Mavzu : G’arb notiqlari: Aristotel, Sitseron, Kvintilian va bosh faoliyatlari haqida ma’lumot topish Sirtqi boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


Download 461.5 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi461.5 Kb.
#1565720
  1   2
Bog'liq
Nutq texnikasi va madaniyati Reja Nutq texnikasi va madaniyati



Mavzu : G’arb notiqlari: Aristotel, Sitseron, Kvintilian va bosh. faoliyatlari haqida ma’lumot topish
Sirtqi boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
132 – guruh
Bajardi : Shernazarova Z.
Tekshirdi : ______________
Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀριστοτέλης; miloddan avvalgi 3 84/383, Stagira – miloddan avvalgi322/321,Xalqida) qadimgi yunon faylasufi Aflotun shogirdiva Iskandar Zurqayn ustozi boʻlgan.U fizika , metafizika , nazm, teatr , mantiq , ritorika , siyosat , etika , biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi.Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.Arastu jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani – etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan ustun qoʻyadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni tanlagan maʼqul. Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7 – 8-asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Maʼmun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib oʻrganildi, ularga oʻnlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.
Sitseron Mark Tulliy (Marcus Tullius Cicero) (mil. av. 106.3.1, Arpinum — mil. av. 43.7.12, hozirgi Gaeta yaqini) — Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik sanʼatini egallaydi, soʻng Afina, Kichik Osiyo va Rodosda oʻz bilimini mukammallashtiradi. Elchilik davrida (mil. av. 63 y.) Katalina fitnasini fosh etgani uchun "fuqarolik chambari" bilan tadkirlanadi va Rim fukarolari orasida birinchi boʻlib "Yurt otasi" unvoniga sazovor boʻladi. Ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli mil. av. 58 yilda quvgʻinga uchrab, xorijda yashashga majbur boʻlgan. Sezar oʻddirilgach (mil. av. 44 y.), Antoniy buyrugʻi bilan qatl etilguniga qadar Rimning amaldagi hukmdori sanalgan.Sitseron siyosat, falsafa va adabiyotda "oʻrta oqim" hisoblangan barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq boʻlgan. "Aralash davlat tuzilmasi" (monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qoʻshilishidan paydo boʻlgan hokimiyat) Sitseronning siyosiy ideali boʻlib, mil. av. 2-asr boshidagi Rim respublikasini buning namunasi deb hisoblagan. Sitseron faylasuf sifatida atomizmta qarshi chiqdi, jonni oʻlmas va abadiy deb bildi, real tasavvurlarni real boʻlmagan tasavvurlardan farq qilish uchun mezon yoʻq deb hisobladi. Falsa-fiy asarlarida etika masalalariga asosiy eʼtiborni qaratdi. Yunon falsafasi atamalarini ishlab chiqdi. Davlat haqidagi risolalarida davlatni xususiy mulkni himoya qiluvchi, umumiy huquq meʼyorlariga asoslangan ki-shilar uyushmasi sifatida talqin etdi.Uning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari saqlanib qolgan. Sitseron asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Sitseron jahon tarixida notikdik sanʼatini mukammal egallagan kishi sifatida shuhrat qozongan. Uning turli sud jarayonlarida soʻzlagan nutqlari notiklik sanʼatining eng yuksak namunalaridir. Oʻz asarlari ("Yaxshilik va yomonlikning chegaralari toʻgʻrisida", "Davlat toʻgʻrisida", "Qonunlar toʻgʻrisida", "Majburiyatlar toʻgʻrisida" va boshqalar) hamda nutqlari bilan Rim mumtoz nasri va adabiy tiliga tamal toshini qoʻygan. 
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y) notiqlik san’atining qadimgi yunon nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar bo’lmish “Notiqning tarbiyasi haqida” unga tegishli bo’lib, unda tarbiyaning muhim g’oyalari, ta’lim metodikasi bayon etilgan.Kvintilianning asosiy g’oyalari –o’z “men”nini saqlab qolish, “o’z ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.
Feodalizm davri tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish bo’lgan. O’sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g’oyasini yaratuvchilari o’sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo’lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar paydo bo’ldi.
XV-XVI asrda avval Italiyada, so’ngra yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo’layotgan yangi toifa vakillariga, aksariyat ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. YAngi burjua madaniyati shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalar qo’llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. Uning o’zi ham qalban, ham jisman go’zal bo’lishi lozim. Faqatgina inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o’z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi. Asketizm(yunoncha)- tuyg’u va istaklarnicheklash yokibostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati, mashhurligida emasligi hisobga olingan.. SHu bilan birga gumanistlar cherkovga qarshi ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni harakatga keltirgan va o’shandan beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan.
XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan yoki pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm g’oyasi pedagogikada xuddi ana shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan.
Asl tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra doim go’zallik haqida, uning kelajagi haqidagi g’amxo’rlikni bildirgan. Uyg’onish davrida ijtimoiy gumanizm g’oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan bog’liq. SHuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiy-pedagogika bir-biriga uzviy ravishda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy o’gitlar, insonlararo munosabatla, qavm-qarindoshlarga,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan. Bu asosda ko’pgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar” rahnamosi bo’lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so’rab, balki tibbiy, moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab murojaat qilishgan. Butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy ana’nalari mavjud. Masalan, yevropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo’lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo’lgan. Uzoq vaqt u yevropada yagona bo’lib tashkilot qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni 30 tagacha ko’paydi. Qizig’i, endi unda faqat tarbiya bilan shug’ullanishmagan, ularda amaliy ishlar ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan, ularning tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo’lgan. U uyni qirol Lyudovik XIV tomonidan moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug’ullanuvchi organlar- yirik cherkov tashkilotlari ham tuzila boshlagan.

Download 461.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling