Guruh: Talaba: Mustaqil ta’lim №4 Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri haqida. Aes,ges,ies


Download 212.54 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi212.54 Kb.
#1538213
Bog'liq
№ 4 Eko.sh


Guruh: ____________
Talaba: ____________
Mustaqil ta’lim № 4
Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri haqida. AES,GES,IES
Tabiatdagi tabiiy ko`rinishlarning sun'iy qurilmalardagi jarayonlar bilan munosabati. Ilmiy texnik revolyutsiya sharoitida sanoatda, energetikada shunday bir yuqori cho`qqiga ko`tarildiki,insonlar tomonidan yaratilgan sun'iy qurilmalar va tizimlar hamda jarayonlar tabiatga sezilarli ta'sirini ko`rsatdi. Energetikaning ishlab chiqarishda o`sib borishi texnika va texnologiyaning ma'lum maqsadlarda foydali ko`rsatkichlarda ishlatilishi kun sayin rivojlanmoqda. Jahon bo`yicha hozirgi kunda birgina statsionar elektr stantsiyalarnig quvvati 2 TVt, umumiy energiya ishlab chiqaruvchi qurilmalarning quvvati 10 TVt ni tashkil qiladi. Bu stantsiyalar ishlash jarayonida yoqilg`i talab qilish bilan birgalikda atrof muhitni zaxarlanishiga ya'ni, havoni, suvni yer strukturasiga chiqariladigan har xil zaxarli moddalar chiqishi kuzatilmoqda.
O`rmondagi daraxtlarning kesilishi, kishilarning hosili kam bo`lgan yerlarni tashlab boshqa yerlarga o`tishi natijasida daraxtlarning kamayishi va hosildor yerlar ko`rinarli darajada yuzaga chiqa boshladi.
Hozirgi kunda atrof muhitda bizga yoqimsiz bo`lgan ta'sirlarni sezmoqdamiz. Bular atmosferani zararli gazlar bilan to`lib borishi,o`rmonlarning kesilib ketishi, suv va havoni issiqlikdan ifloslanishi, neft va boshqa turdagi mahsulotlarning chiqindilari bilan ifloslanishi kabilar atmosfera va jahon okeanida ekalogik holatni buzilishiga olib keladi.
Atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri:

  • IES larda atmosferaga chiqadigan yonish mahsulotlari tarkibida azot oksidlari, uglerod, oltingugurt, uglevodorodlar, suv bug'lari va qattiq, suyuq va gazsimon holatdagi boshqa moddalar juda miqdorda ko’p va atrof muhitga tasiri kuchli.

  • Issiqlik elektr stansiyalari va atom elektr stantsiyalarida suvning asosiy iste'molchilari turbinali kondensatorlardir. Suv iste'moli bug'ning dastlabki va yakuniy parametrlariga va texnik suv ta'minoti tizimiga bog'liq.

  • AES va IES ning gidrosferaga ta'sirining asosiy omillari issiqlik chiqindilari bo'lib, uning oqibatlari quyidagilar bo'lishi mumkin: suv omborida haroratning mahalliy doimiy o'sishi; haroratning vaqtincha umumiy ko'tarilishi; muzlash sharoitidagi o'zgarishlar, qishki gidrologik rejim; suv toshqini sharoitlarining o'zgarishi; yog'ingarchilik, bug'lanish, tuman taqsimotining o'zgarishi. Iqlim o'zgarishi bilan birga, issiqlik chiqindilari suv havzalarining suv o'tlari bilan haddan tashqari ko'payishiga, kislorod balansining buzilishiga olib keladi, bu daryolar va ko'llar aholisining hayotiga tahdid solidi va boshqa ko’plab salbiy oqibatlarga olib keladi.


Atom elektr stansiyasi (AES) — texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, atom elektr stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom elektr stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori deb ataladi.


Gidroelektr stansiya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. 


Issiklik elektr stansiyalari (IES) —qattiqsuyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui.

Download 212.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling