Guruh: 23a-20 nrm talaba: Mansurova D. Z mustaqil ta’lim №


Download 133.28 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi133.28 Kb.
#1352445
Bog'liq
Organik reagentlar


Guruh: 23a-20 NRM
Talaba: Mansurova D.Z

Mustaqil ta’lim № ___
Mavzu: Organik va noorganik reagentlar
Reagent deb – turli xil kimyoviy jarayonlarda ishtirok etuvchi moddalarga aytiladi.
Organik va noorganik reagentlar: Organik reagentlar organik va noorganik ionlar yoki molekulalarni aniqlash, ajratish va aniqlash uchun ishlatiladigan organik birikmalardir. Organik reagentlar va organik birikmalar turli tushunchalardir. Organik reagentlar kengroq tushunchadir. Birinchi bo‘lib organik reagentlar 1879-yilda Griss tomonidan (sulfonilik kislota va α- naftilamin aralashmasi) taklif etiladi. Keyin esa 1886-yilda Ilinskiy α -nitroso-β-naftolni kobalt reagenti sifatida ishlatgan. Chugaev1905-yilda nikelni aniqlash uchun dimetilglioksimni qo‘llagan. Chugaev nafaqat yangi organik reaktivlarni taklif qildi, balki ularning harakatlarining nazariy asoslarini ham ishlab chiqdi. Organik moddalarning noorganik moddalardan afzalliklari: yuqori sezuvchanlik va selektivlik, organik moddalarda reaksiya mahsulotlarini jadal bo‘yash va boshqalar. Organik analitik reagentlarning effektlari. Bunday effeklar jumlasiga quydagilar kiradi: eritmaning ranglanishi, rangni o’zgarishi yoki yo’qolishi, rangli yoki rangsiz cho’kmalar hosil bo’lishi, aniqlanuvchi ionlar erkin konsentratsiyasining o’zgarishi (kamayishi) (bu effektga bog’liq emas, o’lchov asboblari yordamida signal sifatida qayd qilinadi).
Hozirgi zamon analitik kimyosida organik reagentlarning roli beqiyos kattadir. Ular selektiv reagentlar sifatida ajratish. aniqlash, miqdoriy aniqlash (gravimetriya, fotometriya, titrimetriya, ekstraksion-fotometriya) metodlarida keng koʻlamda ishlatiladi. Organik moddalar ekstragentlar, indikatorlar: kislota-asosli, oksidlanish-qaytarilish, adsorbsion, metalloxrom indikatorlar sifatida ishlatiladi. Organik reagentlar taʼsirini nazariy asoslash, ularni maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan sintez olib borishga, reagentlarning xossalarini ular maʼlum holatlariga oʻrinbosarlar kiritish bilan oʻzgartirishga imkon beradi.
Analizda qoʻllaniluvchi reagentlar anorganik va organik tabiatli boʻladi. Keyingi yillarda anorganik ligandli komplekslardan koʻra organik ligandli komplekslar koʻproq ishlatilmoqda. Bunga ular ishtirokida seziluvchan, selektiv reaksiya boʻlishi, reaksiyalar aniqligining yuqoriligi sabab boʻlmoqda. Organik ligandli komplekslarning koʻpchiligi ichki kompleks birikmalarga kiradi.


Yuvuvchi eritmalarning xususiyatlarini qanday qilib boshqarsak bo’ladi?

  • Burg’ilash eritmalarining holati va xususiyatlarini boshqarish uchun kimyoviy reagentlardan foydalaniladi.

  1. Noorganik reagentlar – elektrolitlar

  2. Organik reagentlar – himoyalovchi kolloidlar


Kaltsiylangan soda – natriy karbonati (Na2CO3)





Kaltsiy gidrooksidi – so’ndirgan ohak (Ca(OH)2)

Suyuq shisha – natriy silikati (Na2SiO3)

Kaustik soda – o’tkir natriy (NaOH)

Noorganik reagentlar – elektrolitlar



Himoyalovchi kolloidlar gilli eritmaga qo’shilganda bu reagentlar molekulalari gil zarrachalarining yuzasini qoplab oladi, bu o’z navbatida gil zarralarining bir-biriga yopishib turli xildagi tarkibiy tuzilmalar hosil bo’lish oldini oladi.

Organik reagentlar – himoyalovchi kolloidlar

Ko’mir ishqorli reagent – ko’ng’ir ko’mir + kaustik soda

Torf ishqorli reagent – guminik kislotalarning natriy tuzlari

Karboksimetiltsellyuloza – tsellyuloza-glikol kislotasining natriy tuzi

Gipan

140 0C haroratgacha bo’lgan eritmalarning turg’unliginin oshirish hamda suv berish qobiliyati va quyuqligini kamaytirish maqsadida qo’llaniladi.

Yuqori quyuqlik va kichik zichlik ko’rsatkichlariga ega bo’lganligi sababli eritmalarning yutilishiga qarshi kurashishda foydalaniladi. (борьба с поглощениями)

Suvda eriydigan yuqori molekulyar polimer birikmasi bo’lganligi sababli, 0,5-4% og’irlikda qo’shilganda, eritmaning suv berish qobiliyatini va siljishga bo’lgan statik kuchlanishini kamaytiradi, eritmaning issiqlikka tur’gunligini oshiradi (180 0C gacha). Ishqoriy muhitda (pH=8-10) eng samarali hisoblanadi.

Suvga to’yingan gorizontlarda burg’ilashda keng qo’llaniladi. Issiqlikka tur’gunligi 120 0C gacha.

Neft

Download 133.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling