 103–yilda Rimdan uzoq bo`lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Notiqning asosiy maqsadi-tinglovchi zavqini uyg’otib, o`ziga moyil qilishdan iborat. Sitseron fikricha, notiq quyidagi xislatlarga ega bo`lmog’i lozim: -notiqlik o`zi juda dadil va aytgan gaplariga amin bo`lishi kerak; -nutq to`la isbotlanishi lozim; -nutqdagi hamma narsa muhim hisoblanishi kerak; -nutq materialini sidqidildan to`plash va idrok etish zarur; -nutq materialini joylashtira olishi va tushunishga oson bo`lishini ta`minlashi darkor. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti bilan, shuningdek, va’zxonlik,“Qur’on”ni targ‘ib qilish, Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘ariy, Abulqosim Zamaxshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar tilga, lug‘atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti bilan, shuningdek, va’zxonlik,“Qur’on”ni targ‘ib qilish, Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘ariy, Abulqosim Zamaxshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar tilga, lug‘atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Geodeziya” asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojlarning hosilasidir. Inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra, rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan “mezon”ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Mantiqning qiyosi (sillogizmi) rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum “mezon” yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o‘rganmasdan, uni malomat qilganlarga hayron qoladi va ularga achinib: “Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog‘lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o‘lchovi) va mantiq (logika)ni mutolaa qilganda edi, so‘z, zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo‘lardi”,- deydi. Ko‘rinadiki, Beruniy inson nutqini bir fan doirasida emas, balkibir necha fan (ya’ni grammatika, aruz va logika)lar qo‘shiluvi nuqtasida tekshirish g‘oyasini ilgari surgan. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan “mezon”ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Mantiqning qiyosi (sillogizmi) rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum “mezon” yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o‘rganmasdan, uni malomat qilganlarga hayron qoladi va ularga achinib: “Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog‘lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o‘lchovi) va mantiq (logika)ni mutolaa qilganda edi, so‘z, zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo‘lardi”,- deydi. Ko‘rinadiki, Beruniy inson nutqini bir fan doirasida emas, balkibir necha fan (ya’ni grammatika, aruz va logika)lar qo‘shiluvi nuqtasida tekshirish g‘oyasini ilgari surgan. Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosa chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo‘rligi haqida shunday yozadi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substansiya – narsalar) va aksidensiya (hodisalari)ga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman. Ikkinchi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. Ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz. Hamda nima to‘g‘ri, nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. Beruniy bilan zamondosh bo‘lgan Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham o‘zining “Mafotih ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asarida o‘sha davr nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari, devonxona ish qog‘ozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan istiloh (termin)lar haqida ma’lumot beradi. Qadimgi Sharq pedagogikasining durdona asarlaridan biri “Qobusnoma”da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar bayon qilingan bo‘lib, ular hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan. Beruniy bilan zamondosh bo‘lgan Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham o‘zining “Mafotih ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asarida o‘sha davr nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari, devonxona ish qog‘ozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan istiloh (termin)lar haqida ma’lumot beradi. Qadimgi Sharq pedagogikasining durdona asarlaridan biri “Qobusnoma”da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar bayon qilingan bo‘lib, ular hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbek mumtoz adabiy tilining homiysi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy turkiy tilda go‘zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida o‘zining butun ijodi bilan o‘zbek tili boyliklarini, uning latif va go‘zal qirralarini kashf etdi. Keyingi asrlarda ijod qilgan Xorazmiy, Bobur, Munis, Mashrab, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar o‘g‘li, Fitrat, Behbudiy, So‘fizoda, Hamza va boshqa buyuk mutafakkirlar ham o‘zbek muloqot xulqi haqida o‘z fikrlarini turli janrlardagi asarlarida bayon etdilar. Monolog FARISHTA Qadim-qadim zamonlarda bir bolakay tug'ilish arafasida turgan ekan. Bir kun bolakay Xudodan so'rabdi: " Aytishlaricha, meni ertaga Yerga tushirmoqchi ekansan, lekin men shunaqa kichik va yordamga muhtoj holda qanday qilib yashayman u yerda? " Xudo javob beribdi: " Bir necha farishtalar orasidan senga ham birini qo'yganman. U seni kutyapti va g'amxo'rlik qilishga tayyor ". Bolakay: " Ammo shu yerda - Jannatda turib aytishingni xohlaymanki, menga tabassum qilishi va qo'shiq kuylab berishi kerak" Xudo: "Sening farishtang har kuni sen uchun kuylaydi va sen farishtang muhabbatini his qilasan" Bolakay: "Qanday qilib men odamlar menga nima deyayotganlarini tushunaman? Axir insoniyat tilini bilmayman-ku! " Xudo: "Farishtang senga sen eshitgan eng chiroyli va eng yoqimli so'zlarni aytadi. Sabr-toqat bilan so'zlashishni o'rgatadi" Bolakay: " Men Sen bilan gaplashishni xohlasamchi? " Xudo tabassum bilan: " Farishtang senga namozni o'rgatadi" Bolakay: "Eshitishimcha, Yerda yomon insonlar bor ekan. Ulardan meni kim himoya qiladi? " Xudo: "Farishtang o'z hayotini xavfga qo'yib bo'lsa-da, seni himoya qiladi" Bolakay: "Menimcha, men doim g'amgin bo'lib yuraman, chunki seni endi ko'ra olmayman" Xudo: "Farishtang senga doim men haqimda gapiradi. Yonimga qanday qaytib kelishingni tushuntiradi va men doim ruhan yoningda bo'laman" Ayni shu palla sokinlik hukm surgan Jannat ortida shovqinlar eshitiladi. Bolakay ketayotgan edi. So'nggi savolini so'radi: "Yo Xudoyim, mening ketish vaqtim bo'lganga o'xshaydi. Sen aytgan farishtaning ismi nima, men uni nima deb chaqiraman? " Xudo: " Farishtangning ismi ahamiyatsiz, sen esa uni shunchaki ONA deb chaqirasan". Ruhimiz qush kabi jismimizdan uchib ketadi. Bir donishmanddan so’ralgan ekan: “Nega ayollardan buyuklar chiqmaydi?” - Ayollar buyuklarni yaratadi, - deb javob qilgan ekan. Dunyoda shunday bir ulug’ siymo borkim, bu siymo oldida biz hammamiz bir umrga qarzdormiz. Bu siymo – Ona! Ona farzandga mehr beradi, sevgi izhor qiladi, agar biror narsa bo’lsa balogardon - ona. To’qqiz oy bizni ko’tarib, ikki yil opichlab, kasal bo’lsak shifokor, yiqilsak madadkor bo’ladigan – bu Ona. Qaysi yoshdagi inson bo’lmasin hammani ona tuqqan, osmondan sangillab tushganimiz yo’q, yerdan qo’ziqorinday chiqqanimiz yo’q. Osmondan uchgan bir yulduz kimdir vafot etganiga dalolat deyishadi. Agar o’sha uchgan yulduz kimdirning onasi bo’lsa, nega osmon qulab tushmaydi. Bu onaning naqadar yuksakligidandir. Qaniydi Ona tabiat qo’lidan kelsa, Abadiy etolsa sening umringmni. Rozi edim Onajon iloji bo’lsa, Senga qo’shib bersa mening umrimni. Bir kechalik allang hurmati uchun, Yuz yillik umrimni bag’ishlasam kam. Ko’chirsam qalblarni qalblarga kuchin, Qarzim uzilmasdan qolur shunda ham. Ona mabodo bo’lsaydim zo’r haykaltarosh, Senga yuragimdan yasardim haykal. Yo agar bo’lsaydim mo’yqalam, naqqosh, Sur’ating chizardim berib ming sayqal. Ona oralab qolibdi sochlaringga oq, Ol mening sochlarim qoralarini. Tishlaring tushibdi xo’rsinma biroq, Ol mening tishlarim saralarini. Xiralashib qolmish ko’zlaringda nur, Ko’zlarim nurini olgin, Onajon. Roziman xizmating qilsam bir umr, Yuragim qo’rini olgin, Onajon. Onajon, qay birini olayin tilga, Men uchun chekmading ne-ne zahmatlar. Dilingdan qay birin ko’chiray dilga, Menga sarflading ne-ne fursatlar. Oltinga teng edi har daqiqasi, Mana ona meni tashvishimdan sochlaringda oq. Sevinch-u iztirob barcha-barchasi Senga ozor bergan bedorlik, charchoq. Ko’zingdan uyquni olgan kechalar, Rohatingni buzgan sho’x beboshligim. Oh, qalbing oliyjanob ekan bunchalar, Ko’zingni quvnatgan olov yoshligim. Bularni hammasi, Bular hammasi qalbing harorati emasmi, Ona? Shularni hammasi, Shular hammasi umringni zahmati emasmi, Ona? O’zing yemading, yedirding menga, O’zing kiymading, menga kiydirding. Gavhari shamchiroq tuyuldim senga, Go’yo, atrofimda aylanib yurding. Muqaddas insonsan, Ona, ulug’ insonsan, Aslida insonni yaratgan, Ona, Zamonga murabbiy, zamonga jonsan, Olamga nur-u ziyo taratgan, Ona, Ona, Ona! Download 449.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling